|
Sifatni tekshirishdan sifat tizimlariga o‘tish
|
bet | 70/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariSifatni tekshirishdan sifat tizimlariga o‘tish.
AQSH da sifatni tekshirish to‘g‘risida eng ilk ma’lumotlar 1924- yilga oid bo‘lgan. Bunda “Bell telefon” kompaniyasining labora- toriyasida doktor V. A. Shyuxart sanoat mahsulotining sifatini tahlil qilish uchun statistik tekshirish kartasini birinchi bo‘lib qo‘lladi. 1931 y. da V.A. Shyuxart “Sanoat mahsulotini sifatini iqtisodiy tekshirish” nomli kitobini nashr etdi. Bu kitobda sifatni tekshirishning iqtisodiy manbalari ko‘rib chiqilgan.
E. Deming oddiy statistik metodlarning nazariy asoslarini va E. Deming, Dj. Djuran jarayonni statistik tekshirish nazariy asoslari ustida ish olib borgan.
Sifatni yaxshilash bo‘yicha ishlar navbatini grafik usulda tasvirlashga urinishlar bo‘lgan. 1950 y. da statistik metodlar bo‘yicha amerika olimi va mutaxassisi E. Deming yapon mutaxassislari uchun o‘tkazgan seminarida sifat tizimining modelini umumiy ko‘rinishda namoyish qildi (4.2-rasm).
Mahsulot sifatiga oid Fikrlar Mahsulot sifati uchun mas’ullik hissiyoti
4.2-rasm. Sifat tizimining birinchi modeli.
E. Deming o‘z modelini quyidagicha tavsiflagan: “Bu diagramma, menimcha, tushunish uchun juda oddiy, men uni to‘rt sektorga ajratilgan “g‘ildirak” ko‘rinishida yozdim. G‘ildirak “mahsulot sifatiga oid fikrlar” va “mahsulot sifati uchun mas’ullik sezgisi chizig‘i bo‘ylab g‘ildiraydi. Eng muhimi shundaki, g‘ildirakning barcha to‘rt cheti bir-biri bilan bevosita bog‘langan bo‘lib, uning boshi va oxiri yo‘q. Aynan shu sababli ham men doyira yasadim”.
Seminarda keltirilgan sifatni boshqarish tizimi tamoyili va fikriga minnatdorchilik uchun Yapoiiyada Deming nomidagi milliy mukofot ta’sis etildi. Yapon mutaxassislari birinchi modelda mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishga tizimli yondashish g‘oyasini ko‘rdi, ta’kidladi va o‘z faoliyatlarida ishlab chiqib, foydalana boshladi. AQSHda ham shunday mukofot - Malkolm Boldridj nomidagi milliy mukofot, Sifat bo‘yicha Yevropa mukofoti, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining mukofoti ta’sis etildi va b.
O‘tgan asrning 80-yillarida sifatni rejalashtirish, sifatni oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish masalalariga katta e’tibor berila boshlandi. AQSHning sifatni boshqarish bo‘yicha mashhur mutaxassisi
professor Dj. Djuran fikricha, AQSH firmalari o‘zlarining sifat siyosatida asosiy diqqatni sifatni tekshirishga qaratdi, bu bilan, sifat tafsilotlarini “muzlatib” qo‘ydi, natijada sifat inqiroziga uchradi.
Dj. Djuran fikricha, sifatni rejalashtirish sifati ta’minlashdagi uchta muhim omil (rejalashgirish-tekshirish-sifatni oshirish)ning biridir. Bunda sifatni rejalashgirishda iste’molchining fikri asos bo‘ladi - faqat iste’molchi o‘ziga nima kerakligini yaxshi biladi. Dj.Djuranning aytishicha, iste’molchi buyum bilan birga uning ish imkoniyatlarini ham sotib oladi va aynan shu narsa iste’molchi uchun muhimdir. Agar bozor parketni yaltiratuvchi lakni taklif etsa, iste’molchi pol artgich o‘rniga lak sotib oladi. Sifatni rejalashtirishda iste’molchilar doirasini o‘rnatish va ularning ehtiyojini aniqlash va bu asosda buyumning tafsilotlarini ishlab chiqish va bularni ta’minlash usullarini ta’minlash muhim masala bo‘ladi.
Dne. Djuran ta’kidlagan ediki, “Bizga sifatni keng rejalashtirish va tekshirishda yagona yondashish yetishmaydi. Biz maqsadlarning birligi zaruriyatini sezmoqdamiz, “ular kim o‘zi uchun’’ bo‘layotgan holat bizni tashvishga solmoqda.
Yagona rejalashtirishning yo‘qligiga aniq isbotlar bor va biz bunday holatdan qoniqmaymiz”.
|
| |