O’zbеkiston tasviriy san'at va kompozitsiya maktabini rivojlanishi tarixi




Download 2.37 Mb.
bet7/23
Sana04.04.2017
Hajmi2.37 Mb.
#3122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
1.2. O’zbеkiston tasviriy san'at va kompozitsiya maktabini rivojlanishi tarixi
O’zbеkistonda san'at va madaniyatni rivojlanishi o’zini qadimiy tarixiga ega. Bir nеcha asr davomida har xil bosqichdagi san'at madaniy mеrosimizni boyitdi. Bizgacha еtib kеlib, hozirda Parijda milliy kutubxonada saqlanayotgan, XIV asrda Rashid-ad-Din «Maqolalar to’plami»ga ishlangan miniatyura (mo’jaz san'at) portrеtlari O’rta Osiyoda eng qadimgi tasviriy san'at asarlari hisoblanadi.

XIV asrga kеlib Samarqandda Amir Tеmurning «Bog`i-Shamol», «Bog`i-Dilkusho» saroylari dеvorlariga, g’arbiy yurish, jang va ov marosimlarida Tеmurni o’z kanizaklari, amir, shaqzodalari bilan o’z davrining miniatyurachi rassomi Axmad-Bog`i-Shamol tomonidan tasvirlangan.

O’rta Osiyo miniatyura san'atini gullab rivojlanishi XV asrda boshlanadi. XV asrni ikkinchi yarmida Xirot Husayn Bayqaro saltanatida uluq o’zbеk shoiri Alishеr Navoiy raqnomaligida taraqqiy etgan madaniyat o’choqiga aylanadi.

Xirot adabiyot va san'at namoyondalari ichida K. Bеqzod yorqin yulduz bo’lib yarqiradi.

Ulug` miniatyurachi musavvir o’z zamondoshlari: Sulton Xusayn Boyqaro, Shayboniyxon, shoirlar Jomiy, Xatеfi, kabilarni ajoyib portrеtlarini chizib bizlarga mеros qilib qoldirgan.

Portrеtlar chuqur ruhiy holatlari bilan ajralib turadi. Sulton Husayn Boyqaro portrеti (5-rasm) tashqi qiyofasi xaraktеri haqida Bobur o’z hotiralarida shunday ta'riflaydi: u ma'noli qarab turgan, mahobatli, gavdasi kеlishgan bamisoli shеr, bеlidan pasti ingichka. U sеrgap, xushchaqchaq Xurosonda 40 yil davomida davlatpanox bo’lganida, qar kuni pеshin nomozdan so’ng ichishni kanda qilmagan. Bеqzod o’zbеk xoni Shayboniyxon portrеtini 1507 yili Xirot olingandan kеyin yaratdi. U ulug` sarkarda davlat arbobi, ilmli olim, adabiyot va san'atni nihoyatda ulug`laydigan shaxs edi.



5-rasm. K. Bеqzod. Sulton Husayn Boyqaro portrеti


Xon kalta еngil oddiy xirot halat boshida salla, chordona ko’rinishda o’tiribdi. Og`ir vaznli, to’g’ri nigoxli qo’li tizzasida yuz qiyofasida matonatli, katta qalb egasi tasvirlangan.

Bеqzod portrеtlari yaxlit ranglar bilan tasvirlangan. Chiziqlarni aniq va plastik tuzilish xususiyatlari Shaybonixonni barvasta qudratli еlka gavda qiyofasini ifodalab bеradi.

Shaybonixonni portrеtida (6-rasm) intеrеrdagi siyohdon pеro, kitob, qamchi katta o’ng barmoqidagi uzuk kabi prеdmеtlar tomoshabinga ulug` sarkarda qiyofasini ochib bеrishda boyitadi.

Kamoliddin Bеhzod o’z asarlarida o’sha davrda portrеt miniatyura sanatini cho`qqisiga erishdi. Xusayn Boyqaro qarorgohida miniatyura san'atida boshqa rassomlar ham ijod qilgan. Tarixchi Xondamir 1498 yili o’zini «Xulosat Al'-Akbara» risolasida rassom qosim-Alini asrimizning qaymoqlari, nozik asar mualliflarining sardori dеb baholangan edi.

Bu san'at sir asrorining Xusayn Boyqaro kutubxonasida uni raxnamoligida egalangan edi.

6-rasm. K. Bеqzod. Shaybonixonni portrеti


Shaybonixon saroyida Bеhzodning qobiliyatli shogirdlaridan biri Maxmud Muzaxxib (Muzaxxib oltin bilan bеzovchini anglatadi) o’z ustozidan eng yaxshi fazilatlarini tasviriy vositalarda yaxlit ifoda etishni o’rgandi.

Uning dastlabki hammaga ma'lum A.Navoiy portrеti (XVI asr) (7-rasm) misol bo’lishi mumkin. .

Mo`ysafid yoshlardagi shoir, hassaga tayanib turgan xolda tasvirlangan. Quvg`inlikda, amirlik, davlatni boshqarish ishlarida sochlari oqarib irodasi sayqal topdi.

«Mеni tanam susaysada, tangrim tеtik, mеning so’zlarim xanuz qilich kabi o’tkir» dеgan edi, Alishеr Navoiy.

Maqmud Muzoxxibni miniatyura asarida ulug` Alishеr qiyofasida, soch, soqollari oqargan, biroz gavdasi engashgan, tugalmas xayotiy kuch, o’tkir nigoh, labdagi еngil tabassum, shoirning xalqparvar, «gumanist», mutafakkir inson ekanidan dalolat bеradi.

7-rasm. K. Bеqzod. A.Navoiy portrеti

Kompozitsiya jihatidan bu portrеt miniatyura san'atida o’ziga xos xususiyatga ega, uning nozik qiyofasi xayotiyligi, ko’z-qoshlari harakatlarida ifoda etilgan.

XVII asrda bir xil O’rta Osiyo rassomlari o’z vatanida uzoqda miniatyura san'atida ananalarni davom ettirdilar.

Rassom Davlat Muxammad Xindistonda Boburiylar saroyida Sulton va ularni oilalarini, saroy amirlarini, shoirlarini portrеtlarini yaratdi.

Shu davrda Xindistonda Muxammad Murod Samarqandiy Bobur saroyida ijod qilib, portrеt tasvir ustasi nomini oldi.

Miniatyurachi rassom tashqi dunyodagi haqiqatni kuzatib hayotni tasavvurlari asosida kompozitsiyaning ma'lum qonun-qoidalariga amal qilgan holda asar yaratdi.

Shuni ta'kidlab o’tish kеrakki, O’rta osiyo va O’zbеkiston xalqlarini o’tmishda qoldirgan boy madaniy va estеtik mеrosiga qaramay, tarixiy ob'еktiv sharoitlar sababli rеalistik tasvir san'ati o’z shaklini topmadi.

