|
Ilgarilab standartlashtirish
|
bet | 51/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariIlgarilab standartlashtirish. Ilgarilab standartlashtirish deganda, standartlarni ishlab chiqish davrida, standartlashtirish obyektlariga rejalashtirilgan kelgusida oqilona bo‘lishi kutilayotgan va shu kunga erishilgan saviyadan balandroq bo‘lgan me’yorlar va talablarni kiritish tushuniladi.
Ilgarilab standartlashtirishni asosiy obyektlari qilib texnik nuqtai nazaridan o‘zgarmas, iqtisodiy samarali va ist’emolchilar tomonidan barqaror talab qilinib to‘rgan takomillashtirilayotgan mahsulotlar olinadi. Ilgarilanish to‘liq mahsulotga yoki uni eng muhim parametrlari va sifat ko‘rsatkichlariga, ishlab chiqarish usullari va vositalariga va x.k. qaratilgan bo‘lishi mumkin. Ilgarilovchi standartlar boshqa sohalarda yoki boshqa davlatlarda tatbiq qilingan namunalarga asoslanishi mumkin.
Standartlashtirish fan va texnikadagi kashfiyotlardan oldin bo‘la ol- maydi, lekin ularga asoslanib, sanoatga tatbiq qilish jarayonini tezlash- tirishi kerak. Shu sababli ilgarilab standartlashtirish jarayoni ko‘p hollarda ilmiy tekshirish va tajriba – konstruktorlik ishlari bilan parallel olib borilishi kerak.
Umuman kompleks va ilgarilab standartlashtirishni maqsadi - bu max-sulot sifatining oqilona saviyasini ta’minlash va vaqt davomida saqlab turish.
Umumtexnik standartlar kompleks tizimlari.
Sifat masalasi sohalararo muammosi bo‘lgani sababli yirik kompleks soxalararo standartlar tizimlarini yaratish katta samaraga olib kelishi mumkin. Bunday tizimlar korxonalar kooperatsiyasini soddalashtiradi, mahsulotni ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.
Bunday standartlar tizimi misoli sifatida mashinalarni seriyalab ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yagona tizimini keltirish mumkin (IChTTYaT). Bu tizim bo‘yicha ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni boshqarish va tashkil qilish,
progressiv namunaviy texnologik jarayonlarni, standart texnologik jihozlar va dastgohlarni, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni keng qo‘llashga asoslangan.
O‘z navbatida IChTTYaT konstruktorlikhujjatlar yagona tizimi (KXYaT), texnologikhujjatlar yagona tizimi (TXYaT) kabi standartlar kompleks tizimlarini o‘z ichiga oladi.
TXYaT yordamida texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, rasmiy- lashtirish va foydalanish o‘zaro bog‘liq qoidalari kiritilgan. Kons- truktorlik hujjatlarga xuddi shunday qoidalar KXYaT bilan kiritilgan. To‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha IChTTYaT ni tatbiq qilinishi ish unumdorligini ko‘zlab ishlab chiqarishda 10-15% ga, mayda seriyalab va seriyalab ishlab chiqarishlarda 30-35% ga oshiradi, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarilishini tayyorlash va o‘zlashtirish muddatini 2-2,5 martaga qisqartiradi.
|
| |