• 2.2-jadval Qadimiy massa birliklari
  • 2.3-jadval Qadimiy hajm birliklari
  • 2.4-jadval Qadimiy yuza birliklari
  • 2.1-rasm. Odam tanasi a’zolariga asoslangan o‘lchash birliklari. O‘zbеkiston
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 4,88 Mb.
    bet13/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    2.1-jadval
    Qadimiy uzunlik birliklari



    Uzunlik birliklarining nomlari

    Birliklarning xalqaro birliklar tizimi bo‘yicha qiymatlari

    1

    Arpa doni = 6 ishchi ot yoli

    1 arpa doni = 3,472 mm = 3,472x10 3 m

    2

    barmoq = 6 arpa doni

    1 barmoq = 20,832mm = 20,832x10 3 m

    3

    Yog‘och (yig‘och) = 12000 qadam

    1 yog‘och = 9000 m = 9 km

    4

    Ot yoli

    1 ot yoli = 0,5786 mm = 0,5786x10 3 m

    5

    Farsax

    1. 1 farsax = 12000 qadam 8500 m.

    2. 1 farsax = 9000 qadam  6000 m.

    6

    Tutam = 4 barmoq

    1 tutam = 83,328 mm = 83,328x10 3 m (O‘rta Osiyo)

    7

    Chaqirim = 1200 qadam =
    = 1200 yо‘l qari=1800 qari

    1 chaqirim = 1066 m (O‘ rta Osiyo)

    8

    shar = 4000 qadam

    1 shar = 3000 m = 3 km

    9

    qadam = 1 yo‘l qari = 1,5 qari

    1 qadam = 74,9952 mm = 0,75 m

    10

    qari = 6 tutam

    1 qari = 499,968 mm = 0,5 m

    11

    qarich

    1 qarich = 19 – 21 sm (O‘rta Osiyo)

    12

    quloch

    1 quloch  142 sm (Buxoro)
    1 quloch  167 sm (Farg‘ona)

    13

    Gaz

    1 gaz = 106 – 107 sm (Xorazm, yer o‘lchash ishlarida)
    1 gaz  61 sm (Xorazm, gazmol o‘lchash







    ishlarida)
    1 gaz  79 sm (Buxoro, qurilish ishlarida) 1 gaz  102 sm (Buxoro, gazmol o‘lchash ishlarida)
    1 gaz = 68,6 – 70,7 sm (Samarqand, Toshkent, Farg‘ona)

    14

    Alchin

    1 alchin = 71 sm (O‘rta Osiyo)

    15

    Milya

    1 milya = 1609 m (AQSH, Angliya)
    1 milya = 7 versta = 7467,6 m (Rossiya) 1 dengiz milyasi = 1852 m (Xalqaro dengizchilik ishlarida)

    16

    Versta

    1 versta = 1066,8 m (Rossiya)

    17

    Arshin

    1 arshin = 71 sm (Rossiya)

    18

    Yard

    1 yard = 3 fut = 91,44 sm (Angliya)

    19

    Fut

    1 fut = 12 dyum = 30,48 sm (Rossiya, G‘arb mamlakatlari)



    2.2-jadval
    Qadimiy massa birliklari



    Massa birliklarining nomlari

    Xalqaro birliklar tizimidagi qiymatlari

    1

    Arpa doni

    0,04095 g = 0,00004095 kg (O‘rta
    Osiyo)

    2

    Misqol

    4,53 – 4,55 g (Xorazm, X – XIX asrlar) 4,8 g (Buxoro, XVI – XIX asrlar)
    4,46 g (Samarqand, VI – VIII asrlar) 4,55 g (Farg‘ona, XIX asr)

    3

    Qadoq

    409,5 g = 0,4095 kg (O‘rta Osiyo)

    4

    Kumush tosh

    1023,75 g = 1,02375 kg (O‘rta Osiyo)

    5

    Oltin tosh

    2047,50 g = 2,0475 kg (O‘rta Osiyo)

    6

    To‘rtdan bir pud

    4095,0 g = 4,095 kg (O‘rta Osiyo)

    7

    Yarim pud

    8190,0 g = 8,190 kg (O‘rta Osiyo)

    8

    Pud

    16380,0 g = 16,38 kg (Rossiya)

    9

    Kichkina botmon

    131040 g = 131,04 kg (O‘rta Osiyo)

    10

    Botmon

    163800 g = 163,80 kg (O‘rta Osiyo)

    1

    2

    3

    11

    Katta botmon

    262080 g = 262,08 kg (O‘rta Osiyo)

    12

    Eng katta botmon

    327600 g = 327,60 kg (O‘rta Osiyo)

    13

    G‘ichcha

    1/1024 botmon = 168 kg (Toshkent, XIX asr)

    14

    Daxsar

    1/4 botmon = 40,95 kg




    15

    O‘nimsar

    1/16 botmon = 10,2375 kg

    16

    Ilcha

    1/512 botmon  336 g (Toshkent, XIX asr)

    17

    Qop

    65 – 66 kg (O‘rta Osiyo, XIX asr)

    17

    Draxma

    1,772 g (Angliya)

    18

    Zolotnik

    4,27 g (Rossiya)

    19

    Unsiya

    16 draxma = 28,35 g (Angliya)

    20

    Funt

    453,6 g (Angliya)
    409,5 g (Rossiya)



