|
I BOB. «MАHSULOTLАR SIFАTINI STАNDАRTLАSHTIRISH VА METROLOGIYA АSOSLАRI» BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI
|
bet | 2/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari I BOB. «MАHSULOTLАR SIFАTINI STАNDАRTLАSHTIRISH VА METROLOGIYA АSOSLАRI» BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI
«Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari» fanining maqsad va vazifalari
«Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari» fani texnikaviy ta’lim yo‘nalishlarida bakalavrlar va mutaxassislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan biridir. Oliy ta’lim standartlaridan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha zarur va yetarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
Metrologiya so‘zi ikkita grek so‘zi μετρoν – o‘lchov va λoγoζ – fan degan so‘zlarni anglatib, o‘lchovlar to‘g‘risidagi fan, o‘lchovshunoslik demakdir.
Quyidagi 1.1-rasmda metrologiya va u shug‘ullanadigan masalalar sxema ko‘rinishida berilgan.
1.1- rasm. Metrologiya va uning shug‘ullanadigan masalalari.
Metrologiya o‘z navbatida quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi ( 1.2-rasm).
1.2-rasm. Metrologiyaning bo‘limlari.
Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish faoliyati va uning rivojlanish tarixi
XX asrning ikkinchi yarmida xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishi bejizga ilmiy texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg‘or ilmiy yutuqlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bo‘lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Bularning hammasi to‘la ma’noda zamonaviy axborot o‘lchash texnikalariga ham tegishlidir.
Metrologiya faoliyatining tarixi. O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, yer maydonlarining yuzalarini, jismlarning o‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida o‘lchay boshlagan.
Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon - bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi; fut - oyoq tagining uzunligi; pyad - yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar.
Asrlar o‘ta bizga yetib kelgan ba’zi o‘lchov birliklari hozirda ham ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda “loviya doni”, “no‘xot- cha” ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi sifatida ishlatilgan - KARAT: dorishunoslikda og‘irlik birligi qilib qo‘llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida “bug‘doy doni” ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar.
Ba’zi bir tabiiy o‘lchovlar ham uzoq o‘tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, hamma yerda ishlatiladigan vaqt o‘lchovlaridir. Munajjimlarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik Yerning o‘z o‘qi atrofida to‘la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bo‘lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig‘iga teng bo‘lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bo‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bo‘lgan “mina suv” oqib ketgan. Keyinchalik mina o‘zgarib, biz o‘rganib qolgan minutga aylandi.
Vaqtlar o‘tishi bilan suv soatlari o‘z o‘rnini qum soatlariga, ular ham vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga bo‘shatib berdilar.
Insoniyat taraqqiyoti rivojlanishining ilk davrlaridanoq “moddiy” o‘lchashlar va o‘lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar. Vaqt o‘tishi bilan savdo-sotiq va o‘zaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi mobaynida o‘lchovlarga aniqlik kiritish, yangilarini hosil qilish, o‘zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, o‘nlab yangi va mukammalroq o‘lchash birliklari hosil bo‘la boshlagan. Asta-sekin xalqaro, davlatlararo o‘lchash birliklari ta’sis etilgan.
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil fizikaviy kattaliklarning o‘lchamlarini muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o‘lchash vositalari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O‘lchashlar
nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin:
ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan o‘lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texno- logik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi);
ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydala- nilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unum- dorligini keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish);
zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o‘lchash vositalarining tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyatlaridan biri obyektlar va jarayonlar holatini muayyan parametrlar yordamida umumiy baholovchi o‘lchash tizimlarini yaratish bo‘lib, olingan natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir.
Amaliyot juda keng ko‘lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymati, ko‘pincha juda tez (sekundning milliarddan bir ulushlarida), yuqori aniqlikda (xatolik o‘lchanayotgan qiymatning 10% idan kichik) va nafaqat inson sezgi organlari to‘g‘ri ilg‘ay olmaydigan, balki hayot uchun sharoit bo‘lmagan holatlarda ham aniqlashni talab qiladi. Shu kunlarda fanga yo‘zdan ortiq har xil fizikaviy kattaliklar ma’lum bo‘lib, ularning 70 dan ortig‘ini o‘lchash mumkin. Hozirgi kunlarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli ilgari o‘lchab bo‘lmaydi deb hisoblangan kattaliklarni o‘lchash va baholash imkoni yaratilmoqda. Masalan, Sankt- Peterburg aloqa instituti olimlari hidni o‘lchash borasida birmuncha yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Bu xususda buyuk italiyalik olim Galileo Galileyning quyidagi so‘zlarini eslab o‘tish o‘rinli bo‘ladi: «O‘lchash mumkin bo‘lganini o‘lchang, mumkin bo‘lmaganiga esa imkon yarating». Kondensatorning elektr sig‘imi, nurlanish oqimi, erigan metallning temperaturasi va atomning magnit maydoni kuchlanganligi kabi kattaliklarni maxsus texnikaviy vositalar — o‘lchash o‘zgartirkichlari, asboblari va tizimlaridan foydalanmasdan o‘lchashni amalga oshirish mumkin emas. Bularning hammasi ongimiz, hayotimizga shunchalik singib ketganki, aksariyat hollarda biz ularning
atrofimizda mavjud ekanligini sezmaymiz. Hamma joyda: uy-ro‘zg‘or va ishlab chiqarish, dala va kasalxona, avtomobil va ilmiy laboratoriyada ular bizning beg‘araz va tengsiz yordamchilarimizdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I BOB. «MАHSULOTLАR SIFАTINI STАNDАRTLАSHTIRISH VА METROLOGIYA АSOSLАRI» BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI
|