|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 40/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariNusxa etalon ishchi etalonlarga birliklar o‘lchamlarini uzatishga mo‘ljallangan ikkilamchi etalon hisoblanadi. Taqqoslash etaloni ham ikkilamchi etalon bo‘lib, undan biror sababga ko‘ra bir-biri bilan bevosita solishtirib bo‘lmaydigan etalonlarni taqqoslash uchun foydalaniladi.
Yuqori aniqlikka ega bo‘lgan namunaviy o‘lchash vositalariga va ayrim hollarda juda katta aniqlikka ega bo‘lgan namunaviy o‘lchash vositalariga birlikning o‘lchamini uzatish uchun ishchi etalon qo‘llaniladi.
O‘lchash asbobi deb, kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi.
2.4-rasm. O‘lchash asboblarining sinflanishi.
O‘lchash asboblarining turli xil alomatlari:
o‘zgartirish xususiyati;
chiqish axborotining turi;
axborotni taqdim etish xususiyati;
o‘lchanayotgan kattalikning turi;
qo‘llanilish sharoit va boshqa alomatlari bo‘yicha sinflash mumkin.
Bu alomatlarni hisobga olib o‘lchash asboblarining sinflanishi 2.4- rasmda keltirilgan.
Barcha o‘lchash asboblarini o‘zgartirish xususiyati bo‘yicha uchta turga bo‘lish mumkin:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartiruvchi asboblar;
o‘zgarishni solishtiruv asboblar;
aralash o‘zgartiruvchi.
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi:
shkalali o‘lchash vositalari;
raqamli o‘lchash vositalari;
o‘ziyozar o‘lchash vositalari.
Shkalali (analogli) o‘lchash asboblar o‘z navbatida elektromexanik turidagi analogli asboblarni qamrab olib:
magnitoelektrik o‘lchash asboblar;
elektromagnit o‘lchash asboblari;
elektrodinamik o‘lchash asboblar;
elektrostatik o‘lchash asboblar;
induksion o‘lchash asboblariga bo‘linadi.
|
| |