|
Kompleks standartlashtirish
|
bet | 50/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariKompleks standartlashtirish. Mashinalar va boshqa mahsulotlar sifati ko‘pgina omillar bilan belgilanadi, jumladan:
konstruksiyani va loyihalash usullarini takomillashganligi, xom- ashyo, materiallar va sotib olingan mahsulotlar sifati, unifikatsiyalash, agregatlashtirish va standartlashtirish darajasi, ishlab chiqarish vosi- talarining va texnologiyasining saviyasi, ishlab chiqarishni va eks- pluatatsiyani tashkil qilinishi, ishchilar malakasi. Mahsulotlar sifatini oshirish uchun ko‘rsatilgan omillarni maqbullanishi va ishlab chiqarishni barcha bosqichlarida sifatga bo‘lgan talablarni o‘zaro qattiq muvofiqlashtirilishi zarur.
Bunday talablar tizimini maqsadli kiritilishi va ishlatilishi kompleks standartlashtirish yordamida amalga oshiriladi.
Kompleks standartlashtirish usuli mantiqiy manoda deduktiv usuldir (umumiydan xususiyga qarab) yani standartlashtirish mahsulotlar parametrik qatorlaridan xalq xo‘jaligini rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda boshlanadi. Undan keyin muvofiq mahsulotlarni xomashyo, materiallar, unifikatsiyalashgan agregatlar va butlovchi qismlar bilan kompleks holda ta’minlashni nazarda tutgan sohaviy standartlashtirish rivojlanadi. Kompleks standartlashtirish rejalarini ishlab chiqish quyidagi tamoyillar asosida amalaga oshiriladi:
Kompleks standartlashtirish masalalariga tizimli yondashish. Bunda mahsulot tarkibiga, ishlab chiqarish texnologiyasi va jixozlariga, saqlash, tashish, foydalanish va ta’mirlash qoidalari va boshqalarga standartlar yangi ishlanadi yoki qayta ko‘rib chiqiladi.
xomashyo, materiallar va butlovchi mahsulotlarni standart- lashtirishni ilgarilab rivojlanishi;
xomashyo va materiallardan kompleks holda foydalanish;
Kompleks standartlashtirish samarasini rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga sarflangan xarajatlariga nisbatan oshirish.
Kompleks standartlashtirish misoli qilib traktorlar va traktor jihozlarini keltirish mumkin.
Bazaviy mashinalarni yaratish asosida traktorlar detallari va agregatlarini standartlashtirishga imkoniyat paydo bo‘lib, ularni ishlab chiqishda sohaviy maxsuslashtirish imkoniyati kelib chiqadi.
|
| |