U quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart




Download 4,88 Mb.
bet68/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

U quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart:


  • Respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va tartiblari;

  • sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha bilimlar va me’yoriy hujjatlarni tushunish;

  • sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha asosiy ishlar mazmuni;

  • sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va huquqiy asoslari;

  • mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash tajribasi;

  • sertifikatlashtirish. Metrologiya va sifat tizimlarining asoslari;

  • tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishining statistik usullari;

Ekspert-auditor tahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining fikrini qattiq va asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatga to‘g‘ri qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, ma’suliyatli, prinsipial ravishda xayriхoh, xushmuomalali, odobli va o‘zini tuta bilishlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ekspert-auditor tekshiriladigan obyektning xodimlari bilan aloqada bo‘lishi va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot uchun har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikat- lashtirish maqsadlari uchun); tizimda amaldagi me’yoriy-uslubiy hujjat- larni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiruvchi mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarni tuzatish yuzasidan o‘z mulohazalarini kiritish huquqiga egadir. Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga olib, sertifikatlashtirish milliy idorasi “O‘zdavstandart” tomonidan ekspert- auditorlar tayyorlash maxsus turlari tashkil etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy tomonlari O‘zTMTIning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarini tayyorlash odatda ikki bosqichda olib
boriladi: nazariy bilimlarni olish va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Talablarning nazariy bilimlarini “O‘zdavstandart” tomonidan tuzil- gan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari yetarli darajada bo‘lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining ekspert-auditori degan guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan o‘tmasa - rad etiladi).
Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha muayyan burch va ma’suliyatlarga egadirlar.



    1. Download 4,88 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85




Download 4,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



U quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart

Download 4,88 Mb.