• 4.1-rasm. Sifatni boshqarish evolyutsiyasiga yondashish.
  • Sifatni boshqarish tizimi




    Download 4,88 Mb.
    bet69/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Sifatni boshqarish tizimi.

    Tizimli yondashishning rivojlanish bosqichlari.


    2001-yilda A.V.Glichevning “Osnovi upravleniya kachestvom produktsii” (qayta ishlangan va to‘ldirilgan ikkinchi nashri. Moskva, RIA “Standarti i kachestvo”, 2001) kitobi nashrdan chiqdi. Ushbu bobning asosiy nizomlari A.V. Glichevning nomi keltirilgan kitobidan olindi.
    Sifatni boshqarishga navbatma-navbat yondashish evolyutsiyasi pro- fessor K. Lisetski, K. Adametskiy nomidagi polsha iqtisod Akademiyasi tomonidan grafik usulda juda muvaffaqiyatli tasvirlangan (4.1-rasm).
    Grafikni tahlil qilishda ikki holat yuzaga chiqdi: birinchi - 1970 dan 1998-yilgacha davrda sifatni boshqarishninig muayyan shakllari va metodlari to‘g‘risida hech nima aytilmagan. Hatto 1987-yilda 9000 seriyali ISO xalqaro standartlarining qabul qilinganligi to‘g‘risida eslatilmagan. Bu mutlaqo tushunarsiz. Ikkinchi sobiq Sovet Ittifoqi olimlari va mutaxassislarining bu sohadagi yutuqdari to‘g‘risida eslatilmagan (“Nol nuqsonlar” tizimi mualliflarining biri - B A. Dubovikov bundan mustasno). Vaholanki, “nol defektov” (nol nuq- sonlar) Saratovda yaratilgan benuqson mehnat (BMT) va mahsulotni benuqson tayyorlash (MBT) tizimlarining rivojidir, Ikkinchi holatning sababi tushunarli - sovet olimlari va mutaxassislarining ilmiy ishlari kollektiv mehnat natijasi sifatida mamlakatda amaliy qo‘llanish uchun davlat standartlariga va boshqa me’yoriy-metodik materiallar tarkibiga kiritilgan. Maxsus adabiyotlarda bu ishlarning faqat kam qismi aks ettirilgan. Shuning uchun jahon ilmiy-texnik jamoasi, shu jumladan
    K. Lisetski ham yetarli axborotga ega emas edi.
    A.V. Glichev quyidagi mavzularga va ishlanmalparning muallif- lariga havolalar qilib, K. Lisetskiyning sifatni boshqarishga yondashish evolyutsiyasi grafigini va bundagi kamchiliklarni bildiradi.

    4.1-rasm. Sifatni boshqarish evolyutsiyasiga yondashish.


    1955 y. - Benuqson mehnat Saratov tizimi - (BMT) yoki mahsulotni benuqson tayyorlash tizimi (MBT) (B.A. Dubovikov).
    1958 y - “Birinchi buyumlardan boshlab sifat, puxtalik, ishonchlilik, boylik” - BBSPB (T. Seyfi).
    1971 - Motoresursni oshirish bo‘yicha ishlarni ilmiy tashkil etish Yaroslavl tizimi - MOIT (V. Doletskiy).
    1975 y. - Sifatni boshqarish kompleks tizimi SBKT (A.V. Glichev, E.T. Udovchenko).
    1977 y. - Sifatni boshqarish tarmoq (korporativ) tizimi (YU. Nikitin, V. Proleyko va b.).
    1978 y. - Mahsulot sifatini boshqarish yagona davlat tizimi (asosiy tamoyillari) (V.V. Boytsov, M.I. Kruglov va b.).
    1980 y. - GOST “Sanoat birlashmasi va korxonani boshqarish” (MI. Kruglov, A.V. Glichev va b.).
    1987 y - 9000 seriyali ISO sifat tizimlari bo‘yicha standartlar. “Mahsulotni benuqson tayyorlash va uni birinchi taqdimda
    topshirish” va “Mahsulot sifatini boshqarish kompleks tizimi” (MSB KT) tizimiga asosan “Mahsulot sifatini boshqarish va boyliklardan samarali foydalanishni boshqarish kompleks tizimi” ishlab chiqildi (MSB va BSF KT) va Dnepropetrovsk viloyat korxonalarida muvaffaqiyatli foydalanildi, shuningdek “Ishlab chiqarish samara- dorligini oshirish kompleks tizimi” ISO KT ishlab chiqildi va Krasnodar o‘lkasi korxonalarida muvaffaqiyatli foydalanildi.
    O‘zbekistonda ham ikkita tizim ishlab chiqilib, muvaffaqiyatli foydalanilgan: Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodida “Yuqori sifat, boyliklarni ko‘paytirish va puxtalikni oshirishni ta’minlash tizimi” (YUSBKGYUTT) va Toshkent elektron texnika zavodida “Yuqori sifat va puxtalikni ta’minlash tizimi” (YUSPTT).
    Bu tizimlar yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra K. Lisetskining grafigiga qo‘shilmagan.

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85




    Download 4,88 Mb.