|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 80/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining loyihalashtirish, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarining ishlab chiqarish sohasida standartlashtirishdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish sohaviy tizimi doirasida qurilishda standartlashtirish sohasidagi siyosatni amalga oshirish;
qurilish materiallari va buyumlari sohasidagi standartlashtirishda xalqaro (davlatlararo) tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivoj- lantirish;
qurilish materiallari sohasidagi xalqaro (davlatlararo) texnik qo‘mitalar bilan xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni ishlab chiqarishda ishtirok etish va ularni respublika hududida qo‘llash;
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarning, xorijiy mamla- katlarning milliy standartlarini ilmiy-texnik va huquqiy ekspertizasini o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasidagi mavjud davlat standartlarini xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar bilan uyg‘unlashtirish;
loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlari sohasida ilmiy-tadqiqotlar olib borish;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq qurilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarini ishlab chiqarish va qayta ko‘rib chiqish;
qurilish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari, xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlari va xorijiy davlatlarning milliy standartlari fondini shakllantirish va yuritish.
Bunyodkorlik jarayonida foydalanilayotgan qurilish materiallari, xususan metall(armatura) mahsulotlarining sifatli va xavfsiz bo‘lishi eng muhim talablardan biri sanaladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq xo‘jalik va sanoat obyektlari qurilishida xavfsizlikni ta’minlash, ishlatilayotgan metall mahsulotlari sifatini, shuningdek, metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini nazorat qilish maqsadida 2020-yil 17-fevralda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyundan boshlab sotilayotgan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan metall prokatining har bir to‘piga ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik yuzasidan sinovlarning ijobiy natijalari asosida rasmiylashtiriladigan sifat to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinishi belgilangan. Ishlab chiqaruvchilarda tegishli ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjud bo‘lmagan taqdirda esa metall prokatini boshqa sinov laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazishga ruxsat berilgan. Shuningdek, induksion pechlardan foydalangan holda tayyorlangan qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatini ishlab chiqarish va qo‘llash taqiqlangan. Bunday usulda tayyorlangan metall mahsulotlardan qurilishdan boshqa maqsadlarda foydalanishga ruxsat berilgan.
Mahsulotlar sifati va raqobatdoshligini oshirish uchun milliy standartlarni jahon talablariga moslashtirish hamda korxonalarga joriy qilish juda muhim hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda standartlarning 43 foizi xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirilib, ularning soni 12 mingtaga yetkazildi. Bunday ishlar natijasida eksport imkoniyatlari kengaymoqda.
Prezidentimiz tomonidan qurilish materiallari sanoatini rivojlan- tirish, ishlab chiqarish sifatiga e’tibor qaratish hamda korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda
«O‘zstandart» agentligiga 24 ta ixtisoslashgan tumanda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchilarni xalqaro sifat talablari va standartlarga o‘rgatish vazifasi qo‘yilgan edi.
Berilgan vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari mutaxassislari viloyatning qurilish mate- riallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Paxtachi tumanida bo‘lib, ishlab chiqaruvchi korxonalarga xalqaro standartlar asosida mahsulot
ishlab chiqarish, ularning sifati hamda raqobatbardoshligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
|
| |