|
O‘zbekiston Respublikasida “O‘zstandart” agentligining tuzilmasi va faoliyati haqida
|
bet | 53/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari O‘zbekiston Respublikasida “O‘zstandart” agentligining tuzilmasi va faoliyati haqida.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida standartlash- tirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish” to‘g‘risidagi 1992-yil 2-martdagi 93-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikat- lashtirish O‘zbekiston davlat markazi, keyinchalik (“O‘zstandart” agentligi) - standartlashtirish bo‘yicha Milliy idora hisoblanadi.
Uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;
fizikaviy kattaliklar birligi etalonlarini yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash qoidalarini belgilash;
o‘lchash vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;
davlat metrologik tekshiruvini va nazoratini amalga oshirish;
metrologiya masalalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan, davlatning boshqa boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni qabul qilish;
metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ustidan nazoratni amalga oshirish;
metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish kiradi.
“O‘zstandart”tarkibida bir necha bo‘limlar, sektor, laboratoriya, guruhlar, har bir viloyat boshqarma va markazlari, ilmiy-tadqiqot instituti, Milliy Etalonlar Markazi mujassamlashgan.
“O‘zstandart” agentligiga qarashli turli soha va tarmoqlarni o‘z ichiga olgan, bir xil nomdagi bo‘limlar ham bor. Bularga standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati va o‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va attestatlash sohaviy bo‘limlari kiradi.
Standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati sohaviy bo‘limlar: og‘ir sanoat, mashinasozlik, yengil sanoat, mahalliy sanoat hamda agrosanoat kompleksi doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
“O‘zstandart” agentligining ilmiy-uslubiy markazi etib, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohalaridagi tadqiqot va mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti - hozirda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tayinlangan.
Sertifikatlashtirish milliy idorasi quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda:
Respublikada sertifikatlashtirishni qo‘llash va takomillash- tirishning umumiy siyosatini ishlab chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tegishli davlat idoralari bilan aloqalarni o‘rnatish;
sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa mamlakat va xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan, o‘zaro kelishilgan asosda aloqalarni o‘rnatish, kerak bo‘lsa, bu tashkilotlar faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qatnashishini ta’minlash;
sertifikatlashtirishda yagona qoida va ish tartiblarini belgilash, bularga rioya qilishning nazorati, sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha hujjatlarni axborotli ma’lumot bilan ta’minlash.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil № qarorini bajarish yo‘lida “O‘zstandart” o‘zining viloyat boshqarmalarini (SMS’HM) tuzib, ularning ishlariga har taraflama ko‘mak ko‘rsatmoqda. Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari jadal qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Farg‘ona, Qo‘qon, Qarshi, Buxoro, Samarqand shaharlaridagi sinov laboratoriyalari akkreditlanib, hozirda ular turli sinov amallarini o‘tkazmoqdalar. Faqatgina Farg‘onadagi sinov laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlar natijasiga ko‘ra “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, Quvasoy chinni zavodi, Rishton kulolchilik mahsulotlari zavodi, “Quvamebel” ishlab chiqarish birlashmasi mahsulotlari muvofiqlik sertifikatini olishga sazovor bo‘ldilar.
“O‘zstandart” agentligi tarkibidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tekshiruvchi sinov laboratoriyasi akkreditlangan laboratoriyalardan hisoblanib, shu kungacha o‘nlab, muayyan turdagi mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berildi.
O‘zbekiston standartlashtirish va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) markaziy apparatining tuzilmasi O‘zbekiston standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart”agentligi) ning tashkiliy tuzilmasi Respublika hududiga keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan mollar (mahsulotlar) ning havfsizligini tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan amallar tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda O‘zstandart tomonidan tayyorlangan alohida hujjat bo‘yicha bajariladi.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va Xitoy davlatlari bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida hamkorlik qilish niyatida bitim tuzildi. Bu yo‘ldagi ishlar o‘z mevasini bermoqda. Turkiya mutaxassislari Toshkentda bo‘lib, “O‘zstandart” tomonidan uyushtirilgan Respublika seminarlarida sertifikatlashtirish sohasida ma’ruzalar bilan qatnashmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatoriga kiruvchi mamlakatlar bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida yaqin hamkorlik qilmoqda.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari ham o‘z yo‘nalishiga egadir.
O‘z SMSITI standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiy baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida qayd etilgan sohalar bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borishi bilan bir qatorda respublikaning ushbu sohalar bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti hamdir.
Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi;
mahsulotning raqobatdoshlik qobiliyatini ta’minlaydigan, atrof- muhitni ishonchli darajada himoya qilishga, inson sog‘lig‘ini saqlashga, mehnat xavfsizligini ta’minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro, me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan uyg‘unlashadigan, asos bo‘luvchi hujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi;
standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki uchraydigan muammolarni tadqiq qilish, davlat tilida me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar yaratadi;
yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy masalalari bo‘yicha xalqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni tayyorlaydi va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Institut tashkil qilinganiga ko‘p vaqt o‘tmaganligiga qaramay shu kunga qadar respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos bo‘lib, shu sohalardagi ishlarga qo‘yilgan birinchi poydevorlardan hisoblanadi.
Institut har taraflama tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha mustahkamlanmoqda hamda bu sohalarda ishlaydigan tajribali, bilimdon mutaxassislarni tayyorlab, kelajakda respublika oldida turgan dolzarb muammolarni mustaqil yechishga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi, degan umiddamiz.
|
| |