|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 41/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariRaqamli o‘lchash asbobi deb, o‘lchash borasida uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi qurilmada diskret tarzda o‘zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi. Raqamli o‘lchash asboblari hozirgi kunda juda keng tarqalgan.
O‘ziyozar asboblar. O‘lchanayotgan kattaliklar (tok, kuchlanish, quvvat va boshqalar)ni uzoq vaqt davomida yozish uchun qayd qiluvchi (o‘ziyozar) asboblardan foydalaniladi.
O‘ziyozar asboblar ko‘rsatkichlarni yozish uchun maxsus qurilma va (ko‘pchilik holatlarda ferrodinamik) tizimlardan iborat o‘lchash mexanizmi mavjud.
2.5-rasmda o‘ziyozar asbobning kinematik sxemasi keltirilgan. Bu kabi asboblar texnologik jarayonlarni masofadan turib tekshirish va nazorat qilish uchun keng qo‘llaniladi.
Turli xil geometrik parametrlarni o‘lchash uchun universal o‘lchash vositalaridan foydalanishadi. Ular avtomatlashtirish darajalariga qarab, qo‘l yordamida ishlatiladigan va mexanizasiyalashtirilgan vositalarga bo‘linadi.
2.5-rasm. O‘ziyozar asbobning kinematik sxemasi:
a) uzluksiz yozuvli o‘ziyozar asbob; b) nuqtali o‘ziyozar asbob.
1-ramka; 2-shkala ko‘rsatkichi; 3-yozish moslamasi; 4, 6-yo‘nal- tiruvchi roliklar; 5, 14-diagramma lentasi; 7-o‘rovchi baraban; 8-diag- ramma rulonchasi; 9-lenta yuritmasi; 10-yozuv ruchkasi; 11-xrapovikli qurilma; 12-moslama; 13-jarayonni tavsiflovchi grafik chizig‘i; 15-xrapovik.
O‘lchash asboblariga quyidagilar kiradi:
Shtangensirkullar – tashqi va ichki o‘lchamlarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ular 150-400 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning shkalasi bo‘linmalari 0,15 da 0,02 mm gacha bo‘ladi.
2.6-rasm. Shtangensirkul. ШЦК—1-150-0,1 ГОСТ 166-89
Shtangenglubinomerlar – detallardagi paz va chuqurliklarni o‘lchash uchun, hamda parallel tekisliklar orasidagi masofalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Ular 0÷400 mm gacha bo‘lgan masofalarni o‘lchashga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning shkalasi bo‘linmalari 0,02÷ 0,05mm gacha bo‘ladi.
|
| |