• O‘lchash vositalari va ularning sinflanishi
  • Tanlash usullari, hozirgi kunda tanlashning 3 usuli qo‘llaniladi




    Download 4,88 Mb.
    bet38/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Tanlash usullari, hozirgi kunda tanlashning 3 usuli qo‘llaniladi:


    1. Joizliklar va o‘tqazishlar turini tanlash uchun o‘xshashlar usuli yangi buyum loyihalanayotganda o‘xshash yig‘ma qismni ilgari loyihalangan va foydalanishda bo‘lgan bir turli mashina yoki boshqa mashinalardan qidirib topish, bu qismlardagiga o‘xshaydigan joizliklarni hamda o‘tqazishlarni qo‘llash usulidir.

    2. Joizliklar va o‘tqazishlar turini tanlash uchun o‘xshashlik usuli loyihalanadigan yig‘ma qismning konstruktiv alomatlarini va ishlatish sharoitlarini ma’lumotnoma manbalarida ko‘rsatilgan alomatlarga o‘xshatish orqali tanlashdir.

    3. Joizlik va o‘tqazishlarni tanlash usuli uchun hisoblash usuli yangi buyumlar, mashinalarni loyihalashda joizliklar va o‘tqazishlarning turini detalga, yig‘ma qismga va umuman, buyumga qo‘yiladigan foydalanish konstruktiv talabalarini to‘laroq qondirish shartlaridan tanlashga qaratilgan hisoblashdir.

    Mashinalarning ishonchliligi va aniqligini oshirish uchun detal o‘lchamlarini iloji boricha belgilangan o‘lchamlarga yaqinlashtirish kerak. Joizlik kamayishi bilan yaroqsiz detallar paydo bo‘lish ehtimoli ortib boradi.


      1. O‘lchash vositalari va ularning sinflanishi

    O‘lchash vositalari va uning namoyondalari.


    O‘lchash vositasi deb, o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vositaga aytiladi.
    O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

    • o‘lchovlar;

    • o‘lchash asboblari;

    • o‘lchash o‘zgartkichlari;

    • o‘lchash qurilmalari;

    • o‘lchash tizimlari.

    O‘lchovlar keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan biri hisoblanadi.
    O‘lchov deb, kattalik- ning aniq bir qiymatini ho- sil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga ayti- ladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, konden- satori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib keltirish mumkin.
    O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan.

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tanlash usullari, hozirgi kunda tanlashning 3 usuli qo‘llaniladi

    Download 4,88 Mb.