O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




Download 4,88 Mb.
bet67/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Ekspert auditorlar.


Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga faol qatna- shuvchi shaxs bu ekspert-auditordir. U odatda sifat tizimlarini, ishlab chiqarishni va mahsulotni sertifikatlashtirishda sinov laboratoriyalarini akkreditlashda va boshqa ishlarda qatnashishi mumkin. Ekspert - auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatlangan shaxsga aytiladi. Ekspert-auditor sifatida “O‘zdavstandart” tomonidan belgi- langan tartibda attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar va boshqa tashkilotlarning vakillari hamda belgilangan hujjatlar bilan ishlashda yetarli chuqur bilimga ega bo‘lgan xususiy shaxs ham bo‘lishi mumkin.
Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi:
- mahsulot, jarayon, xizmatlarni, sifat tizimlarni va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish;
- sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini hamda sertifikatlashtirilgan sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‘unligini nazorat qilish;
- sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlash idoralari, sinov labora- toriyalarini (markazlarini) va ularning faoliyatini nazorat qilish;
- sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish.
Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi, bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi.
Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim:
- to‘liq oliy ma’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida yetarli bilimga ega bo‘lib, faoliyati sertifikatlashtirishning ma’lum turi bo‘yicha attestatlangan bo‘lishi kerak;
- oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yili standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni boshqarish va ta’minlash sohalarida ishlagan bo‘lishi kerak;
- Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim.

Download 4,88 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85




Download 4,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

Download 4,88 Mb.