|
Sizish muhiti va mexanik sinov usullari
|
bet | 77/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari Sizish muhiti va mexanik sinov usullari
Rezervuarlar, gazgolderlar va quvurlar kabi inshootlarning zichligini (germetikligini) tekshirishda muhitlar usulidan foydalaniladi.
Tajribada suvdan foydalanilsa, idish (sosud) ish jarayonidagiga nisbatan balandroq sathga qadar suvga to‘ldiriladi. Yopiq idishlarda qo‘shimcha suv yoki havo kiritish yo‘li bilan bosim oshiriladi. Metall konstruksiyalarning alohida choklari atom atrofidagi bosim bilan brandspoyt – (yong‘inga qarshi ishlatiladigan suv nasosi) dan tizillab otilgan kuchli suv oqimi yordamida tekshiriladi. Tekshirilayotgan ulama choklarda nuqson mavjud bo‘lsa, suv zichligi zaif bo‘lgan joydan sizib o‘tadi.
Yoriqlarni aniqlashda-kerosindan foydalanish yaxshi samara beradi. Yopishuvchanligi hamda sirt tarangligi suvga nisbatan kam bo‘lganligi tufayli kerosin g‘ovak va yoriqlar orqali buyumning orqa tomoniga oson sizib o‘tadi. Chok sirtining bir tomoniga kerosin surtiladi yoki sepiladi, sirtning orqa tomoni esa bo‘r eritmasi bilan yengilgina oqlanadi va quritiladi. Yoriqlar mavjud bo‘lsa, sizib o‘tgan kerosin qurigan oppoq fonda zang dog‘lari hosil qiladi.
Siqilgan havodan foydalanish usuli nuqson aniqlashning eng sodda usullaridan biri sanaladi. Bunda chokning bir tomoni 4 atmosfera bosim ostida siqilgan havo bilan purkaladi. Hosil bo‘lgan havo pufakchalari yoriqlarning mavjudligidan darak beradi.
Nuqsonlarni aniqlashda ultratovush usuli ham keng qo‘llaniladi. Bu usul yoriqlardan havo o‘tganda ultratovush tebranishlarining o‘zga- rishiga asoslanadi.
Yoriq izlovchi asboblar vositasida 0,4 at. bosim ostida 2 sm gacha bo‘lgan aniqlikda 0,1 mm gacha bo‘lgan yoriqlarni aniqlash mumkin. Juda muhim konstruksiyalarni tekshirishda havoning o‘rniga oson sizadigan kimyoviy moddalardan (havo-ammiyak aralashmasi va boshqalar) foydalaniladi.
Yoriqlarning mavjudligini vakuum hosil qilish yo‘li bilan ham aniqlasa bo‘ladi (5.1-rasm). Tekshirilayotgan konstruksiya (3) sovunli suv bilan ho‘llanadi va unga qopqog‘i (5) shaffof bo‘lgan tubi yo‘q quti
(4) qoplanadi. Rezina zichlagichlar 1 qutiga havo kirmasligini ta’minlaydi. Quti vakuum — nasos (6) ga ulanadi. Sovun pufakchalari 2 ning paydo bo‘lishi konstruksiyada yoriqlar borligidan darak beradi.
|
| |