|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 63/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariMurojaat qiluvchi — bir yoki bir nechta ish bo‘yicha sertifikatlashtirish jarayonini o‘tkazish uchun murojaat qilgan korxona, muassasa yoki yuridik shaxs;
Ekspert-auditor (sertifikatlash sohasi bo‘yicha) — sertifikatlash sohasida korxona va tashkilotlarning faoliyatini nazorat qila oladigan va baholaydigan huquqiga ega bo‘lgan, attestatsiyadan o‘tgan shaxs.
Majbiiriy sertifikatlash — sertifikatlash huquqiga ega tomonning, mahsulotni yoki faoliyat turini standartlarning majburiy talablariga javob berishini tasdiqlashi.
O‘z xohishi bilan sertifikatlash — iste’molchi, ishlab chiqaruvchi, sotuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda ularning murojaatidan kelib chiqib, sertifikatlashtirish.
Apellyatsiya — tizimda o‘rnatilgan tartib bo‘yicha har bir tomon apellyatsiya tartibi bo‘yicha sifat tizimi tekshirishlarini natijasini qayta ко‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilishi.
Audit — obyektiv va doimiy ravishda takrorlanadigan faoliyat bo‘lib, ma’lum bir obyektga tegishli qoidalarni bajarilishini bir yoki bir guruh shaxslar tomonidan tekshirish uchun o‘tkaziladigan tadbir.
Sertifikatlashtirishning mazmuni va mohiyati.
Sertifikatlashtirish so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, "to‘g‘ri ishlab chiqarilgan" degan ma’noni bildiradi. Mahsulotning to‘g‘ri ishlab chiqarilganligini bilish uchun uning me’yoriy hujjatlaridagi me’yorlarga mosligini tekshirish zarur. Bunday vazifani sertifikatlash amalga oshiradi.
Belgilangan me’yorlarga mos kelishini tekshirish uchun sinovlar o‘tkazish lozim. Sinovlar texnik operatsiyalar bo‘lib, mahsulotning bir yoki bir necha tavsifnomalarini aniqlashdan iboratdir. Sinovlar sinov laboratoriyalarida amalga oshiriladi. Me’yorlarga moslik darajasini tizimli tarzda tekshirish me’yorlariga moslikni baholash deyiladi. "3- tomon" amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Sertifikatsiya mahsulotning (jarayonning, xizmatning) berilgan talablariga mosligini isbotlovchi asosiy ishonchli usuli hisoblanadi. Sertifikatsiya jarayonining tashkil etuvchilari, qoidalar, sinovlar va boshqalar quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillarga standartlash, sifat va bevosita sertifikatsiyaga taalluqli bo‘lgan qonunchilik, sertifikatsiya obyektining o‘ziga xos xususiyatlari kiradi. Sertifikatsiyalash terminini uning markaziy organi amalga oshiradi va bu organning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Tizim ustidan boshqaruvni amalga oshirish;
- Faoliyat ustidan nazoratni amalga oshirish va boshqa organlarga sertifikatsiyani o‘tkazish bo‘yicha huquqni berish.
- Sertifikatsiyani o‘tkazishning qoidalari va tartibini belgilash;
- Sertifikatsiyani amalga oshirish uchun me’yoriy hujjatlarni tayyorlash;
- Sertifikatsiya jarayonini amalga oshirish;
- Sertifikatsiya jarayoni ustidan nazorat o‘tkazish tartibini belgilash.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum belgilangan talablarga ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin.
Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning "Sertifikatlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov labaratoriyalarining akkreditatsiyalash sohalaridagi asosiy atamalar va ularning qoidalari" qo‘llanmasiga kiritilgan. Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo‘llanmasida "sertifikatlashtirish" atamasining faqatgina izohlari berilgan:
- sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda (muvofiqlikni sertifikat- lashtirish) uchinchi tomonning qatnashishi tushuniladi;
- sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi (ta’minlovchining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish) tushuncha zaruriyatini tug‘dirmoqda. Qo‘llanmaning qayta ishlangan nusxasida muvofiqlikni "sertifikatlashtirish" tushunchasi tegishli atamalar guruhiga kiritilgan.
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda Muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - Muvofiqlik bayonoti, Muvofiqlikni attestatlash, Muvofiqlikni sertifikatlash belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to‘la-to‘kis Muvofiqlik haqida butun mas’uliyatni o‘z ustiga olganligini bayon etishga aytiladi. Bu atama so‘nggi vaqtlarda "o‘z o‘zini sertifikatlashtirish" tushunchasi bilan almashinayotgani qayd qilinmoqda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikat- lashtirishning o‘zini o‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatini o‘z ichiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoli- yatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi.
Muvofiqligini attestatlash uchinchi tomon tarafidan "sinov labora- toriyasining bayonoti" tushunilib, malum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish deganda mahsulot (buyum, mol) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, molning) sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat-sertifikat beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri "sertifikatlashtirish tizimi", u quyi- dagicha ta’riflanadi: Sertifikatsiyalashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatsiyalashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqalariga ega bo‘lgan tizimdir.
"Sertifikatsiyalashtirish tizimi" atamasidan tashqari Sertifikatlash- tirish sxemasi tushunchasi kiritilib, u quyidagicha ta’riflanadi: Muvofiqlikni sertifikatlashni o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi".
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘ri- sida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, serti- fikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foidalanish deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyatlari tushuniladi. Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi. Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.
|
| |