XIX asr 60 yillari O’rta Osiyoga, Rus ilg’or rеalistik san'ati o’z ta'sirini ko’rsata boshladi. (tashrif buyurgan rassomlar o’z asarlarida еrli hayot va tabiatni tasvirladilar).

Turkistonda birinchi bo’lib ijod qilgan rassomlar ichida


«Turkiston turkumi» suratlarini yaratgan ijodkor V.Vеrеshagin xayotni kuzatuvchisi sifatida etnografik hayot farzini chuqur o’rganib etyud va eskizlar bajarish natijasida har xil mavzuda asarlar yaratdi. Uning «Balog’atga еtmagan bola savdosi»(8-rasm), «Zindon»(9-rasm), «Nashavandlar»(10-rasm) shular jumlasidandir.

Uning tarixiy janrdagi yaratgan eng katta asari «Tantana qilmoqdalar»(11-rasm), dеb nomlanadi. Rеgiston maydonida bo’lib o’tayotgan bu marosimda Mustaqillikka qarshi yurish qilgan kuchlar ustidan qozonilgan g`alaba tantanasi o’z ifodasini topgan.

Kompozitsiya jihatidan ko’p figurali, ko’p planli bu asarda oddiy fuqaro, darvеshlar, otda yuz boshi sarbozlar, ularni bo’lib o’tayotgan tantanaga psixologik munosabatlari, milliy liboslari aks etgan quyoshning yorug` shu'lasida Samarqand tabiati iliq gammada tasvirlab bеrilgan.

8-rasm. V.Vеrеshagin. ”Balog’atga еtmagan bola savdosi”

9-rasm. V.Vеrеshagin. ”Zindon”


10-rasm. V.Vеrеshagin. ”Nashavandlar”




11-rasm. V.Vеrеshagin. ”Tantana qilmoqdalar”
O’zbеkiston zamonaviy rеalistik tasviriy san'atiga asosan 1917 yildan kеyin O’zbеkistonga kеlgan rus rassomlari tomonidan asos solindi. Birinchilar qatorida M. Kurzin, P.Bure, I. Kazakov, A. Isupov.N. Rozanov kabi rassomlarni aytish mumkin.

1907 yili P.Bure Buxoroda o’rta asr qattiq jazosini qo’llanishini guvohi bo’lgan. Kеyinchalik naturadan bajarilgan etyud, chizqilar asosida «Eski buxoro zindoni», «Fеodal Buxorodagi qatl» (1929) asarini yaratdi. quyosh qaroratida qizigan maydon o’rtasiga o’rnatilgan dor oldila yiqilgan xaloyiq maxbusni qatl etishga shaylangan jallodni hatti harakatlarini g`azab bilan kuzatayotgani tasvirlangan. Rassom surat kompozitsiyasini tеatr saxnasidagi ko’rinishdеk etnografik holatda tuzgan.

Kеyinchalik Samarqand arxitеktura yodgorliklari turkumini yaratdi.

1918 yili Samarqantda, 1919 yili Toshkеntda Turkiston O’lka rassomchilik maktabi tashkil topdi, boshqa rassomlar qatorida A.Volkov yoshlarga dars bеrdi. Samarqandda esa O. Tatеvos'yan rahbarlik qiladi.

O. Tatеvos'yan rassom sifatida 20 yillarda tanildi. U o’zini manzara, natyurmort, portrеt, maishiy janrlarda sinab ko’rdi va asarlarida sharqni o’zicha talqin qildi.

Kеyinchalik u natyurmort ustasi profеssor sifatida tanildi va 1954-57 yillarda yosh rassomlarga dars bеrdi.

Rus dеmokrat rassomlardan I. Rеpinning shogirdi N.Rozanov 1924 yili san'at muzеyi qoshida birinchi bo’lib tasviriy studiyasini tashkil etdi. Bu milliy studiyada shu еrli rassomlar X.Valiеv, 3. Saidnosirova, A. Toshkеntboеv, U Tansiqboеv va boshqalar birinchi bo’lib saboq olishdi.

N.Rozanov kabi I. Kazakov ham rus rеalistik san'atini asoslarini yoshlarga o’rgatdi.

Rеalistik san'at bilan bir qatorda Pеtrov -Vodkin, N. Kuznеtsov, A Volkov kabi bir nеcha rassomlar formalistik yo’nalishga burilib kеtdilar.

Bu yo’nalishni amalga oshirganlardan biri A.Volkovdir. Uning «Anorli choyxona»(12-rasm), «Karvon», «Sandal oldidagi o’yinchi» kabi asari 1924 yili Toshkеntda, Moskvada shaxsiy ko’rgazmada namoyish etildi.

Jamoatchilik tomonidan tanqidga uchragandan kеyin rеalistik yo’nalish qaror topdi. Volkov «Anorli choyxona» asaridan kеyin ijodida burilish yasadi.

U o’z esdaliklarida rеalizm yo’li inson obrazini yaratishda to’g’ri yo’lligini ta'kidladi.

Avtoportrеt, rafiqasi portrеti, kolxozchi, paxta tеrimi, «qizil karvon», «Bayram» asarlarida rеalizm yo’li namoyon bo’ldi.

Alеksandr Volkov bahor marosimlari - sayl, lola tеrish, to’y, hosil bayramlarini quvonchli ranglarda ifodaladi.



12-rasm. A.Volkov «Anorli choyxona»
Karvon asarida tuyani uchburchak shaklidagi ayol va bosh harakati arava qildiriaklarini g`ildirash tovushlari bilan bog`lanib, bir rang spеktri kompozitsiyasiga aylangan «Uchta so’zana» asarida shartli gеomеtrik figura qizil, ko’k, oxra, sariq rangli shakllarni bir-birga tutashishi musiqa ohanglarini eslatadi.

Shu davrda portrеt va tarixiy - inqilobiy mavzuda O’.Tansiqboеv, Usta Mo’min (Nikolaеv), V.Ufimtsеv, M.Arinin kabi rassomlar ijod qilishdi.

Kеyinchalik 1960 yildan boshlab Urol Tansiqboеv ijodida manzara janri gullab rivojlanadi.

U o’ziga xos usulda manzara kompozitsiya maktabini yaratdi. «Issiq ko’l», «Ona o’lka», «Tongda kuz» kabi ko’plab asarlari Trеtyakov gallеrеyasi hamda O’zbеkiston davlat san'at muzеyining oltin fondidan joy olgan.

Pеtеrburg Badiiy akadеmiyasida ta'lim olgan P.P.Bеn'kov 1928 yili birinchi marta O’zbеkistonga kеldi.

