• 4.4-rasm. Sifatni boshqarish evolyutsiyasi.
  • Sifatni boshqarish tizimi




    Download 4,88 Mb.
    bet72/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Sifatni boshqarish tizimi.


    A. Feygenbaum zamonaviy ishlab chiqarish va iste’mol sharoitlarida “sifat” tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar doirasini quyidagicha ifodalaydi: “Chiqarilayotgan mahsulot assortimenti muttasil kengaya- yotgan sharoitlarda iste’molchi, ya’ni uy bekasi bo‘ladimi, yoki sanoat korporatsiyasi, universal do‘konlar tarmog‘i yoki vazirligimi, mahsulotni sotib olishning maqsadga muvofiqligini sifatga qarab aniqlaydi. Mahsulot sifatini boshqarish kompleks tizimlari puxta ishlab chiqilgan va samarali ishlaganda firmaning rentabelligini va katta foyda ko‘rishini ta’minlaydi. Sifatni boshqarish tizimini joriy qilish natijasida korpo- ratsiyalar chiqariladigan mahsulot hajmini kattalashtirmoqda, mehnat unumdorligining oshishiga erishmoqdalar, sifatga xarajatlarni jiddiy kamaytirish va raqobatbardoshlikni oshirishni ta’minlamoqda”.
    Demak, “Sifat mohiyati tashkilashtirishni boshqarish samaradorli- gining ko‘rsatkichidan iborat".
    A. Feygenbaumning aniqlashicha, sifatni boshqarish evolyutsiyasi XX asrga hos hususiyat bo‘ldi. Bunda sifatni boshqarishga yondashishda asosiy o‘zgarishlar taxminan har 20 yilda sodir bo‘ldi (4.3-rasm). A.V. Glichevning fikricha, A. Feygenbaum sifatni boshqarish shakllari va metodlarining izchillik bilan integratsiyalanishi umumiy tamoyilini to‘g‘ri belgilagan. Sifat tizimlari bo‘yicha ba’zi mutaxassislarda, sifatni boshqarishning yangi metodining paydo bo‘lishi ilgarigi shakllar va metodlarni yo‘qqa chiqaradi, degan fikr bo‘lgan. Masalan, bizning mamlakatimizda ham shunday fikr bo‘lganki, MSB KT mahsulotni benuqson tayyorlash va uni birinchi taqdimdayoq topshirishni yo‘qqa chiqaradi. Shunga qaramay, mahsulotni benuqson tayyorlash MSB KTning ajralmas elementidir.

    Yillar

    1900 Sifatni individual tekshirish, 1920 Sifatni tekshiruvi, 1930 Mahsulotni qabul qilishda sifatni, 1960 Sifatni statistik tekshirish, 1980 Sifatni kompleks boshqarish.


    4.4-rasm. Sifatni boshqarish evolyutsiyasi.


    Sifatni boshqarishni rivojlantirishning birinchi bosqichi XIX asrga хos bo‘lib bunda bir ishchi yoki ishchilar guruhi barcha buyumlar sifatiga mas’ul bo‘lgan - sifatni individual tekshirshi qo‘llanilgan.
    XX asr boshlari uchun xoslik shundan iborat bo‘ldiki, bunda umumiy ishni ishchilar guruhi bajaradigan korxonalar paydo bo‘ldi, bularning tepasida sifatni maqsadli tekshiruvchi tsex ustasi turgan.
    Ishlab chiqarish murakkablashishi bilan bu ishga ishchilarning katga guruhlari qo‘shiladi, bu esa shtatli tekshiruvchilarni jalb etishni talab qildi mahsulotni qabul qilishda sifatni tekshirish usuli kiritildi. Boshqaruvchilar tomonidan boshqariladigan alohida yirik tekshirish xizmatlari paydo bo‘ldi.
    Uchinchi bosqich davomi 60-yillarga to‘g‘ri keladi - sifatni statistik tekshirish boshlanib, bunda tekshiruvchilar statistik asboblar: yaroqsizlikka chiqarish tekshiruvi kartalari va tekshirish kartalari bilan qurollandi.
    Sifatni kompleks boshqarish - beshinchi bosqich sifat muammolarini kompleks hal etish talabi tufayli yuzaga keldi.
    A. Feygenbaum fikricha, sifatni kompleks boshqarish - nafaqat boshqarish funktsiyasi, balki butun tashkilot va korxonaning sifat sohasidagi o‘zaro bog‘langan ko‘p vazifali faoliyatidir.
    A. Feygenbaum sifatni kompleks boshqarishning butun tashkilotga ta’siriga alohida e’tibor beradi. Bunday boshqaruv, istemolchining talablarini qondirishga yo‘naltirilgan boshqaruv va texnik ishlarni bajarishni talab qiladi. Bunday vazifa umumiy rahbariyat, mahsulotni
    хaridga chiqarish tizimi, loyihalash bo‘limlari, ishlab chiqarish, firma ma’muriyati va xodimlari, moliyalash tizimi, xizmat ko‘rsatish va sifatni boshqarish funksiyasining birinchi darajali majburiyati bo‘ladi.
    A. Feygenbaum yana shunday yozganki, korxona rahbariyati anglab etishi kerakki, sifatni boshqarishning kompleks tizimi sifatni oshirish yoki xarajatlarni kamaytirish uchun mo‘ljallangan muvaqqat loyiha emas. Faqat sifatni oshirish va xarajatlarni kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolar bartaraf etilgandan keyingina sifatni boshqarish tizimi korxona rahbariyati uchun mahsulot sifatini yaxshi- lashga qaratilgan doimiy ishlaydigan richagga aylanadi”.
    AQSH olimlari va mutaxassislarining fikricha, yaxshi tashkillash- tirilgan va samarali sifatni boshqarish tizimi so‘zsiz bir shart bilan yaratilishi mumkin - bu ishni shaxsan korxona rahbari boshqarishi lozim. 60-70-yillarda AQSHda sifatni boshqarish bo‘yicha olimlar va mutaxassislarning, shu jumladan A. Feygenbaumning qator ishlarida shunday fikr bo‘lganki, sifatni boshqarish va ta’minlash — korxonalarni boshqarish maxsus xizmatlari va tekshirish xizmatlarining vazifasidir. Bu shunday tushuntirilganki, sifat to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik hammaga tarqatilganda hech kimniki bo‘lib qoladi. Lekin Yaponiyada butunlay boshqacha - sifatni ta’minlash — jami xodimlar ishidir. Bu masalada bir tomonlama fikr yuritmaslik kerak: bu yerda sifat muammosini yechishda maxsus xizmatlarning yoki hamma xodimlarning ishtirok etishini belgilovchi sabablar ko‘p bo‘lishi mumkin. Muhimi AQSH va Yaponiyada firmalar erishayotgan natijadir, umumiy g‘oya - mahsulot
    sifati muhimdir.

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




    Download 4,88 Mb.