|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 34/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariBu sahifa navigatsiya:
- TN= .
Asosiy val — yuqori og‘ishi nolga teng bo‘lgan val (es=0).
Asosiy teshik — quyi og‘ishi nolga teng bo‘lgan teshik (EI=0).
Qamrovchi va qamraluvchi yuza o‘lchamlarining joizliklarini qisqartirib teshik joizligi TD va val joizligi Td deb ataladi.
Tirqish “S” — teshik o‘lchami valning o‘lchamidan katta bo‘lgan hollarda teshik va val olchamlarining o‘zaro farqlanishi bo‘lib, u biriktirilgan detallarning bir-biriga nisbatan erkin siljishini ta’minlaydi. Eng katta, eng kichik va o‘rtacha tirqishlar quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:
Taranglik — val o‘lchami teshikning o‘lchamidan katta bo‘lgan hollarda ularni yig‘ishdan oldingi val va teshik o‘lchamlarining o‘zaro farqidir. Yig‘ishdan oldin deyilganining sababi shuki, yig‘ilgandan keyin biriktirilgan detallarning o‘lchamlari o‘zgaradi va teshik valni qisib qoladi. Bu holda ularning o‘lchamlari elastik deformatsiya tufayli yig‘ilishdan oldingi o‘lchamlardan farqlanib, taranglik bilan biriktirilgan detallarning bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasligini ta’minlaydi. Eng katta, eng kichik va o‘rtacha tarangliklar quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:
O‘tqazishdagi joizlik — birikmani tashkil etuvchi teshik va valning joizliklari yig‘indisi, ya’ni TS (TN)=TD+Td. O‘tqazishdagi joizlik eng katta va eng kichik joiz tirqishlar ayirmasiga (tirqishli o‘tqazishlarda
tirqish joizlikligi TS) teng bo‘ladi: TS = voki eng katta va eng kichik joiz tarangliklar ayirmasiga (taranglikii o‘tqizmalarda taranglik joizlikligi TN) teng bo‘ladi, ya’ni
TN= .
O‘tuvchan o‘tqazishlarda o‘tqazish joizligining mutlaq qiymati bo‘yicha olingan eng katta tirqish va eng katta tarangliklar yig‘indisiga teng bo‘ladi:
T(S,N) =| |+| |=TD+Td.
Joizlik va o‘tqazish joizligi T∆ - eng katta va eng kichik tirqish yoki tarangliklarning ayirmasi orqali ifodalanadi:
T∆ = Smax– Smin; T∆ = Nmax– Nmin. shundan
T∆ = Smax– Smin = (Dmax– dmin) – (Dmin– dmax) ==Dmax– Dmin+ dmax – dmin = TD + Td
T∆ = Nmax– Nmin= (dmax– Dmin) – (dmin– Dmax) == Dmax– Dmin+ dmax – dmin = TD + Td bo‘ladi.
Bulardan o‘tqazish joizligi teshik va val joizliklari yig‘indisiga teng ekanligi kelib chiqadi:
|
| |