• Jahon savdo tashkiloti doiralarida standartlashtirish.
  • Elektrotexnikada standartlashtirshsh bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SENELEK)




    Download 4,88 Mb.
    bet60/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Elektrotexnikada standartlashtirshsh bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SENELEK).


    SENELEK 1972-yilda ikkita tash- kilot - EES A (SENEL) a’zolari mam- lakatlarining elektrotexnik standart- larni muvofiqlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi va EIU mamlakat- larining elektrotexnik standartlarini
    muvofiqlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SENELKOM) ning bir- birga qo‘shilishi natijasida tuzildi, SENELEK a’zolari 17 Yevropa davlatlari: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, GFR, Shvetsariya, Shvetsiyaning milliy
    elektrotexnik qo‘mitalaridan iborat. Bu davlatlar (Lyuksemburgdan boshqalari) bir vaqtda MEK a’zosi hisoblanadi.
    SENELEK ning rasmiy tili inglizcha, fransuzcha va nemischa.
    SENELEK ning asosiy maqsadlari EIU bilan yaqin hamkorlikda elektrotexnik standartlar to‘plamini yaratish, shuningdek Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi Sekretariatining yordamida bu hudud mamlakatlarida mollar va xizmatlarning yagona bozorini ta’minlashdan iborat. SENELEK ga a’zo milliy qo‘mitalarniig to‘liq o‘zaro kelishuvi bilan yaratilgan standartlarga bu vazifani ta’minlash uchun muhim vosita sifatida qaraladi. SENELEK ning asosiy faoliyati a’zo- mamlakatlar milliy standartlari o‘rtasidagi va buyumlarning standartlarga muvofiqligini sergifikatlashtirish protseduralari o‘rtasidagi barcha texnik farqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Bunday faoliyat savdoda texnik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur. Bu ish mollarning G‘arbiy Yevropa darajasida erkin yurishi uchun zarur kafolat deb hisoblanadi.


