|
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash MGS
|
bet | 57/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash MGS.
Milliy idoralarning faoliyatini muvo- fiqlashtirish, savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish uchun 1992-yilda MDH mamlakatlarining (Boltiq bo‘yi mamlakat- laridan tashqari) standartlashtirish, metro- logiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (DAK) tuzildi.
MDH mamlakatlari hukumatlarining boshliqlari 13 mart 1992-yilda standart-
lashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni olib borish to‘g‘risida Bitimga imzo chekdi.
Bu Hamkorlik davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralarniig imkoniyatlarini va boyliklarini birlashtirishga, ilgari to‘plangan tajriba va me’yoriy hujjatlardan birgalikda foydalanish va ularni takomillashtirishga, shuningdek, faoliyatning bu sohalalarida yagona texnik siyosatni amalga oshirishga imkon berdi. DAK ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi idora sifatida ishlari MDH da quyidagilarni ta’minlashga qaratilgan:
yagona me’yoriy baza - davlatlararo standartlar, tasniflagichlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni qo‘llash va rivojlantirish;
yagona etalon baza va o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimlarini shu jumladan, vaqt va chastotalar, moddalar va materiallarning tarkibi va xossalariga oid standart ma’lumotnoma ma’lumotlari davlatlararo xizmatlarini shakllantirish;
mahsulot va xizmatlarni sinash va sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro tan olish.
DAK ning texnik siyosati a’zo-davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralari, ilmiy- texnikaviy komissiyalari ishchi guruhlari va standartlashtirish bo‘yicha davlatlararo TK tomonidan shakllantiriladi.
DAK faoliyatining asosiy yo‘nalnishlari bo‘yicha ilmiy-texnikaviy komissiyalar yoki ishchi guruhlar, vaqt va chastotaning bir xil o‘lchanishini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Hukumatlararo Bitimni bajarish bo‘yicha vakolatli vakillarining Kengashi, shuningdek, standartlashtirish bo‘yicha 230 dan ortiq davlatlararo TK doimiy ishlamoqda. Hozirgi vaqtda Kengashning ishchi idorasi Minskda joylashgan standartlashtirish bo‘yicha Byurodan iborat. Kengashni rotatsiya asosida DAK a’zo mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralarining rahbarlari boshqaradi.
|
| |