|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 35/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari T∆ =TD + Td
Joizlik maydonlarini grafik usulda ko‘rsatish.
Birikma detallarini grafik usulda ifodalash teshik va valning chegaraviy o‘lchamlari nisbatini oson o‘rganish imkonini berib, joizlik,
tirqish yoki tarangliklarning barcha qiymatlarini hisoblashni ancha soddalashtiradi.
Tarangli birikma joizlik maydonining chizmasi.
Chizmalarda chegaraviy og‘ishlarni (chetlanishlarni) belgilash. Chegaraviy og‘ishlarni chizmalarda belgilash qoidasi O‘zRST 635-95 da belgilangan. Unga ko‘ra chegaraviy og‘ishlar nominal o‘lchamdan keyin uning yoniga daraja ko‘rsatkichi va indeks belgisi kabi yoziladi.Yig‘ma chizmalarda detal o‘lchamlarining chegaraviy og‘ishlari kasr ko‘rinishida yoziladi. Unda nominal o‘lchamdan so‘ng kasr chizig‘i chiziladi va uning suratiga teshikning chegaraviy og‘ishlari, maxrajiga esa valning chegaraviy og‘ishlari yoziladi.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan Davlat standartiga binoan joizliklar va o‘tqazishlarning yagona tizimi (JO‘YaT) qabul qilingan. Bu tizim ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) ning tavsiyalariga asoslangan. JO‘YaTda 1 mm. dan kichik o‘lchamlar, 1 dan 500 mm. gacha, 500 dan 3150 mm. gacha, 3150 dan 10000 mm. gacha bo‘lgan o‘lchamlar uchun joizliklar va o‘tqazishlar joriy qilingan.
Joizliklar va o‘tqazishlar tizimi deb tajriba va nazariy tadqiqotlar asosida qonuniy qurilgan hamda standartlar shaklida rasmiylashtirilgan joizliklar, o‘tqazish qatorlarining majmuiga aytiiadi. Tizim zarur bo‘lgan, minimal, lekin amaliyotda yetarli mashina detallari namunaviy birikmalarining joizlik va o‘tqazishlari variantlarini tanlab olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu tizim kesuvchi va o‘lchovchi asboblarni standartlashtirish, loyihalashni osonlashtirish, buyum va ularning
qismlarini ishlash, o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlashga imkon beradi hamda ularning sifatini oshirishda muhim omil bo‘ladi. Hozirgi kunda dunyoning aksarivat davlatlarida ISOning joizliklar va o‘tqazish tizimlari qo‘llaniladi. ISO tizimlari milliy tizimlarni unifikatsivalash (bir xillashtirish) uchun yaratilgan. ISOning xalqaro tavsiyalarini milliy standartlarga kiritish har xil davlatiarda ishlangan bir turli detal, tarkibiy qism va buyumlarning o‘zaro almashinuvchanligini ta’miniash uchun zamin yaratadi. Bundan tashqari, respublikamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshiradi. ISO va JO‘YaTning mashinaiar namunaviy detallari uchun joizliklar va o‘tqazishlar tizimi yagona tamoyillar asosida tuzilgan. O‘tqazishlar teshik tizimi (TT) va val tizimi (VT)da amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
|
| |