|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 66/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariBeshinchi sxema. Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o‘tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shaxobchasida va ishlab chiqarishda namunalar sifatini nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada chiqaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonada mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baholanishida va uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarda, hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko‘p
tarqalgan sxemadir. Birinchi-to‘rtinchi sxemalariga qaraganda bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo‘lib, uning afzalligi iste’molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa asosiy mezon hisoblanadi.
Oltinchi sxema. Faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash bilan tizimni baholashni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajadagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi.
Yettinchi sxema. Mahsulotning har bir tayyorlangan to‘dasidan sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarning natijalariga qarab to‘dani ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning hajmi aniqlanishi lozim. Bu esa tayyorlangan to‘daning katta-kichikligiga maqbul bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘liq. Qabul qilingan qoidaga asosan tanlanmani to‘plash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo‘llanilishi statistik usulni qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Sakkizinchi sxema. Har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o‘tkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi sxemalarga qaraganda ta’minlovchining mas’uliyati ancha yuqori. Tabiiyki, muvaffaqiyatli sinovlardan o‘tgan buyumlargina sertifikat yoki Muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori va qat’iyroq talablar qo‘yilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi iste’molchiga katta iqtisodiy zarar yetkazganida qo‘llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaho metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaho metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan sertifikatlashtirishning yangi xili yaratilib, bu usul bilan faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini tasdiqlanishi (attestatlanishi)ga asoslangan.
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to‘liq bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda. Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora
muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil etadi. Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo shaxobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish va shunga o‘xshashlarni bajarib, uchinchi tomon vazifasini bajaradi.
ISOda maxsus sertifikatlashtirish qo‘mitasi tuzilgan va u SERTIKO deb yuritiladi. U hududiy va milliy belgilarni to‘g‘ri kelishini haqqoniyligini o‘zaro tan olish, ta’minot vositalarini o‘rganish, sertifikatlash tizimida ISO standartlaridan foydalanishni nazorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
|
| |