Didaktik o‘yin turlarini tayyorlash va amalda mashqlar bajarish




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/53
Sana25.05.2024
Hajmi0,76 Mb.
#253273
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Bog'liq
pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash

Didaktik o‘yin turlarini tayyorlash va amalda mashqlar bajarish 
Maktabda xar bir o‘qituvchi ayrim turdagi didaktik o‘yin mashg‘uloti o‘quv 
materiallarini amalda qo‘llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik 
faoliyatning ajralmas qismi xisoblanadi. Bunda o‘qituvchilar o‘zmutaxassislik 
fanlari bo‘yicha o‘zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq didaktik 
o‘yin turlaridan musobaqa, raqobat, o‘zaro yordam, hamkorlik tarzida olib boriladi.
Rolli o‘yinlarning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun bir qator shartlarga 
amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:
Jamoa a’zolari o‘rtasida samimiy muhitni qaror toptirish;
o‘yin jarayonida qat’iy talablar qo‘yilishini inkor etish;
o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalarning erkin, bemalol, o‘ziga ishongan holda, 
xotirjam harakat qilishlariga erishish;
sinfda qulay sharoitning mavjud bo‘lishi (shovqin darajasini nazorat qilish
o‘quvchi-talabalarni chalg‘ituvchi harakatlarni sodir etmaslik);
sinfda tartib va tinchlikni saqlash maqsadida o‘quvchi-talabalarning o‘yin 
faolligiga ta’sir qilmaslik
 
49 


2.2. “PEDAGOGIKA.PSIXOLOGIYA” FANIDAN TANLANGAN
MAVZULARI BO‘YICHA O‘QUV MAQSADLARINI ISHLAB CHIQISH 
Pedagogik texnologiyadagi loyihalash jarayonida ham o'quv va tarbiya 
maqsadlari ishlab chiqishda tavsiflar va har bir didaktik bo'linmadan kutilajak 
natijalar ta'riflariga maxsus talablar qo'yiladi. Dastlab o'quv va tarbiya maqsadlari 
ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan o'quv maqsadlari asosida video ma'ruza ssenariysi 
yaratiladi.
Quyida ta'lim natijalarini kafolatlashga imkon beruvchi Benjamin Blum 
tomonidan tavsiya etilgan o'quv maqsadlarining kategoriyalari bo'yicha maqsadlar 
(erishilishi kutilayotgan ta'lim natijalari) bayon etilgan. 
Ma’lumki, respublikamiz ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan 1 ta dars 
mashg‘uloti uchun, 7±2 dona o‘quv maqsadi qo‘yish tavsiya etiladi. Buning 
asosida bir qancha sabablar yotadi. O‘shalardan biri – yangi axborot qabul qi-
layotgan kishi diqqatining uzog‘i bilan 15 daqiqagina faol turib bera olish-ligi 
bilan bog‘liq. Demak, har 10 – 15 daqiqada axborot qabul qilayotgan kishi 
diqqatini keskin chalg‘itib turish kerak va shundan so‘nggina axborot uzatishning 
keyingi bosqichiga o‘tish kerak 
B. Blum bo‘yicha o‘quv maqsadlari 6 toifaga bo‘linadi: 1 – bilish, 2 – tu-
shunish, 3 – qo‘llash, 4 – tahlil qilish, 5 – sintezlash, 6 – baholash. Blum bo‘-yicha 
“Bilish” maqsadiga erishilishi o‘quv materialining 55 – 62% , “tushunish” 63 – 
70%, “qo‘llash” 71 – 77%, “tahlil qilish” 78 – 85%, “sin-tezlash” 86 – 92%, 
“baholash” 93 – 100% o‘zlashtiriganligini bildiradi. Sal kam yarim asr vaqt 
mobaynida o‘quv maqsadlarining B. Blum bo‘yicha takso-nomiyasidan butun 
dunyo miqyosida juda unumli foydalanildi. O‘zlashtirish sifati o‘qitishni Blum 
taksonomiyasidan foydalanib olib borilgan o‘quv muassasalarida undan 
foydalanmagan o‘quv muassasalaridagidan ko‘ra ancha yuqori bo‘ldi. Quyida biz 
tanlab olingan mavzular bo’yicha aniqlangan o’quv maqsadlarini keltirib o’tamiz. 
50 



Download 0,76 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Didaktik o‘yin turlarini tayyorlash va amalda mashqlar bajarish

Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish