• III BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTLASHTIRISH TIZIMI
  • -rasm. Mikrometrik nutromerlar




    Download 4,88 Mb.
    bet44/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    2.18-rasm. Mikrometrik nutromerlar: a) НМ 75-0,01(ISO 9002) rusumli, b)НМ 50-0,01 (DIN 863) rusumli, v) НМ 30-0,01 (DIN 863)
    usumli.

    NAZORAT SAVOLLARI


    1. Metrologik xizmat bilan metrologik ta’minotning qanday o‘zaro farqli tomonlari mavjud?

    2. Metrologik ta’minotni tashkil etuvchi asoslarini so‘zlab bering.

    3. Nima uchun metrologik ta’minotning ilmiy asosi metrologiyadan iborat deyiladi?

    4. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” faoliyati bo‘yicha qanday xalqaro nufuzdagi tashkilotlarni bilasiz?

    5. O‘lchashlar birliligi deganda nimani tushunasiz?

    6. Etalon deb nimaga aytiladi va uning qanday turlari mavjud?

    7. Metrologik nazorat deb nimaga aytiladi?

    8. Litsenziya nima?

    9. O‘lchash vositalarini kalibrlash deganda nimani tushunasiz?

    III BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTLASHTIRISH TIZIMI

      1. Standartlashtirish davlat tizimi (SDT)


    Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:

    • atamalarni standartlashtirish;

    • o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;

    • mahsulotning o‘zini standartlashtirish.

    • ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika rivojining yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:

    • standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;

    • xarajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan texnikaviy yutuqlarga tayanib to‘lash;

    • mavjud texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruk- torlik ishlarini, shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;

    • yetakchi mutaxassislar boshchiligida o‘tkaziladigan seminarlar, ilmiy ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;

    • sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni targ‘ibot qilishga e’tiborni qaratish.

    Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga to‘p- lamoq, ular asosida ta’riflar yaratish va nihoyat bu sohada standartlar yaratish hozirgi kunning talabi, iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalari hisoblanadi.
    Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‘plashda xalqaro standartlashtirish tashkilotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma’lumotlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojaat etildi.
    Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, ularning mohiyati ketma-ketligi bo‘yicha ma’lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O‘zRST 1.10-93 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar” standarti yaratildi. Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish instituti (SMSITI) da yaratilmoqda. Bular qatoriga
    dastlabki standartlar O‘z RST 1.0-92, O‘zRST 1.1-92, O‘zRST.2-92, O‘zRST 1.3-92 va boshqalar kiradi.
    O‘z RST 1.0-92 “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar” bo‘yicha standartlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari hamda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar bilan oldingi ma’ruzamizda tanishib chiqdik. Mazkur standart standart- lashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, stan- dartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.



      1. Download 4,88 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




    Download 4,88 Mb.