Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot ISO




Download 4,88 Mb.
bet54/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot ISO.


Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) 1946-yilda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning standartlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha BMT Qo‘mitasining majlisida tuzilgan. Shu yilniig o‘zida Bosh assambleyaning majlisida ISO ning Ustavi qabul qilindi. Bu Ustav tashkilotning statusi (huquqiy maqomi) ni, tuzilmasini, asosiy idoralar vazifalari va ish usullarini belgiladi.
14 oktyabr 1946-yilda bo‘lib o‘tgan ISO Bosh assambleyasi qabul qilgan qaroriga ko‘ra, bu tashkilot Ustav va protseduralarining Qoidalari 15 ta standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlar tomonidan ratifikatsiya qilingan (tasdiqlangan) dan keyin o‘z faoliyatini rasmiy ravishda boshlaydi, deb ko‘rsatilgan. 15-ratifikatsiya 23 fevral 1947-yilda Daniyadan keldi - bu sana ISO ning tashkil etilish kuni deb hisoblanadi.
ISO ning Ustavida aytilishicha, “Tashkilotning vazifasi xalqaro mol almashinish va o‘zaro yordamini yengillashtirish, shuningdek intellektual, ilmiy, texnik va iqtisodiy faoliyat doirasida hamkorlikni kengaytirish uchun butun dunyoda standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘makla- shishdan iborat".
ISO ning idoralari, xalqaro standartlarni yaratish. ISO ning asosiy faoliyat turi xalqaro standartlarni yaratishdan iborat. Shuning uchun bu tashkilotniig asosiy bo‘limi Texnik qo‘mitalardan iborat. Hozir 187 texnik qo‘mitalar bor, jami ishchi idoralar: texnik qo‘mitalar, kichik qo‘mitalar soni 552 ta, ishchi guruhlar — 2100, umumiy hisobda 2858 ta idoralar faoliyat ko‘rsatmoqda.
ISO xalqaro standartlari majburiy emas. Har bir mamlakat bu standartlarni butunligicha, ayrim bo‘limlarini qabul qilishi yoki umuman qo‘llanmaslik huquqiga ega.
Xalqaro standart mahsulotning har bir turiga tuzilmaydi. Standartlarni yaratish, agar bu standartlar mamlakatlar o‘rtasida savdoni kengaytirish uchun zarur bo‘lsa, agar ular insonlarning zarur darajada xavfsizligini ta’minlashga, sog‘ligini saqlashga, atrof muhitni asrashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, texnik idoralarning dasturlariga kiritiladi.

Download 4,88 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85




Download 4,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot ISO

Download 4,88 Mb.