      1. Jahon savdo tashkiloti doiralarida standartlashtirish.


    Jahon savdo tashkiloti (JST) 1994- yilda savdo muzokaralari bo‘yicha Qo‘mitaning Yakuniy sessiyasida JST ni tuzish to‘g‘risida Bitimga muvofiq tashkil etiladi. Bu Bitim Urugvayda o‘tkazilgan sakkiz yillik (1986-1994)
    ko‘p tomonlama savdo muzokaralariga yakun yasadi.
    Sessiya qatnashchilarining takidlashicha, JST ning tuzilishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikda yangi davrni ochadi, barcha xalqlarning farovon yashashi uchuy ancha oqilona va ochiq ko‘p tomonlama savdo tizimi doiralarida ishlashga keng istaklarini aks ettiradi.
    JSTni tuzishda savdo muzokaralari qatnashchilari «o‘zlarining savdo sohasidagi munosabatlari va iqtisodiy siyosati hayot darajasini oshirish, to‘liq (Bandlikni va haqiqiy daromadlar darajasining jiddiy va doimiy o‘sishini ta’minlash, talabning samaradorligi, shuningdek ishlab chiqarishni va mollar hamda xizmatlar savdosini kengaytirish maqsa- dida amalga oshirilishi lozimligiga tayanishlari lozim». Bunda iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida barqaror rivojlanish maqsadlarida, atrof muhitni himoyalash va asrashga intilgan holda dunyo boyliklaridan maqbul foydalanish lozimligi e’tiborga olinishi lozim.
    Bunda JSTning kuchi rivojlanayo‘ygan mamlakatlarga savdodagi tariflarni va boshqa to‘siqlarni jiddiy qisqartirish va xalqaro savdo munosabatlarida kamsitishlarni bartaraf etish, savdoda tariflar bo‘yicha Bosh bitim (GATT) asosida ancha yashovchan va barqaror ko‘p tomonlama savdo tizimlarini yaratish yo‘li bilan xalqaro savdoning o‘sishida kafolatlangan ulushini ta’miilashga yo‘naltiriladi.
    Savdo tizimining asosiy tamoyillari:
    Kamsitishsiz savdo;
    tariflarni qisqargirish va kamaytirish yo‘li bilan bozorga kirib borishni oldindan bilish va kengaytirish (1995-2000 yy da rivojlangan mamlakatlarning mollarga tariflari 40 % ga qisqardi);
    oqilona raqobatni rivojlantirish;
    iqtisodiy islohotlarning rivojlanishini rag‘batlantirish.
    JST bo‘yicha Bitimnshg asosiy qismi “Ko‘p tomonlama savdo bitimlari” va “Qatnashchilar doirasi cheklangan Bitim” nomli huquqiy hujjatlardan iborat (Cheklovlar Bitimlarni qabul qilgan JSTning a’zolariga tegishli). Ko‘rsatilgan bitimlarga, masalan, Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitim (GATS), mahsulotni jo‘natishdan oldingi inspeksiya, bojxonadagi narxi, import mahsulotni litsenziyalash, savdodagi texnik to‘siqlar (STT) to‘g‘risida bitimlar, fuqarolar aviatexnikasi savdosi to‘g‘risidagi bitim, sut mahsulotlari, mol go‘shti bo‘yicha bitimlar va x.k. kiradi.
    O‘zbekiston Respublikasi JST ga kirishni mo‘ljallamoqda. Kirish to‘g‘risida 1994-yilda ariza berilgan va shu yilning dekabr oyida kirishga tayyorgarlik bo‘yicha Ishchi guruh tuzildi. O‘zbekiston respublikasi 1998-yilda JST ga Tashqi savdo Rejimi to‘g‘risida Memorandum taqdim etdi. JST ga kirish uchun Respublika tashqi savdo rejimini Yevropa Ittifoqi va JSTning talablariga mos keltirishi lozim. Yevropa Ittifoqi savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha o‘zining qonunlarini JSTning qonunlari bilan to‘liq uyg‘unlashtirgan. Shuning uchun O‘zbekiston qonunlarini Yevropa Ittifoqining qonunlariga yaqinlashtirish JST ning talablariga muvofiqikni ta’minlaydi. Bu masalani hal etish uchun 1999-y da Florensiyada (Italiya) Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida Sherikchilik va Hamkorlik bo‘yicha Bitim imzolandi. JSTga kirishga tayyorlanish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitim va fitosanitariya tadbirlarini qo‘llanish bo‘yicha Bitim talablarini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Texnik tartibga solish to‘g‘risida” qonunining loyihasi tayyorlandi.
    Savdodagi texnik to‘siqlar (STT) bo‘yicha Bitim maqsadlari uchun (ISO/MEK 2:1996 O‘zs S St 1.10) da qabul qilingan atamalar va tariflarning o‘zi, lekin STT bo‘yicha Bitim matni, predmeti va maqsadini hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
    STT bo‘yicha Bitim maqsadlari uchun qo‘llaniladigan atamalar va ta’riflar:
    Savdodagi texnik tadbirlar - Mollarga bajarilishi majburiy bo‘lgan talablarni o‘rnatish va amalga kiritish, shuningdek mollarning bu talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash protseduralarini qo‘lla- nishni o‘z ichiga olgan texnik siyosat tadbirlari;