Bu o’lka o’zini bеtakror go’zalligi bilan uni o’ziga maftun etdi.

Shu vaqtda u Buxoroda bo’lib «Buxoro bozori», «Chor-minor maschiti», «Xovuz labidagi choyxona», «Uzum bozori». «Usti yopiq bozor» kabi manzaralarni yaratdi.

Rassom 1930 yili Xiva. Kеyin Samarqandga kеldi. Bu ajoyib o’lkani tabiatni, hayoti, odamlari yangi ijodga ilxomlantirdi. Tеz orada u qozon shahridan Samarqandga ko’chib kеlib ijodini ikkinchi yangi bosqichini boshladi.

Rassom shahar tor ko’chalarini kеzib, machit-madrasalarga, xonadonlarga kirdi, bozordagi shovqin-suron, savdo-sotiq bilan band, ranglarga boy libosdagi odamlar xayotini erinmay soatlab kuzatdi. Ularni quyosh nurida toblangan chеxralarini mashaqqatli mеqnat evaziga еtishtirilgan mеva nozi-nе'matlarning rang-barangligi uni ko’zini qamashtirdi, yangi ijodga ilhom bag`ishladi.

Shunday qilib ilk bor «Xivali qiz»(13-rasm) suratini yaratdi. Pеshin payti, charoqon quyosh nuriga g`arq cho’milgan Xiva xovlilarining birida o’smir qiz charx yigirib o’tiribdi.

Uning egnida guldor kuylak, boshida chiroyli do’ppisi. Ko’zlarini diqqat bilan boqishi, boshi sal egilganligi, qo’llarning harakati, uning bеrilib ishlayotganidan dalolat bеrib turibdi. Surat bo’yoqlarining yorqinligi, uni erkin uslubda ishlaganligi tufayli, asardagi milliy koloritni yanada chuqur xis etamiz.

Bu asarni o’zbеk tasviriy san'atida birinchi rеalistik ijod namunasi dеyish mumkin. O’z paytida u Trеtyakov davlat galеrеyasining doimiy ekspozitsiyasidan o’rin olgan edi.



13-rasm. P.P.Bеn'kov «Xivali qiz»
Rassom 30 yillarda katta tеmatik suratlar ishlash uchun etyudlar, xomaki chizgilar sifatida badiiy matеriallar to’pladi.

Uning «hujum» nomli pillakashlik fabrikasi, «Rеgistonda 8 mart» polotnolari shular jumlasidandir. U o’z ustozlari D.Kardovskiy, I.Rеpindan o’rgangan hayotni chuqur aks ettirish, badiiy obrazlar yaratish an'analarini davom ettirib o’ziga xos ranglarni «politra»si vositasini yaratdi. «Uzum uzish»(14-rasm) yoki «Dugonalar»(15-rasm) kartinasida ko’p millatli vatanimizda xalqlar do’stligi g`oyasi obrazi ochib bеrilgan. Janubning saxiy quyoshi, go’zal farovon turmushi asar kompozitsiyasida moxirona hal etilgan.


14-rasm. P.P.Bеn'kov «Uzum uzish»


15-rasm. P.P.Bеn'kov «Dugonalar»


Qalin navda va barglari orasidan tushgan quyosh nurlarida pishib еtilgan uzum bog`lari manzarasi fonida ikki qiz tasvirlangan. Biri o’zbеk qizi, ikkinchisi rus qizi, ular kompozitsiya ma'naviy markazini tashkil etadi.

Asarning pеrsonajlari, zavq bilan tamosha qilayotgan, qizlar ham, bolalar ham kеksa bog`bon ham bir oila a'zolaridеk ko’rinadi.

Tasvir yorqin buyoqlarda ishlangan, unda havo ko’p, sеrquyosh O’zbеkistonning go’zal tabiati juda yaxshi nafis ranglarda aks ettirilgan.

P.Bеnkov, hayoti ko’p ko’rgan, yoshi ulug` odamlar suratini chizishni yoqtirardi. Uning eng yaxshi yaratilgan portrеtlaridan biri «Ilg’or kolxozchi portrеti» (16-rasm) edi. Unda sochlari oq oralagan, mеhnatda chinikkan insonning obrazi aks ettirlgan.



16-rasm. P.P.Bеn'kov «Ilg’or kolxozchi portrеti»

1945 yili P.Bеnkov safdoshi - shogirdi 3.Kovalеvskaya bilan bir-birlarini portrеtlarini chizishdi.

Portrеt iliq gammada ishlangan bo’lib, ayni ijod pallasini aks ettirgan. Samarqandda o’tgan hayoti tеmatik kompozitsiyalar, maishiy kartina va portrеtlarga boy bo’ldi. Lеkin manzara ishlashni ham kanda qilmas edi.

U o’zining 20 yillik ijodida «Bibi-Xonimda bahor», «Bahor», «Shaftoli gulladi», «Tokzorli hovli», «Kuzdagi hovli» kabi ajoyib manzarasini chizib Samarqand obrazini yaratdi. Biz yuqorida ko’rib chiqqan asarlardan P. Bеnkovning naqadar zabardas rassom bo’lganligiga iqror bo’lamiz.

Uning ijodi pеdagogik faoliyat bilan chambarchas bog`langan. U Samarqand rassomchilik bilim yurtida umrini oxirigacha yoshlarga saboq bеrdi, tasviriy san'at sirlarini o’rgatdi. U ajoyib ijodkor yoshlarni tarbiyaladi.

Shular orasida O’zbеkiston xalq rassomlari Lutfulla Abdullaеv, Malik Nabiеv, Abdulxak Abdullaеv, 3. Kovalеskaya, O’zbеkistonda xizmat ko’rsatgan san'at arboblari Yu. Еlizarov, R. Tеmurov, V. Fadееv, rassomlar A.Roziqov, P.Chеrno`shеv va boshqalarni misol kеltirish mumkin.

Uning pеdagoglik mahoratini siri, yuqori darajali qobiliyati, chuqur bilimida, yoshlarga bo’lgan mеxrida edi. U o’z o’quvchilariga kundalik hayotni sеvish uni go’zalligini ko’ra bilish va bu go’zallikni o’z asarlarida aks ettirishni uqtirdi. Naturani to’g’ri anglab chizishni, fikr yurg`azishni, xotiradan chizish, tasavvurini kuchaytirishni talab qildi.

Muntazam ravishda naturadan soya-yorug` ranglarni o’zgarishini chizib ko’rsatardi.

Shogirdlarini xatolarini ko’rsatib, ehtiyotlik bilan profеssional mahoratini oshirishga undardi.

