Hisoblashlar natijalariga ko„ra, 8 ta chiroqlar, 3 ta mobil telefonlar, 1 ta
televizor, 1 ta noutbuk, 1 ta muzlatgich 1 ta dazmol va
1 ta elektr choynak uchun
zarur bo„lgan elektr energiyasi o„rtacha hisobda 2,91
kW ∙ soat ni tashkil qilar ekan
(2.1.6 – jadval). Bunday quvvatli elektr energiyani Quyosh batareyalari yordamida
ta‟minlash 5 300 000 so„mga to„g„ri keladi (2.1.7 – jadval).
Endi, 1
kW quvvatli Quyosh batareyasini loyihalashtiramiz (2.1.1 – rasm)
Har birining quvvati 205
W va aktiv yuzasi 1,3 m
2
(160 sm x 80 sm) ga teng
bo„lgan 5 ta Quyosh batareyalari (umumiy aktiv yuzasi 6,5 m
2
) ga yorug„lik nuri
tik tushadigan qilib joylashtirilsa, ochiq havoda 1 kW maksimal quvvatli elektr
energiyasini olishga erishiladi. Hisoblashlarga ko„ra, hozirgi kunda 1
kW quvvatli
Quyosh batareyalari 13 500 000 so„mga to„g„ri kelar ekan.
2.1.1– rasm. 1 kW quvvatga ega bo„lgan Quyosh batareyalarining tarkibiy
qismlari. a) Quyosh batareyalari; b) kontroller; d) akkumulyatorlar; e) invertor.
2.2. Quyosh elementi yordamida uylarni elektr energiya bilan ta’minlashning
tajribaviy modeli.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Quyosh elementi yordamida uylarni elektr
bilan ta‟minlashning tajribaviy modeli yaratildi (2.2.1 – rasm). Ushbu model
xonalarini yorug„lik bilan ta‟minlashda jami 15 ta yog„du diodlaridan
foydalanilgan bo„lib, ular bir – biriga ketma – ket ulangan 2 ta Quyosh batareyalari
yordamida elektr energiyasi bilan ta‟minlangan. Undan tashqari, elektr energiyasi
uzluksizligini ta‟minlash maqsadida zanjirga batareya ulangan bo„lib,
energiya
zaxirasi uchun xizmat qiladi. Quyosh batareyasi yuzasiga yorug„lik nurlari tik
tushadigan qilib joylashtirilsa, maksimal quvvatli elektr energiya olishga erishiladi.
Bu modelga o„rnatilgan Quyosh batareyalarining har birining yuzasi (7,5 sm
x 3 sm) 22,5 sm
2
, ikkila Quyosh batareyaning umumiy yuzasi esa 45 sm
2
bo„lib,
maksimal tok kuchi I
max
= 40 mA, kuchlanishi U
max
= 6 V va quvvati P
max
≈ 0,25 W
qiymatlarni tashkil qiladi. Bizga elektr bo„limidan ma‟lumki, manbalar ketma – ket
ulanganda ularning umumiy tok kuchlari har bir manbaning tok kuchlari
yig„indisiga teng, kuchlanishi esa o„zgarmas bo„lib qoladi.
2.2.1 – rasm. Quyosh elementi yordamida uylarni elektr energiya bilan ta‟minlashning
tajribaviy modeli.
U holda ushbu qonuniyatni ketma – ket ulangan Quyosh batareyalar uchun
qo„llab, umumiy tok kuchi I
um. max
= 80
mA, kuchlanishi U
um. max
= 6
V va quvvati
P
um. max
≈ 0,5 W bo„lgan Quyosh batareyasi manbaini hosil qilamiz (2.2.2 – rasm).
2.2.2 – rasmdagi diod Quyosh batareyasi hosil qilgan
elektr tokini faqat bir
tomonlama o„tkazish, ya‟ni Quyosh batareyasidan zanjir elementlari tomon
oqishini ta‟minlash vazifasini bajaradi. 2.2.2 – rasmdan ko„rinadiki, agar “1” va
“2” kalitlar ulansa, Quyosh batareyasi va batareyalar berk zanjir hosil qilib,
batareya zaryadlana boshlaydi. Agar “1” va “3” kalitlar ulansa, Quyosh batareyasi
15 ta yog„du diodlari
bilan berk zanjir hosil qilib, yog„du diodlari Quyosh
batareyasi yordamida bevosita yonadi. Agar “2” va “3” kalitlar ulansa, batareya va
15 ta yog„du diodlari zanjiri berk bo„lib, yog„du diodlari batareya yordamida
yonadi. Agar hamma kalitlar ulansa, ya‟ni, butun
zanjir berk holatga keltirilsa,
Quyosh batareyasi hosil qilgan elektr toki energiyasi batareyani zaryadlashga va
yog„du diodlarini yoqishga sarflanadi. Quyosh batareyasi klemmasi uchlarida hosil
bo„lgan potensiallar farqi batareya uchlaridagi potensiallar farqiga tenglashganda
yoki undan kichik bo„lganda, ya‟ni yorug„lik nuri tushmasdan,
intensivlik
kamaygan paytda batareya zaryadlanishdan to„xtaydi. Endi, yog„du diodlarini
yoqish uchun batareyadan foydalaniladi. Demak, batareya zaryadlanishi uchun
Quyosh batareyasi klemmalari uchlaridagi potensiallar farqi batareya uchlaridagi
potensiallar farqidan kattaroq bo„lishi kerak.
Ushbu loyiha ishi har yili mamlakatimizda o„tkazilib kelinayotgan “Yosh
olimlar, talabalar va magistrlar innovatsion g„oyalar Respublika ko„rik –
tanlovi”ning IX – Respublika yarmarkasida “energetika,
energiya va resurs
tejamkorligi, muqobil energiya manbalarini yaratish va rivojlantirish” yo„nalishi
bo„yicha ichki va hududiy bosqichlarida II – darajali diplom bilan taqdirlandi.
Ushbu loyiha ishi kelgusida markazlashgan elektr tarmoqlari yetib bormagan
joylardagi iste‟molchilarni elektr energiyasi bilan ta‟minlash bilan bog„liq bo„lgan
zarur ma‟lumotlarni olishda katta xizmat qiladi.