|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 55/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariISO da amalda standartlarni yaratish (ishlab chiqish) protsedurasi texnik idoralar ishida qatnashuvchi barcha mamlakatlarga bu idoralarning majlislarida qatnashishga, xalqaro standartlarni yaratish to‘g‘risidagi taklifni boshqa qo‘mitalar - a’zolarga taqdim etish, standartlarning loyihalari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish va ovoz berishiga imkon yaratadi.
Xalqaro standartlarning loyihalari ishchi guruhlar tomonidan ishlab chiqiladi. Bu guruhda har bir ko‘rilayotgan doirada yetakchi mamlakatlarning mutaxassislari ishtirok etadi.
ISO ning har bir a’zo-qo‘mitasi o‘zining manfaatdorlik darajasiga qarab, har bir texnik qo‘mita ishida qatnashish statusini aniqlaydi. A’zolik faol ("R" a’zolar) va kuzatuvchi ("O" a’zolar) bo‘ladi.
Faol a’zolar o‘z vakillarini texnik qo‘mitalarning majlislariga yuborish, xalqaro standartlarning loyihalarini ishlab chiqishda va ko‘rib chiqishda qatnashish, ko‘rilayotgan hujjatlar bo‘yicha ovoz berishi shart.
"O" a’zolar Texnik qo‘mitalar (TQ) barcha ishchi hujjatlarining bir nusxasini olish huquqidan foydalanadi va majlislarda kuzatuvchilar sifatida qatnashishi mumkin.
O‘zbekiston O‘zstandart Agentligi - Standartlashtirish bo‘yicha milliy idora nomidan 1 yanvar 1994-yildan boshlab ISO ning to‘liq huquqli a’zosi bo‘lib hisoblanadi.
ISO nashrlari. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot bir qator turli materiallarni nashr etadi. Eng avval, bu tashkilot xarfli indeks va raqamli belgi (masalan ISO 5827) ga ega bo‘lgan xalqaro standartlarni chop etadi.
Qator hollarda texnik dokladlar chop etiladi. Bu dokladlarda ma’lum mavzu bo‘yicha standartlashtirish ishlarining borishi to‘g‘risida xabar beriladi yoki odatda standartlarga qo‘shiladigan axborot va ma’lumotlar keltiriladi.
Har yilning fevral oyida xalqaro standartlar Katalogi (ISO Catologue) nashrdan chiqadi. Bu Katalogda xalqaro standartlar qo‘llanish doiralari va mavzu guruhlari bo‘yicha joylashtiriladi.
jami 163 A’zolik organlari 119 Vakillik a’zolari 39
Abonent a’zolari 5
ISO standartlaridan tashqari MEK bilan birgalikda xalqaro standartlashtirish doirasida eng dolzarb mavzular bo‘yicha "qo‘llanma" (Guides) chop etiladi.
ISO bibliografik ko‘rsatkichlarni nashr etadi. Bu ko‘rsatkichlarda ISO standartlari va standartlarning loyihalari, shuningdek yagona doiraga tegishli boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari ro‘yxati beriladi.
Ma’lum doiraga oid ISO standartlarining to‘liq matni mavzu to‘plamlari (Hand-books) da chop etiladi.
Bu nashrlardan tashqari, o‘tgan yil uchun (har yili) ISO ishlari to‘g‘risida Hisobot va ISO ning Texnik dasturi (yilda ikki marta) chop
etiladi. Bu dasturda xalqaro standartlar loyihalarining sarlavhasi va ularni ishlab chiqish bosqichlari ko‘rsatiladi. 1985-yilda amaldagi xalqaro standartlar Predmetli ko‘rsatkichi chop etildi. Bu Ko‘rsatkich muhim (KWIC) so‘zlar bo‘yicha tuzilgan. Har yili ISO ning tuzilmasi to‘g‘risida, a’zo-qo‘mitalar to‘g‘risida va har bir texnik qo‘mitaning faoliyati sohasi (ISO Memento) to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotnoma chiqadi. ISO ishlari to‘g‘risidagi axborot har oylik axborot byulletenida (ISO Bulletin) akc ettiriladi.
|
| |