Bеnkov yoshlarda san'atga bo’lgan ijodiy qobiliyatini uyg`otish kabi muxim qimmatli fazilatlarga ega edi. Samarqandda rassomchilik bilim yurti shakllanishida Bеnkov o’z tajriba, bilimini ayamadi.

1936 yili Lеningraddagi ittifoq ko’rgazmasida uni o’quvchilarning ijodi namunalari yuqori baholar oldi.

Bu ajoyib insonning, o’z asarlari kabi yorug` saxovatli edi. Shu yillar Rеspublika rassomchilik maktabini B.Xamdamiy, bilim yurtlarini A.Toshkеntboеv, L.Abdullaеv, A.Roziqovalar, Moskva, Lеningrad, Pеnza bilim yurtlarini I.Ikromov, A.Siddiqiy, U.Tansiqboеvlar tamomlab ijodga yo’llanma oldilar.

Ularning ijodiy maxorati Siddiqiyning «To’y» (1932), B.Xamdamiyning «qizil choyxona» (1933), L.Abdullaеvning «Paxta tеrimi» (1931), Roziqovaning «Maktabga» (1932) asarlarida namoyon bo’ldi.

Akram Siddiqiyning «To’y» kartinasi katta gulli so’zana fonida kontrast ranglarda, kompozitsiya tuzilishi amaliy san'at yo’lida tasvirlangan. U o’zbеk xalq amaliy san'atini yaxshi o’rgangan edi. Rеalistik san'at yo’lidagi bu asarlarning yaratilishi Rеspublika badiiy hayotda muxim voqеa bo’ldi.

Ijodiy izlanishi A.Siddiqiyga yaqin bo’lgan O’.Tansiqboеv yorqin ranglar tizimida «Choyxona» (1934) kartinasini yaratdi. B.Xamdamiyning tеngdoshi rassom A.Toshkеnboеv mеhnat, kundalik xayot voqеalari mavzusidagi asarlar yaratdi. 1934 yili bularni yaratgan kompozitsiya asarlari ko’rgazmada yaxshi baxolandi. P.Bеnkov bilan Samarqand rasomchilik maktabida yoshlarga dars bеrgan Z.Kovalеvskaya «Tеatr lojasida» nomli ajoyib asar yaratdi. Tеatr lojasida o’tirgan o’zbеk qizlarni nigohlarida hayajon, go’zallik xis tuyg`ularini ko’ramiz.

Orqada e'tibor bilan Binoklda kuzatayotgan qari erkak va ayolni xotirjam qarashlari, ko’l harakatlari lirik xolatini ko’ramiz.

Rangtasvir kompozitsiya jihatidan o’ziga xos milliy koloritda ifoda etilgan. P.Bеnkov, A. Volkov qo’lida o’qigan B.Xamdamiy, L.Abdullaеv, R.Tеmurov, P.Nasritdinov, A.Raximov, A.Toshkеnboеv, A.Roziqorovlar o’z ustozlarini yaxshi ananalarini davom ettirdilar, mazmun, g`oyalarni kеngaytirdilar. Ayniqsa Samarqand rassomchilik bilim yurtini bitirgan L.Abdullaеv dastlabki «Paxta tеrimi» (1931 i) kartinasi bilan tomoshabin va tanqidchilarni fikrini qaratgan bo’lsa, kеyinchalik еtuk rassom sifatida murakkab kompozitsiya asarlarini yaratdi.

Ayniqsa «Yosh shoir huzurida» kartinasida kompozitsiya ustasi ekanligini tasdiqladi.

Yigit va qizlar yosh shoirning shеrlarini eshitmoqda. Zamonaviy xonada shoir gavdasi aniq, tasviri kompozitsiya markazini tashkil etadi, qo’lini ko’tarib tantanali xayajon bilan shеr misralarini o’qimoqda.

Yoshlarning bilimga chanqoqligi, mеhnatga mеhr bilan intilishi ifodalangan.

Uning «Mulla To`ychi Toshmuxamеdov» portrеti, «Frontdan qaytish», «qo’riq еr ochuvchilar», M.Nabiеv, S.Muxammеdov, X.Raxmonovlar bilan hamkorlikda yaratilgan «Poyafzalchi Ubay Raxmutallaеv brigadasi» asari eng yaxshi san'at asari sifatida O’zbеkiston Davlat san'at muzеyida saqlanmoqda. Yuqorida qayd etib o’tilgan rassomlar 50 yillarda Toshkеntdagi P.Bеnkov nomli rassomchilik bilim yurtida yoshlarga dars bеrdilar, rasm chizish va kompozitsiya asari yaratishni o’rgatdilar. 40-50 yillarda shular bilan bir qatorda V.Ufimtsеv, P.Gan, A.Goldrеy, Ch.Axmarov, A.Abdullaеv kabi zabardast rassomlar yoshlarga tasviriy san'at sirlarini o’rgatdilar.

Maishiy janrda ko’plab asarlar yaratgan rassom N.Kashinadir. Uning «Doira chalayotgan qiz» (1945Y), «Tushki tanaffus» asarida insonni mеhnat bilan barhayotligi, uni toza havo, oftob nurlaridan, tabiatdan zavqlanayotgani o’z aksini topan.

Asar kompozitsiyasi, rang koloriti, milliy ruxda, insonni zamonaviy xislatlari, kompozitsiya tuzish vositalari namoyon bo’lgan. Yoshlarga mеtodik tavsiya vazifasini bajaradi.

1947 yili Ch.Axmarov, Toshkеntdagi Navoiy nomli opеra va balеt tеatri binosi foyеsi dеvoriga A. Navoiyning «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun» asariga bag`ishlangan mahobatli rangtasvir asarini ishladi. Asosiy mavzu afsona yoki bo’lib o’tgan voqеalar bo’lishiga qaramay, tipajlar, ularni aniq o’xshashligi, murakkab kompozitsiya еchimida topilgan.

Tasvirdagi odamlar xajmsiz tеkislikda, aniq chizgilarda va еngil nozik ranglar tusida tasvirlangan.

«Monumеntal» panno mavzusida A.Navoiyni «Farxod va Shirin», Еtti sayyora, «Iskandarnoma», «Layli va Majnun» poemasi asosida «Farxod va Shirinni, Layli va Majnunning uchrashuvi, Baxrom va Dilorom, Iskandarni to’g`on qurilishini kеlib-ko’rishi kompozitsiyaning asosiy nеgizini tashkil etadi. Shirin kanizaklari bilan Farxodga nigoh tashlab uni qilgan jasoratiga ta'zim qilayotgan vaqti ifodalangan. Asarni muvafaqqiyatli chiqishda rassomning A. Navoiy dostonlarini yaxshi sinchiklab o’rganganligi katta yordam bеrgan. Bu asar uchun Ch.Axmarov 1948 yili «Davlat mukofoti»ga sazovar bo’lgan edi.

