|
Metrologiyaga oid faoliyatni boshqarish
|
bet | 10/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari Metrologiyaga oid faoliyatni boshqarish.
Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi "O‘zstandart" amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning fizik o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Fizik o‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari "O‘zstandart" agentligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida, kontrakt shartlariga muvofiq, fizik o‘lchamlarning o‘zga birliklari ham ishlatilishi mumkin. Fizik o‘lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta tayyorlanadi.
Foydalanishda bo‘lgan o‘lchov vositalari o‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim.
O‘lchovlarni bajarish uslubiyatlari o‘lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchov o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. O‘lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan, o‘lchovlarning bajralish uslubiyatlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati, davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tahkil topadi. Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
|
| |