|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 36/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash Nazorat savollari:
Texnik ekspluatatsiya asoslariga nimalar kiradi?
Elektr uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash shartlari qaysilar?
Texnik va tashkiliy tadbirlar nimalardan iborat?
Texnik ekspluatatsiya asoslariga ta’rif bering?
mavzu: Qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi elektr uskunalaring rejali texnik qarovi va ularni ta’mirlash.
Reja:
Elektr uskunalarini texnik qarovi va ta’miridagi tadbirlarni belgilash.
Texnik qarov va ta’mir o‘tkazish muddatlari.
Profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
Qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi elektr uskunalaring rejali texnik qarovi va ularni ta’mirlash (QXKEURTQvaT)
Qishloq va suv xo‘jaligida elektr uskunalarning ekspluatatsiyasini tashkil qilish masalalarini (PPRE) sistemasi aniqlaydi. Bu normativ hujjat elektr uskunalarning ish sharoitini klassifikatsiyalashni, texnik qarov ishlarini qayd qilishni, tashkil qilishni, zarur ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini, mehnat sarfini, ish kuchini hisoblaydigan tavsiyanomalarni o‘z ichiga oladi. Bu hujjatga ko‘ra barcha elektr uskunalarda rejaga binoan o‘z vaqtida ta’mir va texnik qarov ishlari bajarilishi kerak. Ularning muddatlari shu uskunalar xizmat vaqtiga, ish sharoitlariga va asosan atrof-muhitiga bog‘liq ravishda belgilanadi. O‘z vaqtida o‘tkazilgan texnik ko‘rik va ta’mir ishlari elektr uskunalarning foydalanish muddatini 2-3 marta oshiradi hamda ekspluatatsiya sarf xarajatlarini 2530% ga kamaytiradi.
Elektr uskunalarni texnik xizmati va ta’miri sistemasi quydagilarni o‘z ichiga
oladi:
Elektr uskunalarini texnik qarovi va ta’miridagi tadbirlarni belgilash;
Texnik qarov va ta’mir o‘tkazish muddatlari;
Profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va ularning bajarilishini
nazorat qilish;
Energoxo‘jalik xodimlariga ish haqqini to‘lash tizimini (sistemasini) ishlab chiqish;
Elektr xo‘jalikni extiyot qisimlar va materiallar bilan ta’minlashni tashkil qilish;
Texnik qarov, ta’mir uslublarini ishlab chiqish va sifatini nazorat qilish;
Texnik qarov va ta’mir grafigini ishlab chiqish;
Texnik qarov va ta’mir ishlarini bajarish uchun ishlab chiqarish bazasini ishlab chiqish;
Texnik me’yoriy kattaliklarni ishlab chiqish (mehnat sarfi, to‘xtash muddatlari).
Elektr uskunalarni texnik xizmati va ta’miri qo‘yidagi ishlarni o‘z ichiga oladi. Texnik xizmat ko‘rsatish-elektr uskunalarni eksplutatsiya davomida soz- ishchi holatda saqlab turish uchun zarur ishlar kompleksidir. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarish va ta’mir oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish texnik xizmat ko‘rsatishda elektr uskunalari tozalanadi. Changlari artiladi va mahkamlanishlari tekshiriladi. Ta’mir oraligida texnik xizmat ko‘rsatishda elektr jihozlar normal ishlashi tekshiriladi, ishga tushirish-boshqarish vositalari, nazorat
o‘lchov asboblari ko‘riladi, mayda nosozliklar yo‘qotiladi. Joriy ta’mir-asosiy profilaktik tadbir bo‘lib, elektr uskunani beto‘xtov va ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Bunda elektr uskunaning tez eskiruvchi qisimlari tuzatilib undan ishchi holatida keyingi ta’mirigacha foydalaniladi. Kapital ta’mirda elektr uskunaning barcha qisimlari to‘la ta’mir qilinadi, zarur bo‘lsa ba’zi qisimlari yangilanadi.
|
| |