• Mavzu:Metod birlashmalar va fan uyushmalari faoliyatini oʻrganish va tahlil qilish.
  • Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Etiboringiz uchun raxmat!
  • O’Zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




    Download 1.59 Mb.
    Sana08.05.2023
    Hajmi1.59 Mb.
    #57477
    Bog'liq
    M.Maxliyo Metodika oʻqitish texnologiyasi
    WEBGA KIRISH DEDLINE 2, reyting-daftar-334181102109-1, Xolmurodova Nozima, What Is MEC, DIQQAT VAZIFA, Ped-CR-23, 114-guruh, dep-materiallar-varaq (1), 20, pul va uning funksiyalari, hayotga Muhabbat kitobi, \'Ochiq dars materiali (6), \'Ochiq dars materiali (3)

    O’Zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


    Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 19.12-guruh 4-bosqich talabasi Madrimova Maxliyoning Metodika fanlarini oʻqitish texnologiyasi fanidan tayyorlagan slayd-taqdimoti.

    Mavzu:Metod birlashmalar va fan uyushmalari faoliyatini oʻrganish va tahlil qilish.

    Mavzu:Metod birlashmalar va fan uyushmalari faoliyatini oʻrganish va tahlil qilish.


    Reja:
    1.Metod birlashma tushunchasi.
    2.Fan uyushmalari faoliyati.
    3.Metod birlashmalarning vazifalari va ish mazmuni.
    4.Metod birlashmalarning asosiy maqsadi.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    Respublikamizda ta’lim islohotlari, keng qamrovli yangilanish jarayonlari amalga oshirilayotgan hozirgi bosqichda ta’limning zamonaviy metod va usullarini amaliyotga tadbiq etishga alohida e’tibor berayotgan hamda o‘quv fanlaridan takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda maktabda tashkil etilgan fanlar bo‘yicha metodbirlashmalarning faoliyati nihoyatda ma’suliyatlidir.
    O‘qituvchilarning kasbiy saviyasi, mahorati va psixologik xususiyatlari shaxs sifati va metodik ta’minoti darajasini birinchi bo‘lib aniqlovchi, umuman o‘qituvchi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi eng quyi markaz maktab metod birlashmalari hisoblanadi.
    SHunday ekan maktab metodbirlashmasi tizimli muntazam keng ko‘lamli, maqsadga yo‘naltirilgan holda ish olib borishi lozim.
    Metodik birlashmalar o‘qituvchilarga yordam beruvchi, ilg‘or tajribalarni ommalashtiruvchi mahorat maktabidir.
    Metodbirlashmalar faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 4 iyuldagi 144-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshirilib, metodbirlashmalar faoliyati maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan rahbarlik qilinayotgan metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi. Har bir metod birlashma raisi metodik kengash a’zosi hisoblanadi.
    Maktab metodbirlashmasi o‘quv rejasidagi fanlar tarkibiga hamda o‘quvchilar soni tarkibiga qarab ikki xil variantda tuzilishi mumkin. O‘qituvchilar soni uch va undan ortiq bo‘lsa, har bir fan bo‘yicha alohida-alohida, o‘qituvchilar soni oz miqdorda bo‘lgan fanlardan esa bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar fanlar turkumi bo‘yicha tashkil etiladi.
    Masalan: gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, aniq fanlar, xorijiy tillar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, estetik fanlar, sinfdan tashqari ishlar sinf rahbarlari metodbirlashmalari kabilar.
    Maktabning har bir o‘qituvchisi o‘rindoshlikda ishlayotgan o‘qituvchi ham o‘z yo‘nalishi yoki fani bo‘yicha metodbirlashma a’zosi bo‘lishi shart.
    Fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashmalar faoliyati o‘ziga xos bir jarayon bo‘lib, u fan ta’limi samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam berish, fan to‘garaklarini tashkil etish, darslardan tashqari vaqtda turli tadbirlar o‘tkazish, darslik mualliflari, yozuvchilar, kasb ustalari boshqa soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, turli ko‘rik-tanlovlar va bellashuvlar o‘tkazadi.
    Metodbirlashma ishi maktab pedagogika kengashi qarori asosida tashkil etiladi, uning ish rejasi metod kengash tomonidan tasdiqlanadi.
    Metodbirlashmalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda xalq ta’limi boshqaruvi organlari va ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Metodbirlashmalar boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbari yo‘nalishi bo‘yicha bitta, 5-11-sinflarda esa o‘quv rejasida alohida fanlar bo‘yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta metodbirlashmaga birlashadilar.

    Foydalanilgan adabiyotlar.


    1."Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Barkamol avlod Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori "-Toshkent: Sharq 1997.
    2.Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi. 2005 y.
    3.Mahkamov U, Tillaboeva N, Tillaboeva SH. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. T.: 2003 y
    4.www.arxiv.uz sayti
    5.www.ziyonet.uz sayti

    Etiboringiz uchun raxmat!


    Download 1.59 Mb.




    Download 1.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’Zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

    Download 1.59 Mb.