Metrologiyaning rivojlanish bosqichlari




Download 4,88 Mb.
bet7/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Metrologiyaning rivojlanish bosqichlari: O‘lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy yo‘nalishlar bilan birgalikda axborot-o‘lchash, ya’ni o‘zida asosiy axborot olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o‘lchash, nazorat qilish, hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga asos bo‘ldi. Qo‘yilgan muammolar, ularni yechish usullari va olingan natijalarning turliligidan qat’i nazar, axborot olish mobaynida asosiy o‘lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba haqidagi ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish ko‘zda tutiladi. Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, quyidagi muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin:

  • 1791-yilda metr etaloni Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Yer meridiani uzunligining 4x10 7 bo‘lagiga teng qilib olinganligi);

  • 1875-yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyani qabul qilinishi (bu esa mavjud metrik sistemaning takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, metr o‘lchov birligiga asos soladi);

  • 1893-yilda Rossiyada D.M. Mendeleev tomonidan o‘lchov va og‘irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi;

  • 1931-yilda Leningrad shahrida o‘lchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.M. Mendeleev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil topishi;

  • 1960-yilda Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning qabul qilinishi. Bu tizim bo‘yicha 1 metr vakuumda to‘lqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi (Kriptonni etalon metri);

  • 1983-yilda metrni qabul qilishda yorug‘likning vakuumda 1/299792458 bir sekundda o‘tgan yo‘liga teng qilib qabul qilinishi;

  • 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (O‘zdavstandart) tashkil etildi;

  • 2002-yilda O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (“O‘zstandart”) agentligiga aylantirildi.

Bugungi kunda ham olimlarimiz o‘lchash nazariyasi va texnikasi rivoji ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

    1. Download 4,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85




Download 4,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metrologiyaning rivojlanish bosqichlari

Download 4,88 Mb.