    2.3-jadval
    Qadimiy hajm birliklari



    Nomi

    SI tizimi
    birliklari bo‘yicha qiymati



    Nomi

    SI tizimi birliklari bo‘yicha qiymati

    1

    Mudd

    1,055 litr

    14

    Milva

    4,225 litr

    2

    Osham

    15 – 20 sm3

    15

    Tomchi

    0,05 ml

    3

    Osh qoshiq

    15 – 20 sm3

    16

    Filj

    311 litr

    4

    Piyola

     0, 4 litr

    17

    Xarruba

    0,129 litr

    5

    Puta

    9,3 dm2

    18

    Xo‘plam

    15...20 ml

    6

    Savray

     1,5 litr

    19

    Qayl

    22,08 litr

    7

    Sanoch

     1,5 litr

    20

    Chetvert

     3 litr (Rossiya)

    8

    Sarjin

    0,5x1x2m3 = 1m3

    21

    Barrel

    159 litr

    9

    Ashir

    6 litr

    22

    Bushel

    36,37 litr (Angliya)
    35,24 litr (AQSH)

    10

    Birshola

    8,5 litr

    23

    Vedro

    12,3 litr (Rossiya)

    11

    Laux

    520 litr

    24

    Gallon

    4,546 litr (Angliya)
    3,785 litr (AQSH)

    12

    Maxtum

     17 litr

    25

    Pinta

    0,568 litr (Angliya)
    0,473 litr (AQSH)

    13

    Metre

    10,3 litr



    2.4-jadval
    Qadimiy yuza birliklari



    Yuza birliklarining nomlari

    Xalqaro birliklar tizimidagi qiymatlari

    1

    Tanob

    4037 – 4097 m2 (Xorazm)
    2731 –2845 m2 (Buxoro, Samarqand, Surxondaryo)
    1821 m2 (Farg‘ona, Toshkent, Chimkent)

    2

    Akr

    4046,9 m2 (Angliya)

    3

    Desyatina

    10925,4 m2 (Rossiya)





    2.1-rasm. Odam tanasi a’zolariga asoslangan o‘lchash birliklari.



      1. O‘zbеkiston Rеspublikasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining huquqiy asoslari

    O‘z О‘BTT ning huquqiy asosi O‘zbеkiston Rеspublikasining mеtrologiya sohasidagi qonunlari va hujjatlaridan iborat.
    28 dеkabr 1993-yilda O‘zbеkiston Rеspublikasining "Mеtrologiya to‘g‘risida" qonuni (kеyinchalik - qonun) qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbеkistonda o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘z О‘BTT) ning qonuniy asosi yaratildi.
    Qonunda mеtrologiya sohasidagi atamalar va ta’riflar, davlat boshqaruv vakolatli idorasining faoliyat sohasi, fizik kattaliklarning birliklari, ularni qayta tiklash va qo‘llash, O‘zbеkiston Rеspublikasining mеtrologik xizmatlari, davlat mеtrologik tеkshiruv va nazorati, mеtrologiya bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish tartibi bеlgilangan.
    O‘lchashlar birliligi o‘lchash holati sifatida bеlgilangan. Bunda o‘lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalanadi va o‘lchashlarning xatoliklari bеlgilangan ehtimollik bilan bеrilgan.
    Qonunga muvofiq mеtrologiya bo‘yicha faoliyatni Davlat boshqaruvining mеtrologiya bo‘yicha milliy idorasi - Standartlashtirish, mеtrologiya va sеrtifikatlashtirish O‘zbеkiston agеntligi (O‘zstandart Agеntligi) amalga oshiradi.
    O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.1994 y.
    №410 "O‘zbеkiston Rеspublikasi hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida", 09.02.1996 y. №53 "O‘zbеkiston Rеspublikasining etalonlar bazasini shakllantirish va mеtrologik ta’minotni takomillashtirish to‘g‘risida", 02.12.2003 y. №539 "O‘lchash vositalarini tayyorlash, xaridga chiqarish va ijara bo‘yicha faoliyatni litsеnziyalash to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida" qarorlariga muvofiq mеtrologik faoliyatning ba’zi sohalari aniqlangan.
    O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.08.2004 y.
    №373 "Standartlashtirish, mеtrologiya va sеrtifikatlashtirish O‘zbеkiston Agеntligi tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida" qarorida O‘zstandart Agеntligining tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, ishlari va huquqlari, shu jumladan mеtrologiya sohasidagi huquqlari bеlgilangan.


      1. O‘zbekiston Respublikasining "Metrologiya to‘g‘risida"gi qonuni


    Qonunning I–bo‘limi 1 – 4 modda va 4 moddaga qo‘shimcha moddadan tashkil topgan bo‘lib, u asosiy tushunchalar; metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari; xalqaro shartnomalar va bitimlar; metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish; o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid normativ hujjatlarga bag‘ishlangan.
    Qonunning II–bo‘limi 5 – 8 moddalardan tashkil topgan bo‘lib, bu moddalar fizik o‘lcham birliklari; fizik o‘lchamlar birliklarining etalonlari; o‘lchov vositalari, o‘lchovlarni bajarish uslubiyatlariga bag‘ishlangan.
    Qonunning III–bo‘limi 9 – 11 moddalardan tashkil topgan va O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi; davlat metrologiya xizmati; yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlariga tegishli ma’lumotlar keltirilgan.
    Qonunning IV–bo‘limi 12 – 19 modda va 18 moddaga qo‘shimcha moddadan tashkil topgan bo‘lib, unda davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari va uni o‘tkazish tartibi; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari; o‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash; o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish; metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish
    huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish; metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar keltirilgan.
    Qonunning V–bo‘limi 20 – 21 moddalardan iborat va unda davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash; metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash tartiblari keltirilgan.

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 4,88 Mb.