O‘lchamsiz birliklar, yoki, bir o‘lchamli birliklar. Ayrim fizik kattaliklar, aynan bir turkumdagi ikki fizik kattaliklaring o‘zaro nisbatlaridan keltirib chiqarilgan bo‘lib, shuning uchun o‘lchamlikka ega bo‘lmaydi, yoki, o‘lchamligi birga teng bo‘ladi.
Barcha o‘lchamsiz kattaliklar yoki, o‘lchamligi birga teng bo‘lgan kattaliklardan keltirib chiqarilgan kogerent hosilaviy birliklarining o‘lchamliklari
ham birga tengdir, chunki, ular aynan bir turkumdagi fizik kattalikdan hosil qilinadi. Bunday kattaliklarning son qiymatlarini ifodalshda, ularning 1 belgisini yozmasdan, qiymatining o‘zini yozilaveradi. Bunday
kattaliklarga misol sifatida, sindirish ko‘rsatkichi, nisbiy magnit singdiruvchanlik va ishqalanish koefitsienti fizik kattaliklarini keltirish mumkin.
Shuningdek, yana shunday birliklar mavjudki, ular nisbatan oddiy birliklarning murakkablashtirilgan shakli bo‘lib, bunday birliklar ham o‘lchamlikka ega bo‘lmaydi. Misol tariqasida, «xarakterli son»ni
ifodalaydigan, Reynolds soni, 𝑅𝑒=𝜌𝑣𝑙𝜂 (bu yerda,
ρ – massaviy zichlik,
η –
dinamik qovushqoqlik,
v – tezlik,
l - uzunlik) singarilarni keltrish mumkin. Bunday hollar uchun o‘lchamsiz birlik bo‘lgan, bir raqamini birlik sifatida qo‘llash mumkin. Ya’ni, 1 rad/s burchak tezlik = 1 Hz.
O‘lchamsiz kattaliklarning boshqa bir turkumi bu – molekulalar soni, energetik pog‘onalar soni, statik termodinamikada tarmoqlanish funksiyasi (termodinamik erishish mumkin bo‘lgan holatlar soni) kabi, ma’lum miqdorlarni ifodalovchi son qiymatlardir. Garchi bunday
miqdorlar uchun birliklar, SI ning asosiy birliklaridan keltirib chiqarilishi ilojsiz bo‘lsa ham, ular uchun qabul qilingan bir birlik, o‘lchamsiz kattalik yoki, o‘lchamligi birga teng kattalik deb olinadi. Bunday kattaliklar uchun bir birlik doimiy asosiy birlik sifatida qaralishi mumkin.
Ayrim 1 birliklar uchun ham maxsus nom biriktirilgan. Bu, nazarda tutilayotgan tegishli fizik kattalikni oson fahmlab olishga xizmat qiladi. Radian ‒ aynan shunday birlikdir. Radian va
steradian kogerent birliklari, mos ravishda, bir o‘lchamli fizik kattaliklar bo‘lmish – yassi