|
Majsulotni benuqson tayyorlash tizimi
|
bet | 71/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariMajsulotni benuqson tayyorlash tizimi.
Mahsulotni benuqson tayyorlash (MBT) va uni TTB ga yoki buyurtmachiga birinchi taqdimdayoq topshirish Saratov tizimi Saratov samolyotsozlik zavodida 1955-yilda ishlab chiqildi va joriy etildi. Bu tizim zavodda B.A. Dubovikovning bevosita ishtirokida yaratildi.
Hisobot pakta smena, hafta, oy ichida mahsulotni birinchi taqdimdayoq topshirish foizi bilan tavsiflanadigan mehnat sifatini baholash tizimi asosida sifat ko‘rsatkichi quyidagicha aniqlanadi:
K PT
NT
100%
Bunda:
P T-T vaqt ichida birinchi taqdimdayoq TTB qabul qilgan mahsulot miqdori;
N T-T vaqt ichida TTB ga taqdim etilgan mahsulot miqdori.
Bunda alohida ishchi, brigada, uchastka, tsexning mehnati sifati baholangan, baho natijasi bo‘yicha mukofot miqdorini aniqlashgan.
Saratov tizimini O‘zbekistonning 24 xalq xo‘jaligi tarmoqlari qo‘llagan. Ayniqsa, bu tizim elektrotexnika, elektron va yengil sanoat
korxonalarida samarali ishladi. Masalan, Toshkent radiodetallari zavodida birinchi taqdimdayoq buyumlarning 99,5 foizi, “Toshkent- kabel”, elektron texnika, “Qizil Tong” tikuvchilik firmasida, Olmaliq mebel fabrikasida - 95 foizi TTB ga topshirilgan, Keyinchalik O‘zbekiston korxonalari benuqson mehnat tizimiga o‘tdi. Bu tizim Saratov tizimining “Lvov varianti” nomi bilan ma’lum bo‘lib, Lvov telegraf apparatlari zavodida yaratilgan.
BMT da mehnat sifatining asosiy ko‘rsatkichi TTB ga va buyurtmachiga birinchi taqdimda topshirilgan mahsulot foizi emas, balki quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadigan mehnat sifatining umumlash- tirilgan mezoni (Km0) dan iborat:
n
Kмм К 0
KK
1n
Bunda: K j - mehnat sifati koeffitsienti;
K a - mehnat sifati me’yori deb qabul qilingan va odatda birga teng koeffitsient;
n - mehnat sifati koeffitsientarni pasaytirishda foydalanadigan ko‘rsatkichlarning umumiy soni;
K ki - mehnat sifatiga o‘rnatilgan talablarni g - ko‘rsatkich bo‘yicha bo‘lganligi uchun bahoni kamaytirish koeffitsiyenti.
Keyinchalik, mamlakatimiz korxonalarida mehnat sifatining umum- lashtirilgan koeffitsientini hisoblashda nafaqat ijobiy kamchiliklarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, boshqа mehnat sifatiga o‘rnatilgan talab- lardan ortiq ishda ijobiy natijalarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar ham hisobga olina boshlandi.
Bu holda:
Kмм К 0
m
KK m1
n
KK i 1
Bunda: t - mehnat sifati koeffitsientini oshirishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlarning umumiy soni;
K t — mehnat sifatiga o‘rnatilgan talablardan oshganlik uchun bahoni oshirish koeffitsienti.
Bunda mehnat sifati koeffitsienti birdan katta bo‘lishi mumkin. Benuqson mehnat uslubiga o‘tish, odatda, ishlab chiqarish-texnik bazani takomillashtirishni talab qiladi.
Qo‘qon superfosfat zavodida superfosfatni omborda saqlamasdan yetiltirish yangi texnologik sxemasi joriy etildi, tebranma elak takomillashtirildi, quritish barabanlarining issiqlik rejimini avtomat-
lashtirish og‘itlar namligini 3 % dan oshmaydigan qilib chiqarishga imkon berdi. “Toshkentkabel” zavodida asosiy texnologik, tekshirish o‘lchash va sinash uskunalari tartibga tushirildi, MARS-200 turdagi issiqlik rejimlarini avtomatik rostlash mashinalari ishga tushirildi va h.k. Yengil sanoat korxonalarida ham ishlab chiqarish bazasi takomil- lashtirildi.
Tizim ishlagan sharoitlarda tekshirish, hisobga olish, tahlil, kadrlar tayyorlash tizimlari qayta tashkillashtirildi va takomillashtirildi. Sifat maktablari, sifat kunlari keng ko‘lamda yoyildi.
Saratov tizimi keyinchalik mahsulot sifatini boshqarish kompleks tizimiga tarkibiy qism sifatida kiritildi.
|
| |