Sifatni ta’minlash Toshkent tizimi




Download 4,88 Mb.
bet73/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Sifatni ta’minlash Toshkent tizimi.


Buyumlarning sifatini oshirish mehnat sifati bilan chambarchas bog‘langan O‘zbekiston sanoati turli tarmoqlarining korxonalarida benuqson mehnat tizimi (BMT) ga katta qiziqish bo‘lgan. Benuqson mehnatni joriy etish har bir tarmoq va har bir korxonaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Benuqson mehnat tizimini qo‘llanuvchi korxonalar va tarmoqlar har yili ko‘paya bordi. Bular ichida aviatsiya, to‘qimachilik, yo‘l-qurilish, neft-kimyo va qishloq xo‘jalik mashinasozligi, elektrotexnika, radioelektron, kimyo, tikuvchilik, to‘qimachilik, mebel va metallurgiya sanoati korxonalari, qishloq xo‘jaligi korxonalari bor. Bu tizimni joriy etish ustida, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sohada: konstruktorlik tashkilotlarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida, xizmat ko‘rsatish sohasida ham muvaffaqiyatli ishlar olib borildi.
Minglab ishchilar o‘z mahsulotlarini birinchi taqdimdayoq TGB ga topshirdilar, ko‘p ilg‘or ishchilar o‘zlarining xususiy sifat tamg‘alariga ega bo‘ldi, yuzlab tsexlar TTB tomonidan doimiy tekshiruvsiz ishlay boshladi.
Benuqson mehnat tizimini O‘zbekiston korxonalarining ish amaliyotiga jadal joriy etishning ikki bosqichini ko‘rish mumkin.
Birinchi bosqich sobiq Sredazsovnarxozning 22 iyun 1964 y. №139 “Mahsulot tayyorlashning Saratov metodini joriy etish to‘g‘risida” qarori bilan, ikkinchi bosqich - respublika korxonalarida chiqariladigan mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha tadbirlar tizimini joriy etish to‘g‘risida qaror bilan bog‘liq.
Shunday qilib, benuqson mehnat tizimi dastlabki Saratov variantida O‘zbekiston sanoatida 1964-yildan boshlab keng ko‘lamda qo‘llana boshladi. Lekin, ayrim korxonalar BMTni joriy etishga ancha ilgari tayyorlana boshladi. 1959-yilda Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi bo‘yicha buyruq bilan sifatni yaxshilash va mahsulotni birinchi taqdimdan toрshirish tizimi joriy etildi. Bu tizimni keyinchalik takomillashtirish jarayonida to‘plangan tajribani hisobga olgan holda uch yildan keyin “Mahsulotni benuqson tayyorlash va uni TTB ga va buyurtmachiga birinchi taqdimdan topshirish to‘g‘risida” nizom tayyorlandi, BMT to‘rtta tsexning ishida sinab ko‘rildi va uning samaradorligiga ishonch hosil qilgach, yangi nizomni butun korxonaga joriy etildi. Buyumlarni benuqson tayyorlash va chiqarish masalasini kompleks va samarali hal etishni ta’minlovchi yo‘llarni izlash mahsulotni tayyorlash, tekshirishga taqdim etish tartibini va baja- ruvchilarning mas’ulligini aniq belgilovchi tizimni yaratish zaruriyatiga olib keldi.
Zavod xodimlarining bir guruhi yetakchi mutaxassislar boshchi- ligida MSB KT ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli ishladi. Buning uchun Rubiy I.Ya., Mallin U.R., Frolov YUM., Shubin I.S., Shevchenko II.M. Kadishev S.I. nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi.
Zavodda yaratilgan va joriy etilgan yuqori sifat, boylikni ko‘pay- tirish, puxtalikni oshirishni ta’minlash ilmiy-asoslangan tizimi (YUSBKPOTT) mahsulotni nuqsonsiz tayyorlash vazifasini hal qilishda yakuniy bosqich va jiddiy qadam bo‘ldi.
Bu tizimni yangi mashinalarni seriyali ishlab chiqarishda qo‘llash tajribasi uning yuqori samaradorligini ko‘rsatdi. Tizim mashinalarning konstruktsiyasini takomillashtirishdan boshlab, ulardan foydalanish
texnik darajasini oshirishga bo‘lgan masalalarning keng ko‘lamini qamraydi.

Download 4,88 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85




Download 4,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sifatni ta’minlash Toshkent tizimi

Download 4,88 Mb.