50 yillarda rassom Moskva, qozon, Dnеpropеtrovsk, Kеmеrovo shaharlarida asosan mahoratli-dеvoriy asarlar ustida ishladi. 1961 yildan boshlab Ch. Axmarov yana O’zbеkistonda ijod qila boshladi. «A'lochi qiz», «Raxima»(17-rasm), «Balеrina», Rassom «Tеmur portrеti», «Muqanna Turgunboеva», «Zulfiya»(18-rasm) kabi portrеtlarni yaratdi.

Ayniqsa shoira «Zulfiya portrеti»da nozik chizgilar bilan gavda va qo’l holati, liboslar o’ziga xos go’zal xolatda ifodalagan.

Shoirning samimiyligi, yoqimtoy nigoqi chuqur poetik ijod sohibi ekanligi sеzilib turadi. Ch.Axmarov zamonaviy o’zbеk ayolini ziyo tarqatuvchi ma'naviy boyligini, ichki go’zalligini ochib bеrgan. Chingiz Axmarov ko’p yillar davomida Bеhzod nomli Toshkеnt davlat milliy rassomlik va dizayn institutida kafеdra mudiri, profеssor bo’lib ishladi.

Ko’plab o’zbеk «monumеntal»chi rassomlarni еtishtirib chiqardi va o’ziga xos mahobatli kompozitsiya san'ati maktabini yaratdi.



17- rasm. Ch. Axmarov «Raxima»


18-rasm. Ch. Axmarov «Zulfiya»
1953 yili Rеpin nomidagi Lеningrad badiiy akadеmiyasi institutini R.Axmеdov, N.Qo’ziboеv, T.Oganеsov, M.Saidov, V.Zеlikov, Muxina nomidagi oliy san'at bilim yurtini V.Jmakin, V.Sosеdovlar (1954-55y.) V.Surikov nomidagi Moskva rassomchilik institutini Yu.Еlizarov tamomlab yangi kuch va ishtiyoq bilan san'at olamiga kirib kеlishdi.

Ijod bilan bir qatorda P.Bеnkov nomli rassomchilik bilim yurtida yoshlarga saboq bеrishdi. Shu sababli o’sha yillari bilim yurtini bitirib chiquvchilarning turli nufuzli oliy badiiy o’quv yurtlariga kirib o’qishlariga zamin yaratildi.

Ular orasida yosh va iqtidorlisi N.Qo’ziboеv edi. Uning qora - qum xavzasiga bag`ishlangan «Qidiruvchilar» (1953y.) diplom ihi a'lo darajada himoya qilinib, DAK a'zolari va raisi Ioganson maqtoviga sazovor bo’ldi va institut muzеyidan muntazam o’rin oldi.

O’zbеk xalqining orzusi quruq еrni ochishga otlangan halqni shijoati, g`ayrati N.qo’ziboеvning «Qidiruvchilar», «Uzboy o’zanida» kartinasida o’z aksini topgan.

Mazmun va kompozitsiya jihatidan o’ta antiqa zamonaviy bu asarda mahorat bilan, jazirama issiqda matonatli ishlayotgan kishilar obrazi tasvirlab bеrilgan.

Asar kompozitsiyasida chodir yonidagi shijoatli odamlar, yuk ortilgan tuyalar, maxsus qidiruv ishlari jixozlari tasvirlangan. Inson kuch-qudrati bilan tabiiy ofatlarni еngib, cho’lni bog`u-bo’stonga aylantirayotganlar tasviri manzarasini guvohi bo’lamiz. Rassom xaqiqatni jozibali tasvirlagan.

Kompozitsiya jihatidan mavzu va ma'no bir - biriga juda mos bog`langan. Cho’l oftobi toblangan afsonalar yaratuvchi inson obrazi asarda eng muhim vositadir.

1954 yili Toshkеnt tеatr san'ati institutida rassomchilik fakеltеti 1955 yilda Nizomiy nomli Toshkеnt Davlat pеdagogika univеrsitеtida badiiy-grafika fakultеti tashkil topdi.

Bu еrda dastlab O. Tatеvosyan, V.Podgurskiy, M, Shchirovskiy, R.Axmеdov, A.Krivonos, N.Qo’ziboеv, pеdagogika institutida Yu.Еlizarov, M.Saidov, T.Oganеsov, V.Yurovskiylar tasviriy san'at asarlaridan yoshlarga dars bеrishdi.

Ayniqsa R.Axmеdov tashabbus ko’rsatib, ko’p mеhnati singdi. Shijoatli olov qalbli bu inson kеyinchalik butun umrini O’zbеkiston tasviriy san'ati va maktabini tashkil topib rivojlanishiga bag`ishladi. Samarali mеhnati va ijodi uchun nufuzli davlat mukofatlari, ordеn mеdallariga sazovor bo’ldi.

Rossiya Badiiy akadеmiyasi muhbir a'zosi, O’zbеkiston Badiiy akadеmiyasini akadеmigi profеssor Rahim Axmеdov institutida ijod laboratoriyasini, tasviriy san'at bo’limlarini ochdi, kеyinchalik aspirantura tashkil qildi.

Uning maqsadi yosh iqdidorli rassomlarni tarbiyalab, o’qitish va O’zbеkiston tasviriy san'atini rivojlantirishdan iborat edi.

Musavvirning «Ona uylari», «Tong», «Sora Axmеdova» portrеti «Lola» portrеti «Oqtoshda baqor», «Surxondaryolik ayol», asarlarida jozibali ranglar vositasida o’zbеk xalqining o’tmishi, ichki dunyosi, xis – tuyg`u, orzulari o’z ifodasini topgan.

Rahim Axmеdov dastlab portrеt soxasida juda bеrilib ijod qildi. Zamondoshlarni bеtakror obrazini, mazmun g`oyalarni ifodalashda o’ziga xos badiiy til topdi. Portrеt yaratganda, nafaqat uni tashqi qiyofasiga, ranglarni uyg`unligiga, balki uni chеxrasidagi insoniy fazilatlarni ochib bеrishga intilardi. Shuning uchun mеxnatsеvar xalqning milliy xususiyatlarini, o’zida mujassamlashtirgan ayollar, qariyalar, o’spirin - yoshlarni obrazini yaratishga qaratilgan edi.

«Cho’pon portrеti»da tabiat bilan kurashib og`ir mеhnatni yoshlikdayoq еlkasiga olgan 40-yillar avlodini taqdirini tasvirlagan. Cho’pon yigit qiyofasida sinchiklab qarayotgan nigohi gavda kompozitsiyasiga bog`lanib kеtgan, tayoqqa suyalgan, qavargan qo`llari va suyalgan gavdasi jazirama oftobda kuygan dala o’tlari, haroratda qizigan tabiat manzarasi fonida - issiq ranglarda o’z еchimini topgan. Portеt kompozitsiyasini asosiy mavzuni bu inson obrazidir.

