O‘zbekiston respublikasi oliy




Download 18,37 Mb.
bet34/75
Sana16.02.2024
Hajmi18,37 Mb.
#157830
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Nazorat savollari:


  1. Elektr uskunalar ekspluatatsiyasining umumiy muammolari nimalar?

  2. Umumiy tushunchalar haqida gapiring?

  3. Fanning maqsadi va vazifalarini tushintiring?

  4. Elektr uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish turlari qaysi?
  1. mavzu: Elektr uskunalarining ko‘rsatkichlari.


Reja:

  1. Elektr uskunaning sifat xossalari.

  2. Nominal ko‘rstakichlar.

  3. Ishchi ko‘rsatkichlari.

Elektr uskunaning u yoki bu ekspluatatsion talablarga javob bera oladiganligini ko‘rsatuvchi sifat xossalari va ko‘rsatkichlari ekspluatatsion ko‘rsatkichlar (EK) deyiladi. Ular xossalariga ko‘ra nominal, ishchi, yakuniy bo‘lish mumkin.
Nominal ko‘rstakichlar bu elektr uskunaning yasalgan (tayyorlangan) zavoda, pasportida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlaridir. Bu ko‘rsatkichlar sinab ko‘rib, uskunaning konstruktiv ishlanishidan kelib aniqlanadi.
Ishchi ko‘rsatkichlari-elektr uskunaning ma’lum bir ish sharoitida ekspluatatsiya qilinayotganligida ko‘rsatgan kattaliklaridir.
Yakuniy ko‘rsatkchilar-bu elektr uskunaning ma’lum bir mavsum yoki ekspluatatsiyasi muddatlaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichlaridir.
Ishonchlilik-berilgan rejim va ekspluatatsiya sharoitlarida elektr uskunaning o‘z nominal (ish) ko‘rsatkichlarini saqlab, texnologik jarayonda o‘z funksiyasini bajarish qobiliyatidir.
Ishonchlilik holatiga qarab elektr uskuna bo‘lishi mumkin.
Soz holatda-barcha ish ko‘rsatkichlari konstruksiyasidan kelib chiqib belgilangan nominal ko‘rsatkichlariga mos bo‘ladi.
Nosoz holatda-biror ko‘rsatkichi nominal ko‘rsatkichlariga mos kelmagan. Ish bajara oladigan holatda-biror vazifani bajarishi uchun zarur ko‘rstakichlari mos keladi. Ish bajara olmaydigan holatda-ish bajara oladigan holatning biror ko‘rsatkichi mos emas. Uskuna ish bajara oladigan, lekin nosoz bo‘lsa u zararlangan deyiladi. Uskuna ish bajara olmaydigan holatda bo‘lsa, u to‘xtab qolgan bo‘ladi.
Uskunadagi nosozlik yo‘qotila olinsa, u tuzatishga yaroqli, aks holda tuzatishga yaroqsiz deyiladi. Elektr uskunaning soatlarda yoki yillarda ko‘rsatilgan ish vaqti uning resursi deyiladi. Elektr uskunaning ma’lum bir muddatda o‘z ishchi holatini saqlab, texnologik jarayonda ish bajara olishi to‘xtamay ishlashi bilan xarakterlanadi.
Chidamlilik-elektr uskunaning konstruksiyasi imkoniyatlari darajasida ta’mirgacha ishchi holatini saqlay olish qobiliyatiga aytiladi; u xizmat muddati va resursi bilan xarakterlanadi. Xizmat muddati-elektr uskunaning konstruksiyasi yo‘l qo‘yganicha ishlatilish vaqti. Resurs– emirilishigacha mumkin bo‘lgan ishchi muolajalar soni yoki bajarishi mumkin ish hajmi.
Elektr uskunaning emirilish holati (yoki ta’mir holati) uning texnik va iqtisodiy mezonlari bilan xarakterlanadi. Texnik mezonlari bu elektr uskunaning konstruktiv emirilish ko‘rsatkichlaridir (zazorlar, kontakt Yuzalari, izolyasiya holati va boshqalar). Iqtisodiy mezoni keltirilgan harajatlar miqdori bilan baholanadi.
bu erda Z-keltirilgan xarajat; En-kapital mablag‘larni qoplanish me’yoriy koeffitsienti, K-kapital xarajatlar; I-ekspluatatsiya xarajatlari.
Ko‘pincha elektr uskunaning ekspluatatsiya sharoitiga qarab uning ekspluatatsion ishonchliligi konstruktiv ishonchliligidan farq qilishi mumkin. Elektr uskunaning ishonchli ishlashini baholashda uning to‘xtab qolishlari soni muhim o‘rin tutadi. Bu kattalik obyektiv va sub’ektiv sabablarga ega, bundan tashqari elektr uskunaning to‘xtab qolishining konstruktiv, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyaviy sabablari bo‘lishi mumkin. Konstruktiv sabablari loyihalashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatolardan kelib chiqadi (zapas koeffitsienti kamaygan, material notug‘ri tanlangan, standart buzilgan va h.k.). Ishlab chiqarish sabablari elektr uskunani yasashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklardan kelib chiqadi. Bu nosozliklar va to‘xtab qolish sabablari dastlabki sinovlar va tekshirishlarda yuzaga chiqadi. Ekspluatatsiya davridagi to‘xtab qolishlar elektr uskunaning ishlatilishi qoidalarining buzilishi, elektr xizmat xodimlarining malakasini pactligi, jihozning tabiiy eskirishi oqibatida Yuzaga keladi.
Har bir elektr uskunaning to‘xtab qolishi u yoki bu obyektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida asosida bo‘lishi mumkin (1.3-rasm). Masalan asinxron elektr motorda izolyasiyaning namlanishi (-25%), to‘liqsiz fazada qolishi (-20%), ortiqcha Yuklanishi (-20%), rotor tormozlanib qolgan bo‘lishi (15%) va boshqa sabablar (- 20%) uning to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi. To‘xtashlarning sabalari yana elektr uskunaning ishlatilish sharoitiga ham bog‘liq bo‘ladi.
To‘xtab qolishlar yuzaga kelish xarakteriga ko‘ra qo‘qqisdan yuzaga keluvchi va sekin-asta yuzaga keluvchi bo‘lishi mumkin. Agar elektr uskuna konstruktiv nosozlikka ega bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi xodim qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ysa, ish rejimi to‘satdan o‘zgarsa, u o‘z holatini tez o‘zgartiradi va qo‘qqisdan to‘xtab qoladi. Ekspluatatsiya davomda elektr uskunaning qismlari sekin-asta eskira boradi va uning ishdan chiqishiga olib keladi
Profilaktik sinov va tekshirishlar eskirgan qismlarni o‘z vaqtida almashtirish bunday to‘xtab qolishlarning oldini oladi.

Download 18,37 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Download 18,37 Mb.