|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 25/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariMisollar: 2.3 sm3 = 2.3 (sm)3 = 2.3 (10–2 m)3 = 2.3 × 10–6 m3;
1 sm–1 = 1 (sm)–1 = 1 (10–2 m)–1 = 102 m–1 = 100 m−1;
1 V/sm = (1 V)/(10–2 m) = 102 V/m = 100 V/m ;
5000 mks−1 = 5000 (mks)−1 = 5000 (10−6 s)−1 = 5×109 s−1.
Huddi shuningdek, old qo‘shimchalarning nomlari ham, nazarda tutilayotgan birlik nomi bilan birgalikda qo‘shib yoziladi va ular o‘zaro ajralmasdirlar.
Ya’ni, masalan, millimetr, mikropaskal va meganyuton kabilar – alohida so‘z tarzida emas, aynan bitta so‘z shaklida ifodalanadi.
Old qo‘shimchalarning belgilaridan foydalanishda, ikki yoki undan ortiq old qo‘shimchaning belgisini o‘zaro birlashtib ishlatish mumkin emas. Bu qoida shuningdek, old qo‘shimchalaring nomlariga ham taaluqlidir.
Old qo‘shimchalarning belgilari yakka holda qo‘llanishi, yoki, bir (1 raqami) birligiga nisbatan ishlatilishi mumkin emas. Huddi shuningdek, old qo‘shimchalrning nomlari ham bir birligiga va 1 soniga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
Old qo‘shimchalar va ularning belgilari, SI tarkibiga kirmaydigan (5-bo‘libga qarang) birliklarning aksari bilan birga qo‘llaniladi, biroq, ular hech qachob vaqt o‘lchov birliklari: daqiqa, daq; soat, soat; soniya, s; kun; k lar bilan birgalikda ishlatilmaydi. Biroq, astronom olimlar, juda kichik burchaklarni o‘lchash va ifodalash uchun, millisekund1, mas; va mikrosekund, mkas.
Kilogramm.SI ning asosiy birliklari ichida faqatgina kilogramm, tarixiy sabablarga ko‘ra nomi old qo‘shimcha bilan birga keluvchi yagona birlikdir. Massa birligi uchun o‘nli karrali va ulushli old qo‘shimchalar, «gramm» birligi nomiga va «g» belgisiga old qo‘shimchalarni qo‘shib yozish orqali shakllantiriladi (O‘TXQ 1967, Tavsiyanoma-2, PV, 35, 29 va Metrologia, 1968, 4, 45).
SI tizimiga kirmaydigan birliklar. Xalqaro Birliklar Tizimi SI – O‘TXK tomonidan, barcha birliklarning xalqaro miqyosda o‘zaro muvoqlashtirilgan tizmidir. Ilm-fanda, texnologiyalar va savdo-sotiqda
aynan ushbu tizimdan foydalanish tavsiya etiladi. SI ning asosiy va maxsus nomga ega bo‘lgan va boshqa hosilaviy birliklari bilan birgalikda, fizik kattaliklarning qiymatlarini o‘zaro o‘girishda, tenglamalarda alohida koeffitsiyentlardan foydalanishni taqozo etmaydigan, foydalanish uchun amaliy qulay bo‘lgan muhim kogerent tizimdir. SI – dunyo bo‘yicha tan olingan yagona tizim bo‘lganligi tufayli, undan xalqaro muzokaralarda foydalanish ham katta ahamiyatga egadir. Oxir oqibat, bu tizim, agar undan hamma birdek foydalansa, keyingi avlodlar uchun ilm-fan va texnologiyalarni oson o‘zlashtirishga katta yordam berishi aniq.
Shunga qaramay, SI tarkibiga kirmaydigan yana ko‘plab birliklar mavjudki, uzoq yillardan buyon, fan-texnikada va tijoriy adabiyotlarda ulardan foydalanish davom etib kelmoqda. SI tarkibiga kirmaydigan ayrim birliklar, ilmiy adabiyotlar orqali o‘rnatilgan tarixiy ahamiyatga egadirlar. SI ga kirmaydigan ba’zi boshqa birliklar, masalan, vaqt, yoki, burchak birliklari singarilar, qadim-qadimdan beri insoniyat ongi va madaniyatiga mustahkam o‘rnashib qolgan bo‘lib, insoniyat ulardan foydalanishda uzoq kelajakda ham davom etishi katta ehtimol. Ayrim olimlarda, o‘z ilmiy faoliyatlari nuqtai nazaridan amaliy afzalliklarga ega bo‘lgan, lekin, SI ga taalluqli bo‘lmagan birliklarni qo‘llashda erkin ixtiyor bo‘lishi tabiiy hol. Misol uchun, elektromagnit nazariya, kvant elektrodinamikasi, nisbiylik kabi sohalarda, SGS-Gauss tizimi birliklaridan foydalanish qulayroqdir. Shularni e’tiborga olib, quyida, SI ga kirmaydigan, o‘zga tizimlardagi birliklardan, ayrim eng muhimlarini keltrib o‘tamiz. Ulardan foydalanilayotganda shuni yodda tutish kerakki, mazkur tizimlarda, SI tizimining afzalliklari mavjud emas.
Ushbu risolada, SI ga kirmaydigan birliklar haqida to‘xtalib o‘tilishi, amaliyotda, SI ga taalluqli bo‘lmagan birliklardan foydalanishni ma’qullash tarzida qabul qilinmasligi kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘plab sabablarga ko‘ra, SI birliklari, asosiy birliklar sifatida qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, SI ga kirmaydigan birliklar va SI birliklarini o‘zaro kombinatsiyalar bilan qo‘llash, ulardan tarkibiy qismlar yasash ham tavsiya etilmaydi; bunda ham SI ning amaliy afzalliklaridan mosuvo bo‘lish mumkin. Umuman olganda, 2.10, 2.11, 2,12-jadvallarda keltirib o‘tilgan, SI tizimiga kirmaydigan birliklardan foydalanilganida, ularni, mos keluvchi SI birliklari nuqtai nazaridan aniqlashtirib olish yaxshi amaliy samaralar beradi.
|
| |