Tizimning asosiy maqsadalri quyidagilar




Download 4,88 Mb.
bet74/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Tizimning asosiy maqsadalri quyidagilar:


  • mashinalarning konstruktsiyasini takomillashtirish;

  • texnologik jarayonlarni takomillashtirish;

  • ishlab chiqarishni tashkillashtirishni takomillashtirish;

  • ishlab chiqarish madaniyati va sanoat estetikasini oshirish;

  • detallar, uzellar va agregatlarni yuqori sifatli tayyorlashni ta’minlash;

  • ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tekshiruvning obyektiv metodlarini joriy etish;

  • buyumlardan foydalanish (ekspluatatsiya) texnik darajasini oshirish.

Уеttita eng muhim maqsadlarning har biri korxonaning o‘zaro bog‘langan uchastkalarida ishlar kompleksini o‘z ichiga oladi, bu uchastkalar kelishilgan tadbirlarni amalga oshiradi, bu tadbirlarni asosiy masalani hal etishga - sifatni yaxshilashga, boylikni ko‘paytirishga va puxtalikni oshirishga yo‘naltiradi.
Tizimda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, texnologik jara- yonni takomillashtirish, og‘ir sermehnat ishlarni kompleks mexanizatsi- yalashtirish, zamonaviy yuqori unumli uskunalarni joriy etishga muhim o‘rin ajratilgan.
Jumladan, keyingi yillarda buyumlarning puxtaligini oshirish va boylikni ko‘paytirish uchun korxonada turli metallar va qotishmalardan tayyorlangan detallarni mustahkamlashning istiqbolli metodlari, yupqa detallarni titratma silliqlash, abraziv kukun bilan suyuq muhitda ishlov berish joriy etildi, qotishmalarni argon - yoy payvandlash istiqbolli texnologiyasi, mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash - qizdirish elementlarini kavsharlash, silfonlarni avtomatik payvandlash o‘zlash- tiriddi, mexanizatsiyalashtirilgan omborlarni loyihalash va qurish besh yillik rejasi ishlab chiqilgan.
Mexanika tsehlarida ishlar ishlab chiqarish jarayonlarini mexani- zatsiyalashtirish va avtomatlashtirish va yuqori unumli yangi uskuna va asboblarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish va sifatni yaxshilash yo‘nalishida olib borilmoqda. Mexanikaviy ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizaniyalashtirish vazifalari raqamli dastur bilan boshqariladigan (RDB) dastgohlarni keng ko‘lamda joriy etish hisobiga hal etilgan. RDBli dastgohlar parki uzluksiz
o‘smoqda. Mexanik ishlab berish texnologik jarayonlari, shu jumladan qirindilarni yig‘ishtirish ham yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan.
Birgina mexanik ishlov berishda istiqbolli texnologik jarayonlarni joriy qilish natijasida materiallardan foydalanish koeffitsientining jiddiy kattalashishiga va mehnat sarfini 500 ming norma-soatga shartli kamaytirishga erishildi.
Ishlab chiqdrishda olmosli asboblardan keng foydalanilmoqda. Bunday asbob mehnat unumini jiddiy oshirish va ishlov berish sifatini yaxshilashga imkon beradi. Mexanika tsexlarida, ayniqsa RDBli dastgohlarda universal-yig‘ma moslamalar va universal qayta sozlana- digan yordamchi jihozlar yanada rivojlantirilmoqda.
Qabul qilingan sifat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish borasida qator muhandislnk, iqtisodiy va tarbiyaviy tadbirlar joriy etildi. Tizimning asosiy yo‘nalishlaridan biri - mahsulotni benuqson tayyorlash va uni birinchi taqdimdan TTBga topshirish yanada rivojlantirildi. Ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilarni - mahsulot sifati uchun bevosita bajaruvchilarni rag‘batlantirish uchun qator nizomlar chiqarildi. “Sifat a’lochisi” unvonini tasdiqlash to‘g‘risida” nizom ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu unvonni topshirishda faxriy yorliq, ko‘krakka taqiladigan belgi va pul mukofoti ham beriladi. Unchalik muhim bo‘lmagan operatsiyalarni tekshirish bajaruvchilarning o‘ziga topshi- rilmoqda. Shaxsiy tamg‘alar 1150 ishchiga tonshirilgan.
Zavodning barcha tsexlari va xizmatlari bu yerda keltirilgan sxema bo‘yicha ishlagan. Bu sxema zavodga chiqariladigan buyum sifatini oshirishga va ularning resursini 3,5 marta ko‘paytirishga, montaj ishlarining tsiklini qisqartirish va mehnat sarfini kamaytirishga, buyumlarning ishda buzilishi hollarini va bunga mos holda mashinalarni ishga layoqatli holda asrash xarajatlarini iste’molchilarda kamaytirishga imkon berdi. Reklamatsiyalar soni 2,5 marta, nobudgarchiliklar esa 4,6 martaga kamaydi.
YUSBKPOTT ni ishlab chiqqanligi va joriy etganligi uchun rahbarlar va yetakchi mutaxassislar guruhi (Kadishev S.I., Balakirev D.P., Pospelov K.S., Toxtayev T.M., Mallin U.R., Safarov K. A. Frolov B.G., Galeev M.S. va b.) aviatsiya sanoatining mukofotini oldi.
Toshkent elektron texnika zavodida yuqori sifat va puxtalikni ta’minlash tizimi (YUSPTT) yaratildi va joriy etildi. Bu tizimning asosiy maqsadi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida detallar, uzellar,
tayyor buyumlarning yuqori sifatli tayyorlanishini ta’minlash va sifatni statistik tekshirish metodlarini joriy etishdan iborat.
Bu zavodda 1968-yildan boshlab tsexlar ishining sifatini baholash va xususiy tamg‘a to‘g‘risida nizomlar joriy etilgan. Mavjud nizomga ko‘ra sifat koeffitsienti 7,5 balldan past bo‘lgan tsexga afzalli o‘rin berilmaydi. Tsexlarda alohida bajaruvchilar va brigadalar o‘rtasida musobaqalar tashkillashtirilgan. Mahsulot sifati uchun moddiy rag‘batlashtirish maqsadida mehnat ishbay xaq to‘lash yangi tizimi joriy etilgan. Bunda mukofot tayyorlangan mahsulot sifatini hisobga olgan holda beriladi. Vaqtbay-mukofot tizimida mukofot mahsulotni birinchi taqdimdan topshirishning ma’lum foizi uchun beriladi. Xususiy tamg‘ani qo‘llanish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar maoshiga 10 % miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Tizimni joriy etish natijasida benuqson yarim o‘tkazgichli priborlarni buyurtmachilarga topshirish 11,8 foizga oshdi, reklamatsiyalar soni esa 3 marta qisqardi. Mehnat va mahsulot sifatini boshqarish muammosiga tizimli yondashish O‘zbekistonning boshqa korxonalarida ham keng qo‘llanilgan.



Download 4,88 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Download 4,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tizimning asosiy maqsadalri quyidagilar

Download 4,88 Mb.