• TD= - =ES—EI;
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 4,88 Mb.
    bet32/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Chekli og‘ish — chekli va nominal olchamlar o‘rtasidagi algebraik ayirma. Yuqori va quyi og‘ishlar bo‘ladi.
    Yuqori og‘ish — eng katta chekli va nominal o‘lchamlar o‘rtasidagi algebraik ayirma. Belgilari: teshik uchun ES, val uchun es.
    Quyi og‘ish — eng kichik chekli va nominal olchamlar o‘rtasidagi algebraik ayirma. Belgilari: teshik uchun EI, val uchun ei.
    Teshik uchun: ES= Dmax -D: EI= Dmin -D Val uchun: es= dmax -d; ei= dmin -d.
    Haqiqiy og‘ish –haqiqiy va nominal o‘lchamlar o‘rtasidagi algebraik ayirma. Agar haqiqiy yoki chekli o‘lcham nominal o‘lchamdan katta bo‘lsa, og‘ish musbat bo‘ladi, agarda haqiqiy yoki chekli o‘lcham nominal o‘lchamdan kichik bo‘lsa, og‘ish manfiy bo‘ladi. Chekli og‘ishlar musbat, manfiy yoki bittasi nolga teng bo‘lishi mumkin.
    Joizliklar jadvallari va og‘ishlar joylashish sxemalarida og‘ishlar mikrometr, chizmalarda esa millimelr hisobida ko‘rsatiladi. Joizlik T (lot. tolerance — joizlik) — eng katta va eng kichik joiz chekli o‘lchamlar o‘rtasidagi farq yoki yuqorigi va quyi og‘ishlar o‘rtasidagi algebraik farqning mutlaq qiymati:

    TD= - =ES—EI;

    Td= - =es-ei.



    2.2-rasm. Joizlik maydonlari. a-tirqishli o‘tqazish uchun teshik va valning joizlik maydonlarining joylashishi; b-joizlik maydonlarining grafik
    tasviri.

    Joizlik doim musbat bo‘lib, partiyadagi yaroqli detallar haqiqiy o‘lchamlarining yoyilish maydonini joriy qiladi. Joizlik kattalashishi bilan buyumni ishlab chiqarish narxi kamayadi. Soddalashtirish uchun joizliklar grafik usulda joizlik maydonlari shaklida tasvirianadi. Bunda buyumning o‘qi doim sxemaning tagida joylashgan bo‘ladi.


    Joizlik maydoni — yuqori va quyi og‘ishlar bilan chekiangan maydon. Joizlik maydoni joizlik qiymati va uning nominal o‘lchamiga nisbatan holati bilan aniqianadi. Joizlik maydoni grafik shaklida tasvirlanadi. Joizlik maydoni grafik usulida tasvirlanganda nol chiziqqa nisbatan yuqori va quyi og‘ishlarni ko‘rsatuvchi ikki chiziq o‘rtasida joylashadi.
    Nol chizig‘i — nominal o‘lchamni bildiruvchi chiziq bo‘lib, joizliklarni va o‘tqazishlarni grafik usulda tasvirlashda o‘lchamning og‘ishi shu chiziqdan boshlab belgilanadi. Agar nol chiziq gorizontal joylashgan bo‘lsa, u holda musbat og‘ishlar bu chiziqdan yuqorida, manfiy og‘ishlar esa pastida yozib belgilanadi. Ikki yoki bir necha qo‘zg‘aluvchan yoxud qo‘zg‘almas qilib biriktirilgan detallar tutashuvchi detallar deb ataladi. Detallar bir-biri bilan biriktiriladigan yuzalar tutashuvchi yuzalar, qolgan yuzaiar esa tutashmaydigan yoki erkin yuzalar deb ataladi. Bir-birining ichiga kiradigan detallar birikmasida qamrovchi va qamraluvchi yuzaiar mavjud.
    O‘tqazish deb, detallar o‘zaro biriktirilganda ular orasida hosil bo‘ladigan tirqishlar yoki tarangliklar qiymati bilan aniqlanadigan birikma xususiyatiga aytiladi. O‘tqazish biriktirilgan detallar bir-biriga nisbatan siljishi erkinligi yoki siljishga qarshilik darajasini ta’riflaydi. Teshik va vai joizlik maydonlari bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab, o‘tqazishlar tirqishli, taranglik bilan yoki o‘tuvchan bo‘lishi mumkin.

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 4,88 Mb.