|
Markaziy Osiyo va horij olimlarining metrologiya rivojiga
|
bet | 6/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari
qo‘shgan hissasi
O‘lchashlarni, ularning vositalarini va usullarini takomillashtirish borasida Markaziy Osiyo olimlarining hissalari ulkandir. Buyuk xorazmlik olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning "O‘lchashlar haqida" nomli risolasida o‘lchov va o‘lchash birliklari to‘g‘risida bir qator ma’lumotlar keltirgan. Olim bunda uzunlik, yuza va hajmlarni hisoblash va o‘lchash usullari bilan topishga katta ahamiyat bergan. Unda tanob (39,9 m; 60 x 60 kv. gaz), gaz (0,71 m), barmoq (20,8- 22,8 mm) kabi o‘lchash birliklari va o‘lchash vositalari to‘g‘risida yaxshi ma’lumotlar berilib, ularni amalda qo‘llashning yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan.
Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar tomonidan yaratilgan asarlarda juda ko‘plab o‘lchash birliklari keltirilgan. Ularning ko‘pchiligi hozirgi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. Abu Ali Ibn Sino fors tilida yozgan “Donishnoma” (“Bilim kitobi”) asarida og‘ir yuklarni ko‘taradigan va qo‘zg‘atadigan asboblar haqida atroflicha ma’lumot beradi.
Yusuf Xos Hojibning turkiy tilda 1069-yili yozilgan "Qutadg‘u bilig" asarida o‘lchov va o‘lchash birliklarinigina emas, balki o‘lchash iyоr ishlariga tegishli bilimlarni ham mukammal bilishga da’vat etilgan. Bu iboradagi "iyor ishi" atamasi metall sofligini sinash, bozordagi tosh va tarozilarning to‘g‘riligini, muomaladagi oltin va kumush pullarning sofligi va og‘irligini kuzatib turish kabi ishlarni bajarish ma’nolarini bildiradi.
Ahmad Farg‘oniyning “Miqyosi Nil”, ya’ni Nil daryosining sathini tutash idishlar qonuniyati asosida o‘lchash va uning natijasiga ko‘ra yilning yog‘ingarchiligi va uning ekin hosiliga ta’siri to‘g‘risidagi
ma’lumotlari, Ulug‘bekning “Zij jadvallari” da keltirgan, hozirgi kunlarda eng zamonaviy o‘lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir. Bundan tashqari, Forobiyning astronomik kuzatishlar va o‘lchashlar uchun maxsus asbob - usturlob yasash sirlari xususidagi qimmatli ma’lumotlari juda katta ham ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga egadir.
Metrologiya va o‘lchashlar nazariyasining rivojlanishida Yevropa olimlarining ham hissalari kattadir. Gallileo Galiley, Nikolay Kopernik, Isaak Nyuton, Paskal, Dmitriy Mendeleyevni metrologiyaning fan sifatida shakllanishidagi xizmatlari juda salmoqli.
Elektr hodisalarini o‘rganish, elektr o‘lchash asboblarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 1745-yilda akad. G.V. Rixman birinchi bo‘lib elektr o‘lchash asbobini yaratdi. "Elektr kuchi ko‘rsatkichi"- deb noto‘g‘ri nomlangan bu asbob aslida potensiallar farqini o‘lchovchi elektrometr edi.
XVIII asrning oxirida A. Volta va L.Galvani tomonidan elektr toki ixtiro etilgandan keyin uni o‘lchash va o‘lchash asboblarini yaratish masalasini yechishga to‘g‘ri keldi.
1820-yilda A. Amper birinchi bo‘lib magnit miliga o‘tkazgichdagi tok ta’sirini ko‘rsatuvchi- galvanometrni namoyish etdi.
Daniyalik olim X. Ersted elektr tokining magnit ta’sirini ixtiro etdi. Undan foydalangan nemis fizigi G. Om, 1826-yili magnit milining o‘zgarishi o‘tkazgichdan o‘tayotgan tokka bog‘liqligini, ya’ni o‘tkazgich atrofidagi magnit maydoni ta’sirida bo‘lgan magnit milini ma’lum burchakka burilishi o‘tkazgich materialiga bog‘liqligini tekshirdi. Shu tamoyilga asoslangan asbobni yasab, Om o‘z qonunini yaratdi.
|
| |