• QISQAChA NAZARIYA
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Mahsus Ta’lim Vazirligi Jizzah Politehnika Instituti




    Download 0.54 Mb.
    bet11/13
    Sana07.12.2022
    Hajmi0.54 Mb.
    #33653
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    O’zbekiston Respublikasi

    HISOBLAShLAR

    Laboratoriya ishi № 7


    Mavzu: Suyuqlikning sirt taranglik kuchini tomchi usuli bilan aniqlash

    Ishning maqsadi: Suvning sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlash.


    Asbob uskunalar: Shtativ, bir uchi ingichka byuretka, qisqich, stakan, tekshirilayotgan suyuqlik, tarozi, sekundomer.


    QISQAChA NAZARIYA

    Suyuqliklarda molekulalarning tortishish kuchlari va molekulalarning xarakatchanligi sirt taranglik kuchlarining namoyon bo’lishiga bogliq.


    Suyuqlik ichida bitta molekulaga unga qo’shni bo’lgan molekulalar tomonidan ta’sir qiladigan tortishish kuchlari o’zaro kompensatsiyalanadi. Suyuqliqning sirtida joylashgan va qanday molekula suyuqlik ichida joylashgan molekulalar bilan tortishib turadi.
    Bu kuchlar ta’sirida molekulalar suyuqlik sirtidan suyuqlik ichiga kiradi va suyuqlik sirtidagi molekulalar soni suyuqlikning erkin sirti shu sharoitda mumkin bo’lgan minimal qiymatlarga erishmaguncha kamayib boradi. Shu xajmdagi jismlar ichida minimal sirtni shar egallaydi. Shuning uchun boshqa kuchlar bo’lmaganda yoki ular hisobga olinmas darajada kichik bo’lganda suyuqlik sirt taranglik kuchlari ta’sirida shar shaklini oladi. Suyuqlik erkin sirtining qisqarish hossasiga asosan suyuqlik, go’yoki qisqarish intiluvchi yupqa chizilgan elastik plyonka bilan toplangandek ko’rinadi. Suyuqlikning sirti bo’ylab bu sirtni chegaralovchi chiziqqa perpendikulyar holda ta’sir qiluvchi va bu sirtni minimumgacha qisqartirishga intiluvchi kuch sirt taranglik kuchi deyiladi.
    I – uzunlikdagi sirt qatlami chegarasiga ta’sir qiluvchi sirt taranglik kuchi modulining shu uzunlikka nisbati uzunlikka bogliq bo’lmagan o’zgarmas kattalikdir. Bu kattalik sirt taranglik koeffitsiyenti deyiladi va grek xarfi «sigma» bilan belgilanadi.
    (1).
    Sirt taranglik koeffitsiyenti metriga N’yuton bilan ifodalanadi. Agar suyuqlik molekulalarining qattiq jism sirtiga tortishish kuchlari kichik bo’lsa u holda suyuqlik qatlamining sirti qo’llanadi. Agar suyuq va qattiq jism molekulalarining o’zaro ta’sir kuchlari suyuqlik molekulalari orasidagi o’zaro tortishish kuchlaridan katta bo’lsa, u holda suyuqlik qattiq jism sirtini qo’llamaydi.
    Pastki uchi ingichka nayda (1 - rasm) suyuqlik sekin oqib chiqayotganda tomchilar hosil bo’lishiga sabab sirt taranglik kuchi bir tomchini hosil qiluvchi va uni tushirmasdan ushlab turuvchi kuchlarni bilsak, tekshirilayotgan sirt taranglik koeffitsiyenti G aniqlash mumkin.
    Kapillyar naychadan tomchi uzilgan paytida sirt taranglik kuchi ogirlik kuchiga teng bo’ladi:
    ; ; ; ; (2)
    bu yerda: mTtomchi massasi
    R – naycha radiusi.
    Bu formuladan sirt taranglik koeffitsiyenti aniqlanadi.
    (3).


    Ishni bajarish tartibi



    1. Naychaga suv solinadi va kran yordami bilan 1 tomchi/sek tezlikka erishiladi.

    2. Shisha stakanni tarozi yordami massasi aniqlanadi. Kapillyarni radiusi o’lchanadi. Natijalar I – jadvalga yoziladi.

    3. Shisha stakanga n = 20 tomchi tomizilib suvli stakanning massasiga m0 tarozi bilan o’lchanadi. Tajriba kamida 4 marta takrorlanadi va bitta tomchining massasi aniqlanadi. (4) (5). (3) formula yordamida sirt taranglik koeffitsiyenti aniqlanadi.

    4. Jadval qiymatlari bilan solishtirilib nisbiy xato topiladi (4)

    1 – jadval.

    mcm

    R

    2 R

    m



    n

































































































































    SINOV SAVVOLLARI.



    1. Sirt taranglik koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi?

    2. Sirt taranglikni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushintiring?

    3. Sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlovchi formulani keltirib chiqaring.

    4. Kapillyarlik hodisaning mohiyati va ahamiyatini tushuntiring.

    ADABIYOTLAR





    1. Parpiyev K.G va «Mexanika va molekulyar fizikadan praktikum» T. O’qituvchi 1978 yil 175 – 187 betlar.

    2. Xaydarov M.Sh Nazarov U.K «Fizikadan laboratoriya ishlari» T. O’qituvchi 1989 y 82-86 b.

    3. O’lmasova M.X, Toshxonava J.A. va boshqalar. T. O’qituvchi – 1986 y, 170-179 betlar.




    Download 0.54 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Mahsus Ta’lim Vazirligi Jizzah Politehnika Instituti

    Download 0.54 Mb.