• Fidokor Yosh Avlod” Toshkent – 2021
  • ISBN – 978-9943-7727-0- 0
  • Taqrizchilar : Kybok Lee
  • Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 4,88 Mb.
    bet1/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari
    77scjnkjnlgkdfg67, 115, Amaliy mashg‘ulot ¹4 pa saqlandigan yer osti va chuqurlashtirilg, Ped yuklama jurnal(1), Tajribalar 18ta rasmlari bilan, 6-tajriba, Crossword “Types of research and the research process”, 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari, 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 1 - копия (8), Ishlab chiqarish menejmenti. Nurimbetov R.I, MTYnhZtd3fYgZqjDUw89Dqa6sSl5ZV3lT0Yt9b2L (2), 11 Mavzu

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    SH.I. MAMAYEV, A.N. AVDEYEVA, SH. E. TURSUNOV
    MAHSULOTLAR SIFATINI STANDARTLASHTIRISH VA METROLOGIYA ASOSLARI
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 3.54.05.01- Qurilish materiallari ishlab chiqarish operatori kasbi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida nashrga ruxsat etilgan

    Fidokor Yosh Avlod” Toshkent – 2021



    UO‘K 006.91(075.8) КВК 37.24-2ya7
    M 23


    Mahsulot sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari [Matn] : o‘quv qo‘llanma / Sh. Mamayev, A. Avdeyeva, SH.Tursunov. -Surxondaryo: “Fidokor Yosh Avlod”, 2021.- 160 b.


    ISBN 978-9943-7727-0-0

    Ushbu o‘quv qo‘llanmada mahsulot sifati, uning iste’molchi salomatligi, hayoti hamda atrof-muhitga bezararligi mezonlariga qo‘yiladigan davlat talablari, standartiashtirishning maqsadi, vazifalari, kategoriyalari, turlari va mahsulotlarni kodlashtirish, ular sifat ko‘rsatkichlarini boshqarishning huquqiy tamoyillari yoritilgan.




    Taqrizchilar:
    Kybok Lee - Chungnam Milliy Universiteti professori (Janubiy Koreya);
    Riskulov А.A - Toshkent Davlat Transport Universiteti professori.

    UO‘K 006.91(075.8) КВК 37.24-2ya7


    ISBN 978-9943-7727-0-0
     “Fidokor Yosh Avlod”, 2021 yil
     Sh. Mamayev va boshqalar, 2021yil
    KIRISH
    Erkin bozor munosabatlari taraqqiy topgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardagi singari mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ham 1992-yilda Standartlashtirish va metrologiya Davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Davlat standartlashtirish, metrologiya va milliy sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat yurita boshladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki va tashqi bozorlar uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar hamda korxonalarning ishlab chiqarayotgan mahsu- lotlarini standart talablariga mos kelishini nazorat qilishdir. Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sog‘lom raqobatning yuzaga kelishi va shu asosda xalq xo‘jaligini rivojlan- tirishga zamin hozirlaydi. Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishda bemalol qo‘llay oladigan, raqobatbardosh va jahon standartlari talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Buning uchun o‘quv jarayo- nini takomillashtirish, o‘qitishning yangi zamonaviy uslublaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    «Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari» fanidan yaratilgan o‘quv qo‘lIanma metrologiya, standart- lashtirish bo‘yicha ilmiy tekshirish instituti ishlab chiqqan o‘quv- uslubiy materiallar asosida yaratildi.
    «Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari» fanining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish tufayli sanoat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini boshqarish tizimiga katta e’tibor qaratiladi. Yuqoridagi vazifalarni hal etish uchun o‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘qitishning interaktiv usullaridan keng foydalanish, imkon darajasida o‘quv jarayoniga yangi zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mazkur o‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublika- sining «Metrologiya va standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni va standartlashtirish Davlat tizimi, standartlashtirishning maqsadi, vazifalari, kategoriyalari, turlari va mahsulotlarni kodlashtirish, ularni sifat ko‘rsatkichlarini boshqarishning huquqiy tamoyillari
    to‘g‘risidagi materiallar keltirilgan. Mahsulotlar sifatini nazorat qilish va standartlashtirish borasidagi bilimlar majmui mutaxas- sisning ish faoliyati mobaynida iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy nuqtayi nazardan mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilishni optimal tashkil etish imkoniyatlarini yaratadi. Fanning «Standart- lashtirish» bo‘limi bo‘yicha talabalar standartlashtirish sohasida me’yoriy texnik hujjatlar klassifikatsiyasi, ularni ishlab chiqish, tahlil qilish, tasdiqlash, hisobga olish, harakatga kiritish, qayta ko‘rib chiqish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. «Sertifikatiashtirish» bo‘limida esa respublikamizning sertifikatlashtirish milliy tizimi o‘rganiladi. «Sifatni boshqarish» bo‘limida mahsulot sifatini va xizmat turlarini boshqarishning mavjud tizimlari, bozor iqtisodiyoti sharoitiga monand standartlar ishlab chiqish xususiyatlari o‘rganiladi.
    Bo‘lajak mutaxassislarning ushbu fanni o‘rganishdan ko‘zlan- gan asosiy maqsadlari quyidagilar: - texnik shartlar, standartlar va boshqa me’yoriy texnik hujjatlar bilan ishlashni o‘rganish hamda tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lish; - mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, o‘lchash va sinov natijalarini qayta ishlash uslublarini o‘rganish bo‘yicha amaliy tajribalar o‘tkazish;

    • ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish sohasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha malakali qaror qabul qilish uchun xizmat turlari va mahsulotning turkum sifat ko‘rsatkichlaridan asosiylarini tanlay biIish, ularning ahamiyatini baholay olish malakasiga ega bo‘lish;

    • mahsulot ishlab chiqarishning to‘liq siklida uning sifatini boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lish. Mazkur fan bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni va erishilgan amaliy ko‘nikmalarni talabalar o‘zlarining kelgusi ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi ish faoliyatlarida qo‘llashga qodir bo‘lishlari lozim.

    Download 4,88 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 4,88 Mb.