• Materiallarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash.
  • Yemirmaydigan sinash usulini uning ko‘rinishlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 4,88 Mb.
    bet76/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Birinchi masala – konstruksion materiallarning issiqlik-fizikaviy, strukturaviy, mustahkamlik va deformatsion xossalarini aniqlash hamda konstruksiyaga ta’sir etuvchi tashqi kuchlarning xarakterini belgilash kiradi.
    Ikkinchi masala – hisoblash yo‘li bilan aniqlangan zo‘riqish va ko‘chishlarni real konstruksiya yoki uning modelida hosil bo‘ladigan zo‘riqish va ko‘chishlar bilan solishtirish muammolari hal etiladi.
    Uchinchi masala – hisoblash modellarini identifikatsiyalashga, ya’ni birxillashtirishga yo‘naltirilgan. Bu masala tajriba yo‘li bilan olingan natijalar asosida hisoblash sxemalarini sintez qilish, ya’ni ularni umumlashtirish, ulardan bir butun xulosa chiqarishga bog‘liq.
      1. Materiallarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash.


    Konstruksiya va uning elementlarini buzmasdan (yemirmasdan) sinash usullari keyingi davrlarda jadal rivojlanib bormoqda. Bu usul obyektning yuk ko‘tarish qobiliyatiga zarar yetkazmagan holda uning haqiqiy holatini aniqlash imkonini beradi. Yemirmaydigan usullar yordamida konstruksiya va uning elementlaridagi betonning namligi, zichligi, mustahkamligi, shuningdek, konstruksiyadagi mavjud nuqsonlarni aniqlash mumkin.
    Yemirmaydigan sinash usullari, ko‘p hollarda, obyekt xossalarini bilvosita aniqlash uslubiyatiga asoslanadi. Sinovlarning yemirmaydigan usullari tekshirilayotgan obyektlarning normal ishlab turishiga halal
    bermaydi. Bu usullar konstruksiyalarning haqiqiy holatini loyihada qabul qilingan kuchlanish holatiga qay darajada mos kelishini aniqlash, shuningdek, ekspluatatsion resurslarni prognoz qilish imkoniyatini beradi.

    Yemirmaydigan sinash usulini uning ko‘rinishlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:


        • siziluvchi muhit usuli suyuqlik yoki gazlarni obyektga singish (sizib o‘tish) miqdorini o‘lchashga asoslanadi;

        • mexanikaviy sinovlar shu joydagi yemirilishlar tahlili hamda obyektning rezonans holatini o‘rganish bilan bog‘liq;

        • sinovlarning akustikaviy usullari ultratovush ta’sirida uyg‘onadigan elastik tebranishlar parametrlarini aniqlash bilan bog‘liq;

        • magnitaviy usullar;

        • radiatsion usullar neytron, radioizotop va tormozli nurlanishlarni qo‘llash bilan bog‘liq;

        • issiqlik usullari issiqlik maydonini o‘rganish bilan bog‘liq;

        • radioto‘lqin usullari yuqori chastotali tebranishlarni tekshiri- layotgan obyektda tarqalishi bilan bog‘liq;

        • elektrga oid usullar tekshirilayotgan obyektning elektr sig‘imi, elektr induktivligi va elektr qarshiligiga baho berish bilan bog‘liq.

      1. Download 4,88 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   85




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 4,88 Mb.