Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SEN)




Download 4,88 Mb.
bet59/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SEN).


EIU doirasida birlashgan bozorni yaratish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish munosabati bilan "texnik to‘siqlarni" bartaraf etish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Bunday texnik to‘siqlar buyumlarga standartlardagi farq, ulardan foydalanish qoidalarining zidligi,
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha farqlanuvchi me’yorlar, sog‘liqni saqlash va tabiatni asrash me’yorlaridagi farqlar hisobiga paydo bo‘ladi.
Bu muammoni hal qilishda Yevropa standartlashtirishga birinchi navbatda ahamiyat beriladi.
EIU va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EESA) vakillarining 23 mart 1961-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan majlisida SEN ning tashkil etilganligi e’lon qilindi (SEN 1970-yilgacha Standartlarni muvofiq- lashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi deb atalgan). SEN a’zolari EIU va EESA ning 18 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, GFR, Frantsiya, Shvetsiya va Shvetsariya standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlaridan iborat.
Bu - yopiq tashkilot bo‘lib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining yuqorida keltirilgan iqtisodiy guruh a’zolarini birlashtiradi.
SEN ning birinchi majlisidayoq Ustav va protsedura Qoidalari tasdiqlandi. 1970-yilda SEN Ustavi qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda Ustavga ma’lum o‘zgartirishlar bilan birga Yevropa standartlari (EN) ni majburiy yaratish ham kiritilgan. Standarglarni yaratish bo‘yicha barcha ishlar texnik qo‘mitalar tomonidan olib boriladi. Bunday texnik qo‘mitalarda texnik sekretariatlar iqtisodiy guruh mamlakatlaridan biri tomonidan boshqariladi.
SEN doirasida 140 dan ortiq TQ lar tuzilgan. TQ bilan bir qatorda, alohida masalalarni hal etish uchun maslahat guruhlari tashkil etilgan.
SEN vazifasi - xizmatlar savdosini va mol almashinishini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.
Tayanch iboralar: ISO, MEK, xalqaro standart, elektrotexnika, radiotexnika, ISO nashrlari, katalog, byulleten, MGS, SEN, mashinasozlik, xizmatlar.



    1. Download 4,88 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85




Download 4,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SEN)

Download 4,88 Mb.