SI ning o‘nli karrali va ulushli birliklari. 11-O‘TXK da (1960, Rezolyutsiya 12, CR 87) SI birliklarining, 1012 dan 10‒12 gacha bo‘lgan oraliqdagi o‘nli karrali va ulushli qiymatlarining nomlari va belgilarini ifodalashda foydalanish uchun, old qo‘shimhchalar va ularning belgilari tartibini tasdiqladi. 10‒15 va 10‒18 lar uchun old qo‘shimchalar, 12- O‘TXK tomonidan (1964, Rezolyutsiya 8, CR 94); 1015 va 1018 lar uchun old qo‘shimchalar esa, 15-O‘TXK tomonidan (1975, Rezolyutsiya 10; CR 106 va Metrologia 1975, 11, 180-181); 1021 ; 1024 ; 10‒21 va
10‒24 lar uchun old qo‘shimchalar esa, 19-O‘TXK (1991, Rezolyutsiya 4, CR 185 va Metrologia 1992, 29, 3) tomonidan kitirilgan.
2.9-jadval Tasdiqlangan barcha old qo‘shimchalar ro‘yxati keltirilgan.
Ko‘paytuvchi
|
Nomi
|
Belgisi
|
Ko‘paytuvchi
|
Nomi
|
Belgisi
|
101
|
deka
|
Da
|
10‒1
|
detsi
|
d
|
102
|
gekto
|
g (h)1
|
10‒2
|
santi
|
s
|
103
|
kilo
|
K
|
10‒3
|
milli
|
m
|
106
|
mega
|
M
|
10‒6
|
mikro
|
mk (μ)2
|
109
|
giga
|
G
|
10‒9
|
nano
|
n
|
1012
|
tera
|
T
|
10‒12
|
piko
|
p
|
1015
|
peta
|
P
|
10‒15
|
femto
|
f
|
1018
|
eksa
|
E
|
10‒18
|
atto
|
a
|
1021
|
zeta
|
Z
|
10‒21
|
zepto
|
z
|
1024
|
yotta
|
Y
|
10‒24
|
yokto
|
y
|
Old qo‘shimchalarni, matnda qo‘llanilayotgan birlikning turidan qat’iy nazar, u bilan ifodalanayotgan birlik yoki, uning belgisi bilan birga, oraliq joy qoldirmasdan, tik shrift bilan yozish kerak. Deka (da), gekto (g) va kilo (k) old qo‘shimchalari istisno qilingan ravishda, karrali qiymatlarni ifodalovchi barcha old qo‘shimchalarning belgilari bosh harflar bilan yoziladi; ulushli qiymatni ifodalovchi barcha old qo‘shimchalarning nomlari esa, doimo kichik harflar bilan yoziladi. So‘z boshida kelgan holatdan boshqa barcha holatlarda, barcha old qo‘shimchalarning nomlari kichik harflar bilan yoziladi.
Birlik belgisi bilan old qo‘shimcha belgisini birlashtirish orqali hosil qilingan belgilar guruhi, (tegishli belgining karrali, yoki, ulushli shaklini o‘zida namoyon qilivchi) o‘zaro ajralmas bo‘lgan yangi belgi turini tashkil qiladi va bunday belgini, musbat va manfiy darajalarga ko‘tarish, yoki, boshqa belgilar bilan, tarkibiy birliklarning belgilari tarzida o‘zaro birlashtirib qo‘llash mumkin bo‘ladi.
|