• 5.3-rasm. Nuqson (defekt) ustida magnit maydoni hosil bo‘lish sxemasi.
  • -rasm. Materiallarni akustik yoki impuls usulida nazorat qiladigan asboblar




    Download 4,88 Mb.
    bet79/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    5.2-rasm. Materiallarni akustik yoki impuls usulida nazorat qiladigan asboblar:


      1. Radiatsion, magnit va elektromagnit usullari

    Materiallarning fizik-mexanik xossalarini va qurilish konstruk- siyalarining nuqson (defekt)larini aniqlashda radiatsion usullardan ham foydalaniladi. Bular orasida rentgen usuli, elektron tezlatkichlarning tormozli nurlanish usuli va γ — usullar amaliyotda eng ko‘p tarqalgan usullardan hisoblanadi. Ushbu usullar o‘zaro o‘xshash masalalarni yechishda qo‘llaniladi. Pozitronlardan foydalanishga asoslangan radiografiya usuli va issiqlik neytronlari orqali yorituv usullari istiqbolli usullar sanaladi. Neytronlar yordamida materialning namligi, pozitronlar orqali esa materialdagi charchash kuchlanishlarini aniqlash mumkin.
    Rentgen, elektron tezlatkichlarning tormoz nurlanishi va γ-nurla- nishlar o‘z tabiatiga ko‘ra, vakuumda yorug‘lik tezligida tarqaladigan yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlaridir. 0,5 dan 1000 keV gacha bo‘lgan diapazonda ishlaydigan rentgen apparatlari bularning manbai vazifasini o‘taydi.
    Radioaktiv moddalarni qo‘llash hamda ionlashgan nurlanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Barcha ishlar qat’iy yo‘riqnomalar asosida bajariladi. Sanitar qoidalariga binoan yoshi 18 ga to‘lmaganlar nurlanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga qo‘yilmaydi. Radioaktiv moddalar bilan ishlaydigan xodimlar muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turiladi; mehnatni tashkil etishning xavfsiz usullari, hamda vositalari va shaxsiy gigiyena qoidalari bo‘yicha imtihon qilinadi. Vaqti-vaqti bilan radiometrik nazorat amalga oshiriladi. Nazorat-tekshiruvning magnitоviy usullari nuqson (defekt)lar ustida magnit maydonining sochilish qonuniyatini o‘rganishga hamda sinalayotgan buyumning magnitli xossalarini aniqlashga asoslanadi. Magnitli usullarning, o‘zi magnit kukunli, magnitografik, ferrozond, induktsion va pandermotor deb nomlangan alohida shoxobchalarga ajraladi. Magnit kukunli usul metalldagi yaxlitlikning buzilishi singari
    nuqsonlarni aniqlashda eng ko‘p tarqalgan usullardan sanaladi.
    Magnit oqimi nuqsonsiz joyda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydi. Agar magnit oqimi o‘z yo‘lidagi ochiq (a) yoki (b) nuqson tufayli kuchsizlansa, u holda magnit yo‘llarining bir qismi detaldan tashqariga chiqadi. Nuqsonning ustida magnit maydoni paydo bo‘ladi (5.3-rasm).

    5.3-rasm. Nuqson (defekt) ustida magnit maydoni hosil bo‘lish
    sxemasi.



    Download 4,88 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Materiallarni akustik yoki impuls usulida nazorat qiladigan asboblar

    Download 4,88 Mb.