- rasm. Vakuum uskunasi sxemasi




Download 4,88 Mb.
bet78/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

5.1- rasm. Vakuum uskunasi sxemasi.


    1. Konstruksiyalarni akustik usulda sinash

Ultratovush akustik sinash usuli tovushni konstruksiya materialida tarqalish qonuniyatini o‘rganishga asoslangan. Tovush - gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda to‘lqin ko‘rinishida tarqaladigan elastik muhit
zarrachalarining tebranma harakatidir. Elastik to‘lqinlar chastotasi 20 Gs li bo‘lgan infratovush, chastotasi 20 Gs dan 20 kGs gacha bo‘lgan tovush, chastotasi 20 kGs dan 1000 MGs gacha bo‘lgan ultratovush hamda chastotasi 1000 MGs dan ortiq bo‘lgan gipertovushlarga bo‘linadi. Beton va sopollarni sinashda chastotasi 20 kGs dan 200 kGs gacha, metall va plastmassalarni sinashda chastotasi 30 kGs dan 10 MGs gacha bo‘lgan ultratovush tebranishlaridan foydalaniladi.
Amaliyotda ultratovush usulidan foydalanishning turli xil yo‘nalishlari bor. Bular ichida ultratovush impuls usuli, rezonans usuli, impedans usuli hamda akustika emissiyasi usullari eng ko‘p tarqalgan usullardan hisoblanadi. Akustik usullar fizikadan ma’lum bo‘lgan yaxlit muhitlarda to‘lqin tarqalish qonuniyatlariga asoslanadi. To‘lqinlarning tarqalish shakli ancha murakkab jarayon hisoblanadi, chunki muhitga o‘ta tezkor jarayonlar ta’sir etganda turli xil to‘lqinlar paydo bo‘ladi.
Gap qurilish konstruksiyalaridagi nuqsonlar (defekt)ni ultratovush orqali aniqlash haqida borar ekan, impuls—usul haqida ham to‘xtalib o‘tishni joiz topdik. Katta o‘lchamli yirik konstruksiyalarni sinashda to‘lqinlar qarshilikni muhitda so‘nib borishi tufayli ultratovush usuli yaxshi samara bermaydi. Agar to‘lqin uzunligi kattaroq bo‘lgan tovushlardan foydalanilsa ma’lum natijaga erishish mumkin. Impuls usulida konstruksiyaga mexanik zarba beriladi va materialda hosil bo‘lgan kuchlanish to‘lqinlarning tarqalish qonuniyati tekshiriladi va shu asosda materialning fizik-mexanik xarakteristikalariga doir kerakli ma’lumotlar olinadi.


  1. beton, g‘isht va boshqa materiallarning sifatini nazorat qiladigan UKB

— 1M asbobi; b) «Kvars — 6» materiallarning qalinlik o‘lchagichi.

Download 4,88 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   85




Download 4,88 Mb.