    Savdodagi texnik to‘siqlar - Vatanda va xalqaro amaiiyotda qabul qilingan texnik reglamentlar va standartlar yoki muvofiqlikni tasdiqlash protseduralaridagi talablar o‘rtasidagi, ko‘proq cheklashlarga ega bo‘lgan farq, ya’ni texnik reglamentlar va standartlarni yaratishda qonun bo‘yicha o‘rnatilgan maqsadlarga erishish uchun zaruriyаtdan ortiqcha cheklovga ega, natijada mollarni jahon yoki vatan bozorida sotish uchun oddiy tijoratdagiga nisbatan qo‘shimcha mablag‘ va (yoki) vaqt sarflashga sabab bo‘luvchi farqdir.
    Texnik reglament - Molning tafsilotlari o‘rnatilgan hujjat yoki bu tafsilotlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va uslublari, shu jumladan qo‘llaniladigan, rioya qilinishi majburiy bo‘lgan ma’muriy nizomlar. Hujjat molga, ishlab chiqarish jarayoni yoki uslubiga nisbatan qo‘llaniladigan atamalar, belgilar, idishlarga joylash, tamg‘alash yoki etiketka yopishtirishga talablarni ham o‘z ichiga olishi yoki faqat shunday talablardan iborat bo‘lishi mumkin.
    Standart - Vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan, umumiy va ko‘p marta foydalanish uchun mo‘ljallangan qoidalar, qo‘llanmalar yoki mollarning tafsilotlarini yoki bular bilan bog‘liq bo‘lgan, rioya qilinishi majburiy bo‘lmagan ishlab chiqarish jarayonlari va metodlarini o‘z ichiga olgan hujjat. Bu hujjat o‘z ichiga atamalar, belgilar, tamgalash yoki molga tegishli: etiketkalarni yopishgarishga talablarni ham o‘z ichiga olishi yoki faqat shunday talablardan iborat bo‘lishi mumkin.
    O‘z DSt 1.10 da keltirilgan ta’rifga asosan, standartlar majburiy yoki STT bo‘yicha Bitim maqsadlariga mo‘ljallangan standartlardan farqli ravishda, qo‘llanishi majburiy bo‘lmagan ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.
    JSG ga a’zo bo‘lishning muhim sharti standartlashtirish bo‘yicha milliy idoralar tomonidan standartlarni tayyorlash, tasdiqlash va
    qo‘llanishga oid vijdonan yaqinlashish amaliyoti Kodeksini tan olish va rioya qilishdan iborat.
    Vijdonan amaliyot Kodeksini tan olgan va unga rioya qiladigan standartlashtirish bo‘yicha idoralar STT bo‘yicha Bitim prinsip*lariga rioya qiluvchilar sifatida JST ning a’zosi deb tan olinadi.
    SDT ni islohot qilish asosiy yo‘nalishlari fundamental dastlabki shartga: mahsulot, jarayon, xizmatlarga talablarni o‘rnatishning ikki darajali tizimiga, o‘xshash (rioya qilinishi shart bo‘lgan texnik reglamentlarning talablari va talablariga rioya qilish shart bo‘lmagan standartlar-ixtiyoriy standartlar) dan iborat.
    O‘zbekistonda, sobiq Sovet Ittifoqining boshqa davlatlaridagi kabi, majburiy texnik me’yorlar standartlarda, farmakopeya maqolalarida, sanitariya, ekologik, shahar qurilish, yong‘indan saqlash, veterinariya, energetik, transport qoidalari va me’yorlarida o‘rnatilgan.
    Majburiy hujjatlar turining ko‘pligi mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulot va xizmatlarni yaratish va sotishda hamda tashqi savdo aloqalarida qiyinchiliklar tug‘diradi.
    Texnik tartibga solish doirasida xalqaro ish amaliyotiga asta- sekin o‘tish va texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitim nizomlariga mos keltirish uchun davlat standartlashtirish tizimiga “texnik reglament”, “ixtiyoriy standartlar” tushunchalari kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlarning darajalariga xalqaro, hududiy va chet mamlakatlarning milliy standartlari kiritilgan.
    Hozirgi vaqtda DAK a’zo-davlatlar tomonidan texnik qonunlar va ularning huquqiy asoslari bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Hozirgi kunda “Texnik tartibga solish asoslari to‘g‘risida” milliy qonunlar Rossiya federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Ukraina, Qozog‘iston, Moldava Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi tomonidan qabul qilingan.
    Bundan tashqari, 2003-yildan boshlab, davlatlararo manfaatga ega bo‘lgan sektorlarda davlatlararo qonunlarni qabul qilish jarayoni boshlandi. MDH mamlakatlari tomonidan yangi texnik tartibga solish tizimiga o‘tish taxminan 7 yilga rejalashtarilmoqda. MDH mamlakat- larining iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan yuqori darajadagi integra- tsiyani, respublika sanoatida davlatlararo standartlarning ko‘pligi (foydalanayotgan hujjatlarning umumiy sonidan 60-80 foizni tashkil
    etadi), O‘zbekistonning yaqin orada JSTga kirishini hisobga olgan holda texnik tartibga solish sohasida MDH mamlakatlari bilan kelishilgan harakatlarni o‘tkazishi zarur.



    Download 4,88 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrotexnikada standartlashtirshsh bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SENELEK)

    Download 4,88 Mb.