|
Yevropa ittifoqi doiralarida standartlashtirish
|
bet | 58/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariYevropa ittifoqi doiralarida standartlashtirish.
Yevropa iqtisodiy uyushmasi (EIU) ning standartlashtirish sohasidagi faoliyati EIU ni tashkil etish to‘g‘risida 100 - Rim shartnomasining EIU a’zo-davlatlari qonun, boshqaruv va ma’muriy qarorlarini yaqinlashtirishni buyuruvchi moddasiga asoslangan.
EIU Kengashi o‘zining "Texnik uyg‘unlashtirish va sertifikatlashtirish
sohasida yangicha yondashish to‘g‘risida” gi 7-may 1985-yildagi qarorida quyidagi tamoyillarni tasdiqladi:
qonunlarni uyg‘unlashtirish 100 - moddaga muvofiq direktivalar doirasida xavfsizlik asosiy talablarini o‘rnatish bilan cheklanadi. Bu, Uyushma doirasida ushbu mahsulot uchun erkin savdo sharoitlari ta’minlanishi lozimligini anglatadi;
sanoat buyumlarini standartlashtirish uchun mas’ul idoralarga texnologiyaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda texnik
reglamentlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi. Bunday reglamentlarga asosan, Uyushma a’zolari direktivalarda o‘rnatilgan umumiy talablarga rioya qilgan holda mahsulot yaratishi va foydalanishga qo‘yishi mumkin;
bunday texnik reglamentlar majburiy emas, balki ixtiyoriy qo‘llaniladigan standartlar bo‘lib qoladi;
ayni bir vaqtda Uyushma ma’muriyatga uyg‘unlashtirilgan standartlar (yoki vaqtinchalik milliy standartlar) bo‘yicha tayyorlangan mahsulotning direktivada o‘rnatilgan umumiy talablariga muvofiqligini o‘rnatish vazifasi yuklatiladi. Bu demakki, ishlab chiqaruvchi mahsulotni bu standartlarsiz ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, bu holda ishlab chiqaruvchiga o‘z mahsulotining direktivadagi umumiy talablarga muvofiqligini isbotlashiga to‘g‘ri keladi.
O‘tish davrida, yagona standart qabul qilinishigacha, eng yaxshi milliy standartlardan keng foydalanishga katta ahamiyat beriladi.
Uyushma mamlakatlarining integratsiya jarayonlariga talablarni qondiruvchi xalqaro standartlarni qo‘llanish ko‘zda tutilgan, agar bunday standartlar yo‘q bo‘lsa, Yevropa standartlari (SEN/SENELEK standartlari) ishlab chiqiladi. Bunday standartlar kelajakda xalqaro
standartlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yevropa standartlariga afzallik beriladi, natijada G‘arbiy Yevropada hududiy
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar standartlashtirishni mustahkamlashi va rivojlantirishi mumkin bo‘ladi.
|
| |