• Davlat etaloni
  • Ishchi etalon
  • Milliy etalon
  • O‘lchashlar birliligini ta’minlash
  • Davlat metrologik xizmati
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 4,88 Mb.
    bet15/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Birlamchi etalon – birlikni mamlakatda (shu birlikni boshqa etalonlariga nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta tiklanishini ta’minlaydigan etalon.
    Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan etalon.
    Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon.
    Ikkilamchi etalon – birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon.
    Nusxa – etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
    Ishchi etalon – birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon.
    Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon.
    Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon.
    O‘lchashlar birligi – o‘lchash natijalari rasmiylashtirilgan kattaliklar birliklarida ifodalangan va o‘lchashlar xatoligi berilgan ehtimollik bilan belgilangan chegaralarda joylashgan o‘lchashlar holati.
    O‘lchashlar birliligini ta’minlash – O‘BT Qonunlar, shuningdek o‘lchashlarning birliligini ta’minlashga qaratilgan davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq o‘lchashlar birliligiga erishish va saqlashga qaratilgan metrologik xizmatlar faoliyati.
    Metrologik xizmat – bu o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajarish va metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun qonunga muvofiq tashkil etiladigan xizmat.
    Davlat metrologik xizmati – bu mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni mintaqalararo va sohalararo darajada
    bajaruvchi va davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 4,88 Mb.