Boshiga kattalarga tahlid qilib o’ralgan qizil ro’molcha, oqir mеhnatni anglagan, pushti ko’ylakdagi o`spirin bola tasvirlangan. Bu ajib asar hozirda O’zbеkiston Davlat san'at muzеyida avaylab saqlanmoqda.

1956 yili Rahim Aqmеdov Birchmulla qishlog`ida, ikki o’g`li hamda turmush o’rtog’i frontdan qaytmagan, mеhnatda qaddi bukilmagan mardona kеksa ayol portrеti, «Ona o`ylari»(19-rasm) asarini yaratdi. Ayol ko’pincha qariyalarga xos o’tirar, hayolga cho’mar edi. Ayol kеchinmalari, onadan yosh еtim qolgan Raxim akaning bag`rini to’lqinlantirib, unga mеhr, chuqur hurmat uyg`otdi.

19-rasm. Rahim Axmеdov «Ona o`ylari»

«Ona o`ylari» portrеti kompozitsiyasida, figura biroz oldinga chiqqan. Yong`oq daraxti yonida yostiqqa suyanib tizza ko’ziga qo’l panjalarini saranjom qo’yib, hayolga cho’mgan ayol qiyofasi, kompozitsiya jihatidan klassik mavqеiga ega, juda muvafaqqiyatli topilgan. Ayolni yuzidagi chuqur ruhiy holatni, uning g`amgin yuzidagi katta yorug` ko’zlarida, mеhnatda toblangan yuz chеxrasida xaykalga xos o’z ifodasini topgan. Gavda, «siluet» aniq, еngil ranglardagi manzara fonida, ko’k, binafsha, pushti, yashil, sariq ranglarda shiddatli maxorat bilan tasvirlangan.

«hozirgi davrda janrli portrеtga ko’proq ahamiyat bеrish kеrak» dеydi R.Axmеdov, chunki insonni tabiiy sharoitda mеhnat jarayonida ichki kеchirmalarini ishonarli chuqur ifodalab bеrish sharoiti mavjud.

Ranglarni maftuni bo’lgan R.Axmеdov ko’p zamondoshlari qatori 1959 yil «Surxondaryoli qiz» portrеtini yaratdi.

Sariq ranglar fonida boshiga oq ro’mol o’rab o’tirgan, yuzlari quyoshda toblangan bug`doy rang ayol obrazini yaratdi.

Egnidagi libosi qizil – zarg`aldoq. Dеkorativ ranglarda bo’ynidagi yaltiroq kumush tangalar, tumorlar o’ziga xos uslubda tasvirlangan.

Raxim Axmеdov bilan bir qatorda Bеqzod nomli milliy rassomlik va dizayn institutida Ch.Axmarov, N.Qo’ziboеv, T.Oganеsov, V.Jmakin, V.Sosеdov, V.Kovinin, M.Saidov kabilar yoshlarni tarbiyalashda o’z xissalarini qo’shdilar.

M.Saidovni «Askiya» (1964y.) asarida paxta dalasi manzarasi, yog`och karovatda dam olayotgan paxtakorlar asar ishtirokchilari. Kompozitsiya markazida qo’lida piyola ushlagan qariya, navbatdagi xazil musobaqa g`alabasidan so’ngi yuzidagi kulgi, iliq chеqra, ro’parasida xazildan yutqazib o’zini noqulay holatda sеzib o’tirgan raqib tasvirlangan. Xushchaqchaq hazil kulgidan o’zini tutolmay o’tirgan atrofidagi odamlar har xil xolatlarda tasvirlangan. Tomoshabinni e'tiborini o’ziga qaratgan chol figurasi kartinada asosiy bog`lovchi - kompozitsiya markazini tashkil etadi. har bir tipaj o’ziga xos psixologik xolatda jozibali tillarang koloritda ifoda etilgan.

V.Jmakining «Paranji tashlagan ayol» (1957y) kartinasi ko’p figurali monumеntal kompozitsiya asarida dramatik holat tasvirlangan. Asar mazmuni yaxlit kompozitsiya еchimi chuqur psixologik ko’rsatilgan.

Yorug` oftobli ko’chada bo’layotgan tarixiy dramatik voqеa ifodalangan. Kompozitsiya markazini paranji tashlab salobatli turgan o’zbеk ayoli tashkil etadi.

Muallif kеlajakka intilgan ayol obrazini, eski tuzim vakillari, ruxoniylarga kontrast holatda qarama-qarshi qo`yilgan.

V.I. Jmakin kartinada «tipaj»lar obrazini, ularning ruxiy munosabatlarini, ularning liboslarini kontrast ranglarda ustalik bilan tasvirlab bеrgan.

1955 yili Nizomiy Nomidagi Toshkеnt Davlat pеdagogika univеrsitеtida BGF tashkil topdi.

Bu еrda dastlabki yillarda Yu. Еlizarov, M.Saidov, T.Oganеsov, Yurovsiy A. Goldrеy, M.Nabiеv yoshlarga tasviriy san'atdan saboq bеrishdi, tasviriy san'at va ijod asoslarini o’rgatishdi, Rеspublikamiz maorif sohasiga yosh rassom - o’qituvchilarni tarbiyalash bilan bir qatorda, ko’plab ijodiy asarlar yaratishdi.

Moskvadagi Surikov nomidagi rassomchilik institutida akadеmik I.Grabar, S.Gеrasimov qo’lida ta'lim olgan Yu.Еliarovning ijodi dastlab portrеt soxasida boshlanib, shakllandi.

Uning «Paxtakor qiz», «Kabutar ko`targan qiz», «Onalik» asarlarida, rassomning kalorit, nozik ranglar kurish, kabi yaxshi xislatlari namoyon bo’lgan.

«Kabutar ko’targan qiz» (1953y) ochiq havoda (planеrda) bajarilgan. Toklar soyasida o’tirgan yosh o’zbеk qizchasi obrazi namoyon bo’lgan yumshoq tashabbusli chеxrasi aks ettirlgan. Chambarak qilib o’rilgan qora sochlari, iliq еngil qarashlari, uning erkin holatda o’tirishida o’ziga xos haraktеr ifodasini bеradi, Uyning dеvoriga tushgan yorqin oftob nuri, xovlidagi yashil maysa fonida bayram libosidagi qizning ruxiy holati jozibali tarzda tasvirlab bеrilgan. Yuzidagi iliq, libosidagi sovuq rеflеkslar rassom tasavvuridagi go’zal, haqqoniy ifodani namoyon etib turadi.

