|
Unifikatsiya, agregatlashtirish, maxsuslashtirish
|
bet | 49/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari
Keng ravishda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan jarayonlarni joriy qilish bilan texnik taraqqiyotni tezlashtirish ko‘pincha mahsulot ko‘lab ishlab chiqarilganda mumkin bo‘ladi. Mahsulot miqdorini ko‘paytirishga esa obyektlarni unifikatsiyalash va standartlashtirish hisobiga erishilish mumkin.
Unifikatsiya, yani masulotlarni shakli, normalari va xilo‘lchamlari bo‘yicha birxillikka keltirish, mahsulotlar partiyasi mikdorini oshirishning kuchli omilidir. Bir xil vazifali obyektlar turlarini, xillarini va o‘lchamlari turlarini unifikatsiya yordamida ratsional ravishda kisqartirish mahsulotlarni konstruktiv variantlarini ishlash xususiyatlarini o‘rganish va taxlil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin (masalan muftalar, variatorlar , podshipniklar va x.k.). Turli variantlarni taqqoslash natijasida bir sonli mahsulotlarni bir yoki bir nechta turi ishlab chiqilib, bu mahsulotlar uchun o‘lchamlar qatori kiritiladi, masalan sanoat talablarini to‘liq qondira oladigan podshipniklar diametrlarining qatori. Ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulotlarni unifikatsiyasi (boltlar, podshipniklar), odatda standartlarni ishlab chiqish va ba’zan maxsuslashgan ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan yakunlandi.
Unifikatsiya natijasida kelib chiqadigan mahsulotlarni ishlatish doirasini cheklanishi agregatlashtirish hisobiga to‘g‘rilanishi mumkin. Agregatlashtirish - bu turli kombinatsiyalarda yig‘ish mumkin bo‘lgan unifikatsiyalashgan standart agregatlardan (avtonom o‘zellardan) mashina va priborlar yaratish tamoyili.
Unifikatsiya va agregatlashtirishni tadbiq qilish natijasida asoslanmagan darajadagi original va qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqishdan sinovlardan o‘tgan unifikatsiyalashtirilgan agregatalar asosida ko‘rilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish mumkin. Oqibatda
yangi texnikani loyihalash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muddatlari 4 - 6 yildan 1,5 - 2 yilgacha, tannarxi esa 25-30% qisqaradi.
Agregatlashtirish mahsulotlarni ekspluatatsiyasini soddalashtiradi, metall sarfini va ta’mirlash sarfini kamaytiradi. Xozirgi vaqtda agregatlashtirish tamoyili metall kesish dastgohlari va avtomatik qatorlar yaratilishida keng qo‘llaniladi.
Agregatlashtirishni qo‘llashni yaqqol misoli - bu universal yig‘ma moslamalar tizimi. Unifikatsiya va agregatlashtirish ishlab chiqarishlarni maxsuslashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotlar nomenklaturasini qisqartirish va partiyalar xajmini oshirish hisobiga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun keng imkoniyatlar ochiladi.
|
| |