Asos bo‘luvchi standartlar




Download 4,88 Mb.
bet47/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Asos bo‘luvchi standartlar tashkiliy-texnikaviy jarayonlarning bajarilishi, ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llash jarayonlari tartibini (qoidalarini), shuningdek faoliyatning muayyan sohasida ishlarni tashkil etishning asosiy (umumiy) qoidalarini belgilaydi.
Umumtexnikaviy standartlar mahsulotning texnikaviy jihatdan bir- biriga mos bo‘lishini va o‘zaro almashuvini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llashning umumtexnikaviy talablarini, shuningdek mehnat havfsizligi, atrof- muhitni (ekologiya) zararli ta’sirlardan (shovqin, tebranish va boshqalardan) himoya qilish, namunaviy texnologik jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash) usullari, hujjatlarni birxillashtirish talablarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy shartlarini ishlab chiqish, odatda har bir manfaatdor korxona va tashkilotning muxtor vakili bo‘lgan mutaxassislardan tashkil topgan texnikaviy qo‘mitalar (TQ) kuchi bilan yoki standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


    1. Standartlashtirish haqida.


Faraz qilaylik, endi dam olay deb, dam olish xonasiga kirib, chiroqni yoqqan edik, lip etib yondi-yu, o‘chdi. Nima qilamiz? Darhol boshqa lampochkani olib, almashtiramiz. Xo‘sh, buning nimasi g‘ayritabiiy?
Siz bunda kuygan lampochkani o‘rniga boshqasi aynan, ham kuchlanish bo‘yicha, ham quvvati bo‘yicha, ham o‘lchamlari bo‘yicha to‘g‘ri kelishi ustida qancha insonlar mehnati yotganligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Odatda biz standart bo‘yicha degan iborani ko‘p ishlatamiz.
Xo‘sh standart nima? Standart so‘zi inglizcha “Standart” so‘zidan olingan bo‘lib, me’yor, o‘lcham, andoza degan ma’nolarni bildirib, me’yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi. Standart – bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijala- riga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqa- rishga qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha - konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, ombor- larda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
“Standartlashtirish to‘g‘risida ”O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Prezidentimiz tomonidan 1993-yilning 28 dekabrida imzolangan “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni standartlashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yoriy hujjatlar, standartlar ustidan davlat nazorati, unga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va ularning hayotga tadbiq etilishi, standartlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishning yanada yuqoriroq rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.
“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 12 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda standart-
lashtirish tizimi, standartlashtirish ishlarini bajarish, qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar, me’yoriy hujjatlar, davlat nazorat organlari, davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi, standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirish bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boriladigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini “O‘zstandart” davlat Agentligi belgilaydi.
Respublikamizda standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni ushbu qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” Agentligi tomonidan belgilanadi.
Qonunning II bo‘lim 6-moddasiga binoan standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yilishi alohida ko‘rsatilgan.
Qonunda davlat yo‘li bilan stаndartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini olgan xo‘jalik faoliyati subyektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonda standartlashtirishning rivojlanish sanalari:

  • Respublikamizda standartlashtirish ishlarini boshlanishi 1923-yilda Toshkent shahrida Turkiston tosh tarozilar Markaziy byurosini tashkil etilishi bilan belgilanadi.

  • 1926-yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq Komissa- riatining Ishchi – dehqon Inspeksiyasi qoshida Standartlashtirsh byurosi tashkil etildi.

  • 1933-yilda Standartlashtirish byurosi Butunittifoq standartlashtirish Komitetining O‘zbekiston bo‘yicha tosh va tarozilar ishlari bo‘yicha markaziy boshqarmaga aylantirildi.

  • 1939-yilda ushbu boshqarma O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshida tashkil etiladi va uning tarkibida Standartlar va o‘lchov asboblari davlat nazorati Respublika laboratoriyasi (O‘z RLGN) tuziladi va keyinchalik ushbu laboratoriya Standartlashtirish va metrologiya O‘zbekiston markaziga aylantiriladi (O‘z SSM).

  • 1973-yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshidagi o‘lchov va o‘lchov asboblari boshqarmasi SSSR Gosstandarti qoshidagi O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish boshqarmasiga aylantiriladi (O‘zgosstandart).

  • 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

№93 qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi qoshida O‘zbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi qilib yangidan tashkil etiladi (O‘zgosstandart).

  • 2002-yilda O‘zgosstandart O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga (“O‘zstandart” agentligi)ga aylantirildi.

O‘zbekiston hududida yuritiladigan me’yoriy hujjatlar “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

  • Davlatlararo standart – GOST

  • O‘zbekiston davlat standarti – O‘z DSt

  • Umumdavlat klassifikatori – O‘z DT

  • Normalar va qoidalar -*)

  • O‘zbekiston rahbariy hujjati – O‘z RH

  • Tavsiyalar – O‘z T

Tarmoqlar bo‘yicha yuritiladigan me’yoriy hujjatlar Tarmoq tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.

  • Tarmoq standarti – TSt

  • Tarmoq klassifikatori – TT

  • Norma va qoidalar –*)

  • Rahbariy hujjat – RH

  • Tavsiyanomalar – T

Ma’muriy-hududiy me’yoriy hujjatlar Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

  • Ma’muriy-hududiy standart – MHSt

Korxona bo‘yicha me’yoriy hujjatlar Korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.

  • Texnik shartlar – TSh

  • Korxona standarti – KSt

Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador shakllari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yo‘nalishlarni bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Ko‘pgina texnik jihatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga o‘suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo‘lgan standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng oqilona joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat xarajatlarini va moddiy resurslarni ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
1993-yilning 28-dekabrida metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda "Standartlashtirish to‘g‘risida" qonun ham qabul qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish sohasi va standartlashtirish tizimi uchun asosiy hujjat hisoblanadi.

    1. Download 4,88 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85




Download 4,88 Mb.