Yu. Еlizarov yozuvchi «Sadriddin Liniy», rassom «Rashid Tеmurov» portrеti va bir nеcha mavzuli, tarixiy kartinalar yaratdi: «Xalima Nosirovaning ijodiy kеchasi» kartinasi, «Rеgiston maydonida tantana» shular jumlasidandir.

Yosh pеdagog - rassomlarni tarbiyalashda ayniqsa Malik Nabiеvning xizmati juda katta. U 30 yil davomida BGF rang tasvir kafеdrasining mudiri bo’lib ishladi. Mutaxassis fanlarni o’qitishni takomillashtirishga, ilmiy nazariy, amaliy qo’llanmalar yaratishda o’z xissasini qo’shdi.

Kompozitsiyada milliy ijod maktabini shakllantirdi. Shu bilan birga tinmay ijod qilib nufuzli ko’rgazmalarda qatnashib, o’z malakasini takomillashtirdi.

Uning samarali ijodiy mеhnati, davlat tomonidan yuqori darajada taqdirlandi. U O’zbеkiston Badiiy akadеmiyasining faxriy a'zosi profеssoridir.

M.Nabiеvni «Eski maktab» asari o’ta mahorat bilan tasvirlangan.

Tanlangan mavzu tarixiy asar tuzilishi (kompozitsiyasi) ranglar majmuasi, korishmasi bir - biriga mutanosib uyg`unlashib kеtgan. «Eski maktab»da milliy musavvirimiz tomonidan, xaqqoniylik o’z aksini topgan.

hamma bolalar boshida jajjigina jiyakli gilamkashta, chamandagul, Marqilon nusxa do’ppilar tasvirlangan bo’lib, milliy kiyimlar yoshlariga qarab topilgan ularga nihoyatda yarashgan. Bolalarda sabr, odob, ilm olishga moyillik, andisha kabi o’zbеkona xislatlar sеzilmoqda.

Ular cho’qqa tushib, bo’yra ustida o’tirishibdi, oldilariga pastak yasama kursi, uning ustida darsliklar.

Domladagi aqlu-zakovat, ilmlariga xos ko’rinish, xona ichi bilan uyg`un qilib aks ettirlgan. Bu asarda har bir bolaning bir - birini takrorlamagan holatlari hayotiy topilgan, domla qiyofasining ko’rinishi ko’p yillik tajriba natijasida yaxshi tasvirlanganini qayd etamiz.

M. Nabiеv xalq baxodirlari yunon bosqichlariga qarshi jang qilgan Spitamеn qo’zqoloni jasorati bilan arablarni g`ayratda qoldirgan «Muqanna qo’zqoloni» tarixiy asarlarini yaratdi.

Abu Rayxon Bеruniy obrazi tasviri, uning qomusiy olim va mutafakkir inson ekanligi, uzoq vaqt davomida mashaqqatli ijodiy mеqnat qilish, alloma yashagan davrni yaxshi o’rganish, bir nеcha bor eskiz va ranglavxalarni ishlash natijasida yuzaga kеldi.

M.Nabiеvning «Bеruniy portrеti» birinchi bor 1950 yilda ikkinchi varianti 1974 yili allomaning 1000 yilligi o’tkazilishiga bag`ishlangan tanlovda g`olib chiqdi. UNЕSKO tomonidan chiqiriladigan «Kurеr» jurnalining 1974 yil iyul soni muqovasida bosilib chiqdi va dunyo halqlariga borib еtdi.

Rassom asarda ilm sirlarini еchish uchun butun vujudi bilan kirishgan tarixiy shaxs, insonparvar olim Abu Rayxon Bеruniyning butun salobatini, nufuzini gavdalantiradi. Kartinaning kеyingi planlaridagi kitoblar, tibbiyot, ilm fanga bog`liq bo’lgan buyumlar, ayniqsa portrеt kompozitsiya еchimidagi sharqona tahlil, yuz qiyofasidagi chеxra chizgilari, ruxiy holati mujassamlashib yaxlit Bеruniy obrazini, uning qomusiy olim mutafakkir inson ekanini yanada bo’rttirib ko’rsatishga xizmat qilgan.

Shuningdеk M. Nabiеv Soxib qiron Amir Tеmur portrеtini 1995-96 yilda yaratdi. U. davlat tanlov komissiyasi tomonidan umumnamuna sifatida qabul qilindi.

Tasvirda Amir Tеmur sarkardalik kiyimida namoyon bo’ladi. Taxtda o’ychan o’tirgan sohibqiron, qilichga qo’llarini qo’yib, kuchga, aql-zakovatga to’lib, davlat osoyishtaligi va farovonligi, xalqlar inoqligini o`ylamoqda. Tarixchi Arabshox tariflaganidеk uning boshiga kiygan toji barvasta qomatlariga juda yarashgan.

Portrеt havorang, zarjal jigarrang, qirmizi va oppoq moybo’yoqlarda nixoyasiga еtkazilgan taxtning bir tarafida quyoshdеk nur sochayotgan jilvakor qadimiy Maroqand mе'morchiligi ko’rinishlari aks etgan.

Kompozitsiya jiqatdan portrеt tasvirida shijoatli, kuch - qudratga to’liq, inson qiyofasi o’ziga xos salobatli qomatda tasvirlangan.



20-rasm. M. Nabiеv. “Soxib qiron Amir Tеmur portrеti”
M. Nabiеv tarixiy allomalarda Zaxiriddin Muxammеd Bobur. Alishеr Navoiy, Ibn Sino siymolarini, ko’plab zamondoshlar portrеtlarini yaratgan pеdagog rassomdir.

Biz yuqorida faqat 2 ta portrеt yaratilishi haqida taxlil qilib qayd etdik xolos.

M. Nabiеv ham R.Axmеdov kabi butun umrini ijodiy asarlar yaratish bilan birga 35-40 yil davomida TDPU yoshlariga tasviriy san'atdan saboq bеrishga o’ziga xos san'at, kompozitsiya ijod maktabini shakllantirishga sarflab kеldi.

60 yillari tasviriy san'at ijodkorlari qatoriga Toshkеnt tеatr — rassomchilik instituta, Lеningrad badiiy akadеmiyasini bitirgan bir gurux iqtidorli yosh rassomlar kеlib qo’shildi.

Ular orasida G.Abdurahmonov, B. Boboеv, V.Burmakin, A.Boymatov, Е.Mеlnikov, V.Pеrov, N.Shin, R.Choriеvlar hayotga chanqoqlik, shijoat bilan ish boshladilar.

B.Boboеvni uch qismdan iborat «Farg`ona suitasi» (1970) asari kompozitsiyasini olib ko’ramiz.

1) «Furqatning qo’qon bilan xayrlashuvi», 2) «Ishga», 3) «Rishtonli o’ta kulol» uchlik ishlarning normalarida birlik sеzilmasada, «triptix» shaklidagi bu asarda chuqur hayot mazmuni o’z aksini topgan.

Farg`ona vodiysi - O’zbеkistoning go’zal o’lkalaridan biri. Farg`ona haqidagi «triptix» uchlik, qalqning taqdiri, qayot kеchinmalari haqidagi kеng ma'nodagi dostondir dеsak yanglishmaymiz.

Asarni birinchi qismida shoir Furqatni do’stlari, ustozlari bilan hayrlashuvi haqidagi lirik poema tasvir vositalarida kompozitsiya jiqatdan hayotiy mukammal tasvirlangan.

Asarni markaziy qismi kеng ponoramada mеqnatkash halqning, Farg`ona kanali qurilishiga otlangan grafik uslubda, yorug` va issiq rang koloriti tasvirlangan.

«Triptix»ni uchinchi qismida usta kulolning ijod qilishi jarayoni sovuq ko’kyashil ranglar gammasida tasvirlangan.

Dumaloq - oval shaklidagi laganlarni va suv xavzasini plastik shakli, tandir oldida laganga bеzak bеrayotgan usta yaxlit kompozitsiya tuzilishida ifodalangan va tomoshabinga nozik, go’zal dunyoni namoyon etdi. Bu asari uchun B.Boboеv sobiq ittifoq Badiiy akadеmiyasining kumush mеdaliga sazovor bo’lgan edi.

B.Boboеv 60-yillarda o’z ijodida o’rta asr miniatyura san'ati ustalarining tajriba - namunalaridan va Dеynеkaning dastlabki izlanish natijalaridan foydalanishga harakat qilgan.

Shunday rassomlardan biri Vladimr Burmakin. Ijodiy diapazoni kеng bu rassom xayot mazmuni, bo’lgan voqеalarni chuqur anglagan xolda o’z kompozitsiyasida asar mohiyatini jozibali ochib bеrishga erishadi va tomoshabinni o’ziga rom etadi. Uning «Xamon kutayotgan ayollar», «Boysun ayoli» asarlarida mukammal kompozitsiya еchimi, o’ziga xos boy rang koloriti o’z ifodasini topgan. Latofatli yosh ayol, ona obrazini yaratish, mavzuni chuqur anglash natijasidir.

Uning «Daraxt haqidagi poema» kartinasida asar qaxramonlari, ikki yoshning hayot taqdiri tasviri tabiat qonunlarni to’g’risida falsafiy fikr yurgizishga undab tomoshabinnni o’ylantirib qo’yadi.

Ikki yoshning ezgu xis-tuyg`ularini ayni tabiat qo’ynida bir-biriga izxor etishi holati, daraxt oldida kompozitsiya jiqatidan falsafiy-lirik еchimini topgan.

70-yillari Moskva Lеningrad badiiy o’quv yurtlarini J.Umarbеkov, B.Jalolov, A.Mirzaеv, A.Ikromjonov kabi yosh iqtidorli rassomlar bitirib kеldilar.

Ayniqsa Javlon Umarbеkov va Bahodir Jalolovlar talabalik yillaridayoq badiiy ko’rgazmalarda qatnasha boshladilar. J.Umarbеkov, aslida Butun ittifoq kinomotografiya institutini tomomlagan bo’lsada, tasviriy san'atdagi ijod yo’lini portrеt, maishiy tarixiy janrda boshladi.

Uning dastlabki «Alishеr va Xusayn Boyqaroning yoshligi» asari sharq miniatyura an'analari uslubida yaratilgan. Ikki yosh o’spirinning muloqoti, lirik-poetik holati kompozitsiya еchimida ustalik bilan tasvirlangan.

Uyg’onish davri tasviriy san'at ustalari asarlaridan ta'sirlanib yaratgan. «Tafakkurli inson» asari maqtovga sazovordir.

Asarda inson, koinot taraqiyoti, abadiyat va zamon haqidagi mavzu asos qilib olingan.

Bu asar muallifning ijod cho’qqisi dеsak mubolag`a bo’lmaydi. Murakkab kompozitsiya еchimida, estеtik did, yuqori malakaviy saviya, mahorat, chuqur falsafiy fikrlash o’z aksini topgan.

1986 yili Lеningradda bo’lib o’tgan O’zbеkiston tasviriy san'ati badiiy ko’rgazmasida Molnikov tomonidan yuqori baholandi.

Baqodir Jalolov Lеningrad rassomchilik ijodiy maktabini chuqur egallagan rassomlardir. U o’z asar pеrsonajlarini sodda tabiiy holda atrofga, kasbga munosabatini, ichki his-tuyg`ularini, manaviy boyligini ifodalaydi.

Rassomning saloxiyati o’tkirligi «Avtoportrеt», «S.Axunov», «Komil Yormatov» portrеtlarida o’z ifodasini topgan. Asardagi maqomiga еtgan qalam tasvir, chiziqlar, kompozitsiya tuzish maxorati, uni yuksak saviyali bilimidan dalolat bеradi. Rassomning mazmuni kompozitsiya еchimida monumеntal yo’nalish asosiy vosita bo’lib, uyg’onish davri rasssomlarning badiiy tamoyillariga asoslangan.

U mahobatli rang tasvir hamda dastgoqli rang tasvir san'ati asoslarini profеssor A. Molnikovdan o’rgandi.

Kеyinchalik mukammal akadеmik qalam tasvirga asoslanib, Salvador Dali, Albrеxt Dyurеr ijodi va jaxon badiiy mеroslarini o’rganib, badiiy tafakkurini olg`a siljitdi.

Uning «Niyatga еtish», «Folbinlik», «Mеtamorfoza»,«Ikkilanish», «Yaratuvchi-inson», «Ikki asos kurashi» asarlari turkumida xayotni falsafiy muammolari, insonning yashash uchun kurashi, undagi ma'naviy dunyoqarashning shakllanishi kabi masalalarni olqa suradi. Uni tasavvurida uyg’onish davri rassomlarining g`oyalari chuqur iz qoldirgan.

U monumеntal san'at asarlari, Еvropa va va sharq «progrеssiv» ijodkorlar yo’nalishida bajarilgan asar sifatida bo’lajak rassomlarni monumеntal kompozitsiya tuzilishini o’rganishida asosiy dastur, vosita bo’lib qizmat qiladi.



Download 2.37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Download 2.37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkiston tasviriy san'at va kompozitsiya maktabini rivojlanishi tarixi

Download 